O‘rayeva Darmon Saidaxmedovna
Ma’lumoti: oliy, o‘rta maktabning o‘zbek tili va adabiyot o‘qituvchisi (1988)
Ilmiy unvoni: professor (2018)
Ish faoliyati: 32 yil
Pedagogik faoliyati: 32 yil
Dars o‘tadigan fanlari:
• O‘zbek folklori
• Jahon adabiyoti tarixi
• Adabiyotshunoslik metodologiyasi
O‘qituvchi haqida ma’lumotlar:
1967 yil 7 mayda Turkmaniston Respublikasi Chorjo‘y shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
1984 yilda Buxoro viloyati Olot tumanidagi 1-o‘rta maktabni “Oltin medalь” bilan bitirgan.
1988 yilda Buxoro davlat pedagogika instituti o‘zbek filologiyasi va chet tillar fakulьteti o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishini (kunduzgi) o‘rta maktabning o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Ilmiy darajalari:
1. Filologiya fanlari nomzodi (1993). O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti qoshidagi doktorlik ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha Ixtisoslashgan D 015.04.01 raqamli kengashda “O‘zbek xalq lirik qo‘shiqlarining poetik-kompozitsion vazifalari” mavzusida 10.01.09 – Folьklorshunoslik ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini 1993 yil 17 noyabrda filologiya fanlari doktori, professor Oxunjon Safarov ilmiy rahbarligida himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 1994 yil 27 oktyabrdagi 22/1-sonli bayonnomasiga asosan unga filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan. Diplomi raqami 01 № 1430.
2. Filologiya fanlari doktori (2005). O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti qoshidagi doktorlik ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha Ixtisoslashgan D 015.04.01 raqamli kengashda 2005 yil 23 noyabrda “O‘zbek motam marosimi folьklorining genezisi, janriy tarkibi va badiiyati” mavzusida 10.01.09 – Folьklorshunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiyasini filologiya fanlari doktori, professor Oxunjon Safarov ilmiy maslahatchiligida himoya qilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan 2006 yil 25 mayda 125/1-sonli bayonnoma asosida tasdiqlangan. Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi diplomi 04 № 003989.
Ilmiy unvonlari:
1. Dotsent (2006). 2006 yil 30 noyabrda 129/1-sonli bayonnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlangan. Diplomi 03 № 005355.
2. Professor (2018). 2018 yil 28 iyunda 254/1-sonli bayonnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Folьklorshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonida tasdiqlangan. Diplomi 05 № 002977.
Mukofot va sovrinlari:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorlig‘i (2015, 2016).
2. Buxoro viloyati hokimining “Tashakkurnoma”si (2016), “Faxriy yorlig‘i” (2019).
3. O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Buxoro viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi kengashi faxriy yorlig‘i (2018).
4. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi pedagog” ko‘rik-tanlovining “Eng ilg‘or pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasi sertifikati (2 ta).
5. “Talabalar teatr studiyalari festivali”ning respublika bosqichida “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi g‘olibi (2018).
6. Turkiyaning “Award of the special researcher of the year” sovrini (2018).
7. “Yilning eng yaxshi olimasi” nominatsiyasi g‘olibi (2019).
Mehnat faoliyati: 1984-1088 yy. – Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi, 1988-1989 yy. – Olot tumani 1-maktab ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi, 1989-1992 yy. – Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbek adabiyoti kafedrasi aspiranti, 1992-1994 yy. – Buxoro davlat universiteti Folьklor va yangi o‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, 1994-1997 yy. – Buxoro davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulьteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, 1997-1998 yy. – Buxoro davlat universiteti Folьklor va yangi o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, 1998-2004 yy. – Buxoro davlat universiteti Folьklor va yangi o‘zbek adabiyoti kafedrasi doktoranti, 2004-2006 yy. – Buxoro davlat universiteti Folьklor va yangi o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, 2006-2007 yy. – Buxoro davlat universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti bo‘lgan. 2007 yy. – h.v. – Buxoro davlat universiteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Jamoatchilik faoliyati:
1. 2009 yildan Milliy tiklanish partiyasining a’zosi. Shu partiyaning Buxoro shahri kengashi “Ayollar qanoti” rahbari. 2018 yilda Buxoro shahar va viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi konferentsiyalarida delegat bo‘lib qatnashgan.
2. 2018 yilda Navoiy shahrida o‘tkazilgan “Nurli navolar” Xalqaro festivalida hay’at a’zosi sifatida qatnashdi.
O‘qituvchining ilmiy faoliyati:
Do'stlaringiz bilan baham: |