Ks vli- qurilish tashkilotiga kapital qo’yilma.
Ss- o’rtacha yillik ekspluatatsiya xarajatlari hisoblanadigan davr
Тo’liq keltirilgan xarajatlar bo’yicha misol:
Ko’rsatkichlar
|
Bitum rezina izolyatsiyasi
|
Polimer izolyatsiyasi
|
1. SMR tannarxi
|
5527
|
5316,3
|
2. Qurilish tashkiloti asosiy fondiga kapital qo’yilmalar
|
755,2
|
905,8
|
3. Aylanma mablag’larga kapital qo’yilmalar
|
611
|
683,5
|
4. Qurilish materiallari ishlab chiqarishga kapital qo’yilmalar
|
1571,7
|
2012,3
|
5. O’rtacha yillik ekspluatatsiya xarajatlari
|
607
|
312
|
1-variant bo’yicha P1=5527+512(755,2+611+312*1571,7+611)*8,33=10930 so’m
2-variant bo’yicha P2=5316,3+12(905,8+683,5)+612*2012,3+312,6*3,33=7095,8 so’m
Agarda taqqoslangan variantlar bo’yicha xarajatlar davrga qarab o’zgaradigan bo’lsa ularni bazis davriga quyidagi formula bilan keltiriladi.
Pt- t nchi yildagi keltirilgan xarajatlar
T- keltirilgan davr.
Yemp -davrning davomiyligi xarajatlarning sarf qilinadiganlari.
6.4
Тasdiqlangan ТEO va ТER asosida loyihalash uchun topshiriq ishlab chiqiladi. Loyihalash uchun topshiriq loyihani buyuruvchi tashkilot tomonidan (korxona qurilish direktsiyasi) bosh loyihachi va pudratchini jalb qilish orqali ishlab chiqiladi.
Loyihachi tashkilot loyihalash uchun topshiriq olgandan keyin uning asosiy qoidalarini ko’rib chiqadi, zaruriy qayta ko’rib aniqlik kiritadi va loyiha ishlarini bajarishga kirishiladi. Тuziladigan loyiha olingan topshiriqdan kelib chiqib melioratsiya o’tkaziladigan yerlarda olib borilgan qidiruv ishlarining sifatli bajarilishiga asoslangan bo’lishi kerak, shu bilan bir qatorda loyihalash ob’ektining shart – sharoitlarini faqat qidiruv ishlari natijasiga asoslanib o’rganmasdan balki natura shaklida ham o’rganish kerak. Suv xo’jaligi ob’ektlarini loyihalashtirish ikki stadiyada amalga oshiriladi.
Bir bosqichlik yig’ma smetalik ishchi loyiha texnikaviy jihatdan murakkab bo’lmagan hamda (tipovoy) bir tipdagi va qaytadan ishlatiladigan samarali loyihalarni ishlatish orqali ob’ektlar qurishda ishlatiladi.
Ikki bosqichlik yig’ma smetalik loyiha texnikaviy jihatdan murakkab bo’lgan ob’ektlarni qurishda ishlatiladi.
Loyihani (ishchi loyihaning) asosiy bo’limlari quyidagilar hisoblanadi.
Yig’ma tushuntirish xati – bunda loyihaning hamma bo’limlari bo’yicha va loyihaning asosiy texnika – iqtisodiy ko’rsatkichlari haqida qisqacha ma’lumot keltiriladi.
Loyihaning umumiy qismi – bunda melioratsiya o’tkaziladigan maydonga xarakteristika (ta’rif) beriladi (ob-havosi, tuprog’i, yerning tekis va notekisligi va boshqa tabiiy sharoitlari keltiriladi). Bundan tashqari mazkur maydondan xo’jalik uchun foydalanishning hozirgi ahvoli, qurilishning bosh rejasi va o’zlashtirish rejasi ko’rsatiladi.
Loyihaning iqtisodiy qismi – bunda suv va qishloq xo’jaligi uchun kapital va joriy xarajatlar qilinishi haqida ma’lumotlar, rejadagi mahsulot qiymati, kapital qo’yilmalarni o’zini-o’zi qoplashi, texnikaviy – iqtisodiy ko’rsatkichlar va boshqalar ko’rsatiladi.
Melioratsiya o’tkaziladigan maydonlarda qishloq xo’jaligini tashkil qilish. (Yangi yerlarni o’zlashtirish navbati va usullari mehnat unumdorligini, ishchi kuchiga bo’lgan talabini va texnikaga bo’lgan talabini aniqlash).
Тexnikaviy qismi - chizmalar, o’lchovlar, parametrlar.
Bunda suv xo’jaligi smetalarda foydalanish (ekspluatatsiya) xarajatlarining miqdori, xo’jalikka xizmat ko’rsatishni tashkil qilish, suv ta’minoti va boshqalar.
Qurilish ishlarini tashkil qilish (ishlarning navbat bilan bajarilishi va usullari, qurilish industriyasining bazalari va boshqalar).
Smeta va smeta hisoblari. Smeta bilan ishchi hujjatlar loyiha va yig’ma smetani tasdiqlangandan keyin ishlab chiqiladi. Bunda - qurilish ishchi chizmalari, smetalar, ishlarning hajmi ko’rsatilgan ro’yxatlar, inshoatlarning chizmalari, bo’lajak rejalari, ishlarning hajmi, shakli, kanal va zovurlarning sxemasi, tabiatni muxofaza qilish bilan bog’liq bo’lgan ishlanmalar, mehnat xavfsizligi qoidalari, ishdan chiqib qolgan yerlarni qayta tiklash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |