Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi .
Reja:
Bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti
Bashoratning turlari.
Ilmiy bashorat ijod shakli sifatida
Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli, qadim zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida e’tibor qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa, oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.
Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat.
Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi. Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin: 1) mifologik bashorat,1) kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat, 4)ijtimoiy basho-
Rat. Mifologik bashorat arxaik ongda shakllangan obrazlar harakatida kelajakni bashorat qilishdi. Masalan, Drezden qo‘lyozmalarida ta’kidlanishicha, Mayya qabilalaribashorat qilishicha, 2012 yil 21 dekabr qiyomat kuni, deb belgilangan. Xususan, qo‘lyozmalarda to‘p o‘ynayotgan navkarlar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha, to‘p Quyosh ramzi, balandlikdagi doira Somon yo‘li ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to‘pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to‘pni kirita olmagan navkarning boshi olingan. Olimlar, to‘pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi, deb tahlil qilmoqdalar. Shuningdek, Mayya qabilalari qo‘lyozmalarida, dunyoviy suv toshqinlari ham obrazlarda ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz to‘fonlari va shu kabi boshqa tabiiy
Ofatlarda namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin, deb ayyohannos solsalar, optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos, deb bashorat qilmoqda. Insoniyatni kelajada nima kutmoqda. Bu savolga, inson, o‘z faoliyati maqsadi va natijalariga ko‘ra javob berishi lozim.
Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. Kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, Quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo‘lsa, demak, kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada yomg‘irlar tugaydi. Astrologik bashorat osmon jismlari harakati, Oy va Quyosh tutilishini kuzatishlarga asoslanadi. Astrologik bashorat o‘rta asrlarda keng tarqalgan bo‘lsa-da, keyinchalik unga munosabat o‘zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik bilimlarning asosli ekanligini tan olmoqda.
Intuitiv bashorat ilmiy dalilarsiz va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bilvosita etishdir. Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan va ko‘pincha unga etarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan dalillar ma’lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan. O‘zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida, u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus inqiloblarini, shuningdek, de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini ham bashorat qilgan. O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoirAleksandr Pushkinga, uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko‘p pul olish, ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark etish ehtimolini bashorat qilgan. Afsus ki, bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan. Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal bo‘lmagan. Hammaga o‘zining o‘limi yaqinligini e’lon qilgan, o‘zi o‘ziga qabr qazgan, o‘z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o‘z asarlarini qo‘ygan va vafot etgan. G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turi sifatida «futurologiya» (lot. «futurum» – «kelajak» va yunoncha «logos» – «ta’limot») degan nom bilan vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor G‘arbiy Berlin Erkin universiteti huzuridagi Otto Zur nomidagi institut professori O.Flextgaym ishlatgan. Shuni qayd etish lozimki, «futurologiya» atamasi umumiy e’tirof etilgani yo‘q. Misol uchun, bashorat muammolari bo‘yicha fransuz mutaxassislarining aksariyati futurologiya insonning kelajakni ishonch bilan bashorat qilish qobiliyati haqida xom xayol qilish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Futurologiya o‘rniga «fyutyuribli» atamasi taklif qilingan bo‘lib, u «ehtimol tutilgan kelajak», degan ma’noni anglatadi. Bunda, kelajakning shartliligi, ko‘p variantliligiga urg‘u beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini o‘rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan kechirmoqda, lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim vositasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |