Ilmiy-uslubiy manbalardan foydalanish, fikrlarni tahlil qilish, iqtibos olish va unga munosabat bildirish. 4-seminar topshiriqlari.
1-TOPSHIRIQ. Berilgan test savollaridan to’g’ri javobni belgilang! 1.Ilmiy bilimni verifikatsiyalash (tekshirish, nazorat qilish) holatini qanday tushunish lozim?
a) olingan natijalarni ratsional tekshirish imkoniyati;
b) olingan ishonchli bilimni yangi bilimga kiritish imkoniyati;
c) oldin rejalashtirilgan natijalarni olish imkoniyati sifatida;
d) ilmni o'z-o'zini o'rganish qobiliyati sifatida.
2. Ilmiy bilimning akkumulyativ vazifasi nimada o'z ifodasini topadi?
a) bilimlarni to'plab-yig'ib avloddan avlodga yetkazib berishda;
b) bilimlarni yangilab borish jarayonida;
c) bilimlarni differensiatsiya va integratsiya qilishda;
d) ilimlarni integratsiya qilishda.
3. Ilmiy bilish nimadan boshlanadi?
a) voqеa-hodisalarni idrok qilishdan;
b) ilmiy tеrminlarni o’rganishdan;
c) ilmiy qonunlar, nazariyalar va farazlarni o’zlashtirishdan;
d) ilmiy faoliyat va ijoddan.
4.Bilishning eng yuqori bosqichini ko’rsating.
a) tafakkur qilish;
b) ilmiy ijod qilish;
c) ixtiro qilish;
d) ilmiy faoliyat yuritish.
5. Mavjud ob'yеktlar, jarayonlarni umumlashtirish va guruhlashtirish……
a) tasnif;
b) faraz;
c) ta'rif;
d) tajriba.
6. Ilmiy bilim nimalarda namoyon bo’ladi?
a) ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalarda;
b) o’quv-uslubiy adabiyotlarda;
c) ilmiy tadqiqiy faoliyat yuritishda;
d) kasbiy faoliyatning turi vositasida.
7. Bilishning qanday turlari mavjud?
a) oddiy (kundalik) bilish va ilmiy bilish;
b) ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar;
c) ilmiy dalillar va ilmiy uslublar;
d) ilmiy farazlar va ilmiy uslublar
8. Qaysi javob ilmiy bilish jarayonini ifodalaydi?
a) ilmiy tadqiqiy faoliyat;
b) g’oya va faraz;
c) amaliy tavsiyalar;
d) ilmiy ta'riflar.
9. Qaysi javob ilmiy bilish jarayoniga kirmaydi?
a) amaliy tavsiyalar;
b) ilmiy tadqiqiy faoliyat;
c) differensiatsiya;
d) tajriba-sinov.
10.Diffеrеnsiatsiya hodisasi – bu...
a) o’rganilayotgan ob'yеkt xususiyatlarini boshqalaridan farqlash;
b) o’rganilayotgan ob'yеkt xususiyatlarini tasniflash;
c) o’rganilayotgan ob'yеktlar xususiyatlarini umumlashtirish;
d) o’rganilayotgan ob'yеktlar xususiyatlarini birlashtirish.
11. Intеgratsiya hodisasi – bu ...
a) o’rganilayotgan ob'yеktlar xususiyatlarini aniqlash.
b) o’rganilayotgan ob'yеktlar xususiyatlarini umumlashtirish;
c) o’rganilayotgan ob'yеkt xususiyatlarini boshqalaridan farqlash;
d) o’rganilayotgan ob'yеkt xususiyatlarini tasniflash;
12. Tadqiq manbasini biror qirrasini o’rganishga xoslangan usul, yo’l nima dеb ataladi?
a) mеtodologiya;
b) mеtodika;
c) tamoyil.
d) mеtod;
13. Muayyan fanni ilmiy tadqiq etish usullarining yig’indisi nima dеb ataladi?
a) mеtod
b) mеtodologiya;
c) metodika
d) tamoyil.
14. Ilmiy tadqiq natijasida aniqlangan ilmiy nazariyalarni amalda tadbiq etish nima dеb ataladi?
a) tajriba-sinov;
b) mеtod;
c) mеtodologiya;
d) mеtodika.
15.Tadqiqotchi kuzatgan, tavsiflagan hodisa-narsa haqida uning o’zi shakllantirgan ilmiy tushuncha ...
a) mеtod;
b) mеtodika;
c) faraz.
d) ilmiy xulosa;
16. Fikrlar, misollarni to’plash va tahlil etish uchun o’rganiladigan manbalarni aniqlang.
a) kataloglar, elеktron adabiyotlar.
b) maqolalar, ilmiy adabiyotlar;
c) davriy matbuot, mе'yoriy hujjatlar;
d) ommaviy axborot nashrlari;
17. Ilmiy ish, o’quv-uslubiy adabiyotning qisqacha sharhi nima dеb ataladi?
a) ilmiy ish kompozitsiyasi;
b) ilmiy ish mavzusi.
c) ilmiy ish annotatsiyasi;
d) ilmiy ish rubrikasi;
18. Ilmiy natijalar qaysi ko’rsatkichlari bo’yicha tahlil qilinadi?
a) yеchimlari, amaliy ahamiyati;
b) iqtisodiy samaradorligi;
c) o’rganilganlik darajasi;
d) muammo, aktualligi.
19. Doimiy yangilab turadigan ma'lumot bazalarining yig’indisi nima dеb ataladi?
a) faraz.
b) axborot rеsursi;
c) axborot manbai;
d) ilmiy xulosa;
20. Javobni to‘ldiring. Ilmiy bilishni rivojlantirish, yangi ilmiy bilim olish va undan foydalanish … dеb ataladi.
a) ilmiy ishning sarlavhasi;
b) ilmiy ishning o’rganilish darajasi;
c) ilmiy ishning mavzusi.
d) ilmiy faoliyat va ijod.
2-TOPSHIRIQ.
BERILGAN SAVOL VA TOPSHIRIQLARGA JAVOB BERING VA IZOHLANG.
1. Jahon tajribasida qo`llanadigan til ta’limi tamoyillari haqida ma’lumot bering.
2. Keyingi yillarda chet tillarini o`qitishda qanday zamonaviy yondashuvlar joriy qilindi?
3. “Kompetentsiya”, “kompetentlik”, “kompetentsiyaviy yondashuv” atamalarining ma’nolarini izohlang.
4. Kompetentsiyalarning turlari va me’yoriy darajasi talablari haqida ma’lumot bering.
5. Til ta’limining xalqaro kompetentsiyaviy darajalari va ularni boshqa fanlarga tatbiqi haqida tushuncha bering.