Ilova davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish tartibi


-bob. Jamoatchilik eshituvini o‘tkazishni tashkil etish



Download 116,5 Kb.
bet2/4
Sana25.02.2022
Hajmi116,5 Kb.
#463206
1   2   3   4
Bog'liq
ekologik ekspertizasini o‘tkazish tartibi

2-bob. Jamoatchilik eshituvini o‘tkazishni tashkil etish
8. Buyurtmachi jamoatchilik eshituvini o‘tkazish uchun texnik xususiyati bo‘lmagan rezyume ilova qilingan arizani tegishli ravishda Davlat ekologiya qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organi) jo‘natadi.
9. Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organi arizani olgan vaqtdan boshlab ikki ish kuni mobaynida obyekt joylashgan hududni, shuningdek, mo‘ljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan faoliyat natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir xavfi yuqori bo‘lgan yoki amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha atrof muhitni yuqori darajada ifloslantirayotgan hududni hisobga olgan holda tegishli jamoatchilik eshituvi tashkilotchisiga jo‘natadi.
10. Jamoatchilik eshituvi tashkilotchisi arizani olgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida buyurmachi bilan jamoatchilik eshituvini o‘tkazish joyi va vaqtini kelishib oladi.
Jamoatchilik eshituvi tashkilotchisi arizani olgan vaqtdan boshlab ikkinchi ish kuni yakuniga qadar buyurtmachi va Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organiga jamoatchilik eshituvini o‘tkazish sanasi va vaqti to‘g‘risida xabarnomani jo‘natadi.
11. Buyurmachi jamoatchilik eshituvini o‘tkazish sanasi va vaqti to‘g‘risida xabarnomani olgandan keyin ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, jamoatchilik eshituvi tashkilotchisining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon beradi.
E’lon jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishidan oldin yigirma kundan kechiktirilmasdan davlat tilida yoki ko‘pchilik aholi gaplashadigan boshqa tilda beriladi.
Buyurtmachi jamoatchilikni xabardor qilishning boshqa qo‘shimcha usullaridan (axborot varaqalari, stendlar, individual bildirishnomalar) foydalanishga haqli.
12. E’londa quyidagilar:
jamoatchilik eshituvini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi;
ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlarini, shuningdek, atrof muhitga ta’sirni baholash materiallarining ekologik jihatlarini ko‘rsatgan holda mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan va amalda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik faoliyatining nomi;
manfaatdor tomonlar loyiha materiallarining qog‘oz shakli bilan tanishishlari mumkin bo‘lgan joy manzili;
materiallarning elektron shakli joylashtirilgan Internet jahon axborot tarmog‘i manzili, agar u mavjud bo‘lmasa, materiallarning elektron shaklini rasmiy so‘rab olish mumkin bo‘lgan elektron pochta manzili;
mulohazalar va takliflar qabul qilinadigan elektron pochta manzili ko‘rsatiladi.
13. Jamoatchilik eshituvini tashkil etish to‘g‘risida rasmiy e’lon qilingan sanadan boshlab buyurtmachi manfaatdor tomonlarning atrof muhitga ta’sirni baholash materiallari bilan tanishishini ta’minlaydi, mulohazalar va takliflarning qog‘oz va elektron shaklda qabul qilinishini va ro‘yxatga olinishini amalga oshiradi.
14. Jamoatchilik eshituvi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Download 116,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish