Ilmiy tadqiqotlarga tayy



Download 54 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2021
Hajmi54 Kb.
#71338
1   2   3   4   5
To‘qqizinchi daraja: Ma’lum vazifalarni qo‘yishda va yechishda paydo bo‘lgan baxzi bir o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar beriladi (xisobga olgan yoki olmagan, aniqlash, ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi va boshqalar).

O‘ninchi daraja: Oldin ma’lum bo‘lgan vazifalar yangi terminlarda izoxlanadi.

Agar tasodifiy xolda yuzta (N=100) maqolalar tanlab olinsa, ular darajalari bo‘yicha tarqatilsa, i-darajasiga mos keluvchi Ni son topilsa, va Ni / N = f (i) diagrammasi qurilsa, unda asosiy ko‘pchilik axbarotlar 6, 7, 8, 9 darajalarga to‘g‘ri kelishi kuzatiladi. Bu darajadagi axborotlarni o‘rganmasdan o‘tkazib yuborish, uncha katta zarar keltirmaydi.

Shunday qilib, juda ko‘payib ketayotgan axborotni kuzatib turish uchun quyidagi sxemani taklif qilish mumkin: axborot darajasi aniqlanadi, xar bir materialga darajasiga nisbatan teskari proportsional vaqt ajratiladi, kichik darajali axborotlar umumlashtirish yo‘li bilan o‘rganiladi.

Axborot darajasi odatda chop etilgan materialni kirish va xulosalar qismini o‘qib chiqish orqali aniqlanadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ushbu qismlar bo‘yicha darajani aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, bu materialning darajasi pastligi to‘g‘risidagi xolatni to‘g‘ri baxolaydi va ularni juda sinchiklab o‘rganish zarurligi yo‘qoladi. Axborot miqdorini kamaytirishning eng effektiv printsiplaridan biri - bilimlarni umumlashtirishdir. Umumlashtirish - bu tashqaridan turib turli ko‘rinishdagi axborotlarga yagona nuqtai-nazarni topishdir.


2. Axborotni o‘zlashtirish usullari

Ilmiy materiallar tanlab olingandan so‘ng, ulardan yuqori darajadagi axborotlar ajratib olinadi va o‘zlashtiriladi. O‘zlashtirish - materialni qayta ishlash jarayoni bo‘lib, natijada u to‘la tushunarli bo‘ladi, yaxni tadqiqotchining "o‘ziniki" bo‘lib qoladi.

Ilmiy maqolalarning mazmunini o‘zlashtirish quyidagi uch xolat bilan qiyinlashadi:


  1. tekstni qisqartirish bo‘yicha redaktsiyaning talabi;

  2. muallifda ifodalash mantiqini yetishmasligi;

  3. mualliflarni, ayniqsa yangi boshlovchilarni, formal xolatlarga, yuqori ilmiy ko‘rinishda ifodalashga urinishlari.

Tadqiqotchi uchun bunda asosiy yo‘l - axborotni o‘qish orqali o‘zlashtirishdir, bu jarayon juda chuqur individuallashgan bo‘lib, psixologik jixatdan keng o‘rganilmagan.

Tajribali tadqiqotchilar bunda quyidagilarni tavsiya etadilar:

1. Materialni o‘rganishdan oldin, uning darajasini tushunib olish va shunga mos ravishda ko‘proq yoki ozroq vaqt ajratish kerak.

2. Birinchi o‘qishdagi tushunarsiz joylarga katta extibor bermaslik, yaxni ularning ilmiy mazmunini tezda fikrlashga xarakat qilmaslik lozim. Tushuntirishlar keyingi qatorlarda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun materialni o‘zlashtirishdan oldin, butun tekst bilan umumiy xolda tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lib, tushunilmagan joylarga maxsus belgilar qo‘yib boriladi.



3. Materialni xaqiqiy o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan tekstni qayta, ba’zida esa bir necha marta qaytalab o‘qish bilan boshlanadi. Materialni tushunishning formallashgan ko‘rsatkichlari yo‘q. Tushinish - oldin olingan bilimlar, solishtirishni bilish, gipoteza va taxminlarni ilgari surish, umuman mantiqiy fikrlashga asoslangan.

4. Yangi, qiyin ifodalangan natijalarni o‘rganishda raxbarga yoki tajribali tadqiqotchiga murojat qilishi mumkin. Ammo bu xolatdan mexyorida foydalanish zarurdir, chunki bunda ishning ushbu bosqichda vaqt tejalsa xam, mustaqil fikrlashni rivojlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

5. Materialni o‘rganishni faqat qo‘lda qalam va toza varaq bilan amalga oshirish kerak. Qog‘ozda yozib qoldirish nafaqat tushunishga, balki esda saqlab qolishga xam foydali bo‘ladi.

6. Ko‘p o‘zgaruvchilarga ega murakkab tenglamalarni va ularning xossalarini tushunish va esda saqlab qolish, odatda 1-2 o‘zgaruvchilar orqali amalga oshirilib, qolganlarini vaqtincha o‘zgarmas deb qabul qilinadi.

7. Yangi olingan axborotni oldin ma’lum bo‘lganiga keltirishga intilishi kerak. Chunki yangi axborot oldin ma’lum bo‘lganining umumlashtirilgan yoki xususiy xoldagisi bo‘lishi mumkin.

8. O‘zlashtirishda nafaqat mantiqiy ketma-ketlikga va isbotlarga axamiyat beribgina qolmasdan, balki axborotni oddiy misollar orqali xam ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi.

9. Yangi material o‘rganilayotganda, quyidagi shior ostida ishlash zarur: «G‘oyalar (ideyalar) xar qachon oddiydir, faqat ularning ifodalanishi murakkab bo‘lishi mumkin».

3. Axborotni yig‘ish va tizimlashtirish

Xozirgi paytda, ilmiy xodimlar uchun, o‘ziga yangi bo‘lgan bilim soxasini o‘zlashtirishdagi ma’lum bir qiyinchiliklar axborot manbalarining yetishmasligida emas, balki ularning ortig‘i bilan taxminlanganligidadir. Bunda, qisqa yo‘l bilan to‘la axborot beruvchi manbalarni tanlash muammosi paydo bo‘ladi.

Nashr qilinadigan axborot materiallari quyidagilardir: monografiya shaklidagi kitoblar va o‘quv qo‘llanmalari, respublika va xorijiy davlatlarning davriy nashrlari, ilmiy to‘plamlar, ekspress - axborotlar va referativ ko‘rsatkichlar.

KITOBLAR. Xar bir tajribali kitobxon biladiki, kitoblarda ilmiy muammolarni bir xil to‘g‘ri yoritilishi bilan bir qatorda, ularning shakli va uslubiy jixatdan takomillashganligi turlicha bo‘lishi mumkin. Yangi boshlayotgan tadqiqotchi bu kamchilikni ko‘p sonli manbalarini yuzaki o‘rganib chiqish bilan qoplaydi. Ammo, tajriba shuni ko‘rsatadiki, ixtiyoriy xolda tanlangan bir necha kitoblar o‘rniga birgina to‘g‘ri tanlangan kitobni chuqur o‘rganib chiqish yaxshi natija beradi.

JURNALLAR. Xar bir ilm - fan soxasida, odatda bir necha (ba’zida, o‘nga yaqin) jurnallar bosib chiqariladi. Bunda ularni o‘rganishda quyidagiga amal qilish kerak: barcha jurnallarni baxzi - ba’zida ko‘rib chiqqandan ko‘ra, to‘g‘ri tanlangan oz sondagi jurnallarni doimiy ravishda kuzatib borish yaxshi natija beradi. Bunda, 3-4 ta mamlakatimiz va shu sondagi xorijiy mamlakatlarning jurnallarini o‘rganib borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

DAVRIY ILMIY TO‘PLAMLAR. Bu to‘plamlar yirik o‘quv va ilmiy institutlar tomonidan yiliga bir-ikki marotaba chiqariladi. Ular jurnallarga ekvivalent bo‘lib, ammo ko‘proq maxsus mazmunga ega bo‘ladi.

EKSPRYeSS AXBOROTLAR VA RYeFYeRATIV JURNALLAR. Bu turdagi axborot manbalari Respublika axborotlar fondi instituti tomonidan bosib chiqariladi va quyidagilarga bo‘linadi:

a) Referativ jurnal (RJ) - kitoblar, maqolalar, kashfiyotlarning qisqacha annotatsiyalarini o‘z ichiga oladi va xar oyda bir marotaba turli yo‘nalishlari bo‘yicha bosib chiqariladi;




Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish