Ilmiy texnika taraqqiyoti va uni boshqarish Reja: I. Kirish II



Download 126,67 Kb.
bet5/9
Sana09.04.2022
Hajmi126,67 Kb.
#539378
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Birinchidan. fan-texnika taraqqiyoti tufayli bir birlik qishloq xo'jalik mahsuloti ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan mehnat sarfini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishga erishish;
Ikkinchidan. yaroqsiz holga keltirilgan va eski, lekin ishlatilayotgan qishloq xo'jalik texnika, asbob-uskunalari, texnologiyalarini yangi, zamonaviy va sifatlisiga almashtirish hamda shu orqali moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanashiga erishish. Ayniqsa, xom-ashyoni qayta ishlab to tayyor mahsulot yaratgunga qadar b o‘lgan jarayonlarda yangi texnika-texnologiyalardan foydalanishda, fan-texnika taraqqiyotining ahamiyati beqiyos.
Uchinchidan, qishloq xo'jalik va sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etishda ixtisoslashtirish, korxonalarni bir joyda to'plashning o 'z o'm i bor. Ana shuni ta’minlash uchun ham fan-texnika taraqqiyoti zarurdir.
To‘rtinchidan, qishloq xo'jaligini, umuman ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, rivojlantirish uchun kadrlami to'g'ri tanlash ham muhim. Fan-texnika taraqqiyoti esa yangi-yangi kasblaming vujudga kelishini talab qiladi va ishlovchilaming kasb mahoratini oshirishga undaydi.
Beshinchidan. fan-texnika taraqqiyoti orqali iqtisodiyotning, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari alohida-alohida va bir-biri bilan uzviy ravishda bog'liq holda rivojlantiriladi. Fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish, texnika-texnologiyalarga tub o'zgartirish kiritish negizida albatta mehnat unumdorligini oshirishga erishiladi. Fan-texnika taraqqiyoti ikki shaklda amalga oshiriladi:
1) evolyutsion yoki bosqichma-bosqich shakl (bunda fan va texnika me'yori
bilan, sekinroq va qisman takomillashib boradi);
2) revolyutsion yoki inqilobiy shakl (bunda qonun-qoidaga asosan yangi texnika va
texnologiyani vujudga keltirish hamda jamiyat ishlab chiqaruvchi
kuchlami tubdan o'zgartirishga erishiladi).
Fan-texnika taraqqiyotining jadal sur'atlar bilan rivojlantirilishi iqtisodiyotni har tomonlama intensivlashtirish hisobiga mahsulot sifatini qat'iy yaxshilashning hal qiluvchi vositasi hisobiga sodir bo'ladi. Qishloq xo'jaligini texnikaviy jihatdan yangilash, yangi-yangi texnologiyalar yaratish, undagi moddiy-texnika bazasini tubdan o'zgartiradi. Bular bilan bir qatorda ishlab chiqarishni elektlashtiiish, kimyolashtirish, kompyutyerlashtirish,avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash kabi fantexnika taraqqiyotining yo'nalishi orqali fan va texnika ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi. Fan-texnika taraqqiyotining yana boshqa yo'nalishlari ham mavjud, bular: energitikani rivojlantirish, transport, aloqa turlarining yangilarini vujudga keltirish; har hil turdagi texnologiyalami o'zlashtirib, fan va ishlab chiqarishga tadbiq etish; yangi konstruktiv materiallami kashf qilish va foydalanishini yo'lga qo'yish; biotexnologiya, chiqitsiz texnologik jarayonlami ishlab chiqarishga tadbiq etish va hokazo. Qishloq xo‘jaligida esa fan-texnika taraqqiyotining yo‘nalishlari xalq xo ‘jaligidagi y o ‘nalishlardan ozroq farq qiladi. Bular quyidagilar: yangi yerlarni o ‘zlashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yangi sifatli sug‘orish vositalari va texnologiyalarini yaratish, dehqonchilikda kam suv talab etadigan, tezpishar va yuqori hosil beruvchi urug‘ navlarini, sermahsul chorva mollarini yaratish, mavjud intensive texnologiyalami takomillashtirish; qishloq xo'jaligiga servis xizmatlarim ko‘rsatish, mahsulotlami qayta ishlash, sifatli saqlash va iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish qobiliyatiga ega bo‘lgan texnologiyalar va tadbirkorlik sub'ektlarini shakllantirish hamda fan-texnika taraqqiyotini qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishga o ‘z vaqtida joriy etishga xizmat qiluvchi raqobatbardosh kadrlami tayyorlash va ulami rag‘batlantirish kabilar. Fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni intensivlashtirish va uning samaradorligini oshirishdagi hal qiluvchi yo'nalishlaridan biri. Intensivlash-umumlashtirish, semnumlilik degan ma‘nolami anglatadi. Jahondagi iqtisodiy faoliyatning hozirgi darajaga yetishigacha qancha ilmiy-texnikaviy taraqqiyot davri o ‘tdi. VII-VIII asrlarda iqlimning isishi oqibatida epidemiyalar tarqalishi kamaydi va demografik o ‘sish kuzatildi. XI asrda hunarmandchilik rivojlanib, ishlab chiqarish asta-sekin rivojlantirildi va yer bilan ishlash birmuncha osonlashdi. Qo‘l mehnatidan foydalanish kamaydi va mahsulot ishlab chiqarish jarayoni yangi-yangi cho‘qqilarga erishdi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida mehnat unumdorligi oshdi, ayniqsa texnologiyalar borasidagi siljishlar natijasida sanoatda ham, qishloq x o ‘jaligida ham ijobiy o ‘zgarishlar yuz berdi. ХIII asrda butun Yevropada sanoat shaharlari barpo etilib, yengil sanoat, to‘quvchilik sanoati rivojlandi. Angliyada qishloq xo'jaligi rivojlanib, chorvachilikdan olingan jun butun Yevropa bo‘ylab sotildi. Jun evaziga XIV asrda Shimoliy Italiya, Venetsiya, Genuya va Florentsiya sanoat mollari savdo-sotig‘ini yolga qo‘ydi. Shu asrda qurolsozlik, mashinasozlik, yangi texnologiyalar kashf qilinib, fantexnika taraqqiyoti yanada ilgariladi. Fan-texnika taraqqiyoti XIX-XX asrlarda yuksalish davriga erishdi. Butun iqtisodiyot tez sur'atlar bilan rivojlantirildi. Qishloq xo‘jaligida yangi navlar, ko‘chatlar, uzoq y il umr ko‘ruvchi zotdor mollar, nasldor chorvalar, daraxtzorlar yaratildi. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, texnika va texnologiyalarga tub o‘zgarishlar kiritish barcha texnikaviy tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy omillami safarbar etish negizida mehnat unumdorligini ancha oshishiga erishildi. Fan-texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirishda texnikaning yangi-yangi avlodlarini, printsipial jihatdan yangi texnologiyalami joriy etishni ta‘minlovchi mashinasozlikyetakchi rol o‘ynaydi. Fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasi kuchaymoqda, ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yangi, samaraU shakllari vujudga kelmoqda, texnika yangiliklarini ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarni xalq xo‘jaligida, qolaversa, qishloq xo‘jaligida o‘zlashtirish muddatlari qisqarmoqda. Fan-texnika taraqqiyoti samaradorligini aniqlash uchun yangi texnikani qo‘llash natijasida olingan iqtisodiy samarani uni ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajatlar miqdoriga bo‘lish kerak. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, iqtisodiy, siyosiy ijtimoiy muammolami yechish bilan birga fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va undan oqilona foydalanish masalasini hal etishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, nazariy tadqiqotlar kengligi va samaradorligi asosan davlat tomonidan doimiy va o‘sib boruvchi moliyaviy madadga bog‘liqdir. Yangi texnika va ishlanmalarni yaratish va ularni keng ko‘lamda amahyotga joriy etish, albatta bozor mexanizmini qo‘llash natijasida, ya’ni xo'jalik shartnomalari asosida amalga oshiriladi va olingan natijalar mahsulot sifatida qabul qilinadi. Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini va iqtisodiy samaradorlikni oshirishda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish muhim rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish - bu qo‘l mehnatini mashina mehnatiga, kam samarali mashinalami o'ta mukammallashganlariga, buzilgan mashinalami yangi mashinalar tizimiga almashtirish jarayonidir.
Mexanizatsiyalashtirishning uchta darajasi mavjud:
- qo‘l mehnatining sezilarli ulushini saqlagan holda ishlab chiqarishning alohida jarayonlarini qamrab oluvchi qismi;
- mashinani qo‘l bilan boshqarish saqlab qolingani holda hamma jarayonlaming mexanizatsiyalanuvchi kompleksi;
- avtomatlashtirish - inson ishtirokisiz ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, nazorat qilish va boshqarishni amalga oshiruvchi qurilma qo‘llaniladi.
Alohida ishlab chiqarish jarayonlarini va aniq mahsulot ishlab chiqarishni yoki tarmoqni mexanizatsiyalash jarayoni darajasini aniqlash uchun qator ко‘rsatkichlardan foydalaniladi. Mashinalar tizimi tarkibi ko‘p jihatdan mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bilan belgilanadi va qishloq xo'jaligi hamda hududiy sharoitlaming o ‘ziga xos xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ishlab chiqarish texnologiyalarining turli-tumanligi yil davomida foydalanib bo'lmaydigan ko‘p miqdordagi ixtisoslashgan mashinalarga talabehtiyojni keltirib chiqaradi. Mashinalar tizimi amalda paxta, g'alla, muhim texnika va ayrim ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun yaratilgan.Biroq qator tarmoqlarda (bog'dorchilik, uzumchilik, tamakichilik va hokazo) ayrim ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish uchun komplekslar mavjud holos. Qishloq xo'jaligini kompleks mexanizatsiyalashtirishning asosiy mexanik, elektr dvigatellar, elektr qurilmalar quwati va mexanik kuchga aylantirilgan ishchi hayvonlari sonidan tashkil topgan energetic resurslardir. Qishloq xo'jaligining energetik resurslar bilan ta’minlanganligirii ifodalovchi ko'rsatkichlar - quvat (energiya) bilan ta’minlanganlik va energiya bilan jihozlanganlikdir. 2002 yilda qishloq xo'jaligini elektr bilan ta’minlash 1990 yilga taqqoslanganda sezilarli darajada ko'paydi, energiya bilan jihozlash esa 7% ga ortadi. Energiya bilan ta’minlashning pasayishi qishloq xo‘jaligida energiya quмatining pasaygani bilan izohlanadi. Shu bilan birga ishchilar soni kamayish sur'ati energoresurslar qisqarish sur'atidan yuqori bo‘lgan. Bu mehnatning energiya bilan jihozlanishining o‘sishi sezilarsizhgining sharti bo'ldi. Energetik resurslar strukturasida mexanik va elektr dvigatellaming kuchli quwati eng ko‘p ulushga ega. Ulaming ulushiga 99,5 % quvat to‘g‘ri keladi, shunday traktor dvigatellari 35 %, avtomobillar 29 %, kombaynlar - 12 %, elektr dvigatellari va uskunalari - 23 % ni tashkil qiladi. Ish hayvonining ulushi - 0,5 %. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash va avtomallashtirishga elektrifikatsiya yordam beradi. Qishloq xo'jaligining elektr energiyasi bilan ta’minlanganligining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib mehnatning elektr bilan ta’minlanganligi va elektr bilan qurollangani xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining elektr bilan ta’minlanganligi o'zida shudgor yoki ekish maydoni birligiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish maqsadlarida iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdorini ko'rsatadi (kVt. soat 1 ga). Mehnatning elektr bilan qurollanganligi o‘rtacha yillik ishchi hisobiga ishlab chiqarish maqsadlarida iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori bilan izohlanadi (Kvt. soat). Kompleks mexanizatsiyalashning iqtisodiy samarasi jonli mehnatni iqtisod qilish, mahsulot tannarxining pasayishi, yo‘qotishlar kamayishi va ishlab chiqarish hajmining ko‘payishida ifodalanadi.Agrotexnika va zooveterinariya tadbirlarini o‘z vaqtida, sifatli bajaralishi salmoqli darajada qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlanganligiga bog'liq. Traktor bilan ta’minlanganlik 100 ga haydaladigan yer hisobiga shartli etalonli traktorlar mavjudligi bilan belgilanadi. Qishloq xo'jalik mashinalari va uskunalari bilan ta’minlanganlik 100 ga shudgorlanadigan yer (umumiy ishlami qiladigan mashinalar uchun) yoki biran-bir ekin hisobiga (maxsus mashinalar uchun) turli xil mashina va uskunalar mavjudligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda xo'jahkning texnika bilan ta’minlanganligini aniqlash uchun ko‘pincha shudgorlash yoki ekin ekishda bitta traktor yoki mashinaga to'g'ri keladigan etalon gektar qabul qilinadi.

Download 126,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish