Ilmiy tadqiqot metodologiyasi


Toʻqqizinchidan, hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish lozim



Download 0,81 Mb.
bet73/159
Sana06.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#432172
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   159
Toʻqqizinchidan, hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish lozim.
Iqtisodiyotdagi tizimli oʻzgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi joriy yilda 35 foizdan 37 foizga ortishi kutilmoqda. Biroq ayrim shahar va tumanlarda bu oʻta muhim masalaga yetarlicha eʼtibor berilmayapti.
Oqibatda, respublikaning 27 ta tumanida sanoatning ulushi viloyat koʻrsatkichining 1 foiziga ham yetmaydi. Shu sababli, har bir tuman va shahar sanoatini rivojlantirish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish kerak. Bu masalani, avvalo, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar rahbarlari alohida nazoratga olishi kerak.
Yangi yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi uchun 4 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ ajratish koʻzda tutilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar koʻrilmasa, ushbu koʻrsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin. Bosh vazir A.Aripov mamlakatimiz aholisining urbanizatsiya darajasini 2030 yilga qadar 60 foizga yetkazish boʻyicha Davlat dasturi ishlab chiqish uchun shaxsan masʼul etib belgilanadi. Bu borada faqat poytaxt va viloyat markazlari boʻlgan shaharlarni emas, avvalo, hududlarda joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish eʼtibor markazida turishi kerak. Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich shahar va posyolkalarda koʻp qavatli uylar qurishga oʻtishimiz lozim. Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish dasturlari bilan uzviy bogʻliq holda rivojlanishi darkor.
Bu ishlarga Iqtisodiyot vazirligi bosh-qosh boʻlishi lozim. Shu bilan birga, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus jamgʻarma tuziladi. Binolar va inshootlar joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar ana shu jamgʻarmada toʻplanadi. Biz bu yangi tizim orqali hududlarimiz qiyofasini yanada obod qilishga va aholi farovonligini oshirishga erishamiz.
Oʻninchidan, qishloq xoʻjaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash eng muhim vazifamizdir.
Keyingi yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun 48 ta paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Shu bilan birga, gʻalla va meva-sabzavot klasterlari faoliyatini har tomonlama rivojlantirish kerak. Bu soha biz uchun nisbatan yangi ekanini inobatga olib, uni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, jumladan, kredit tizimini soddalashtirish, xarajatlarni subsidiyalash, yer ajratish bilan bogʻliq tartiblarni qayta koʻrib chiqish talab etiladi. Urugʻchilikda asl navlarni yaratish maqsadida tajriba-seleksiya ishlarini tubdan jonlantirish lozim. Buning uchun urugʻchilik va seleksiya bilan shugʻullanadigan institutlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik asosida urugʻchilik klasterlarini tashkil qilish talab etiladi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari va chorvachilik boʻyicha yangi tarmoqlarni rivojlantirishimiz zarur. Bugungi kunda fermer xoʻjaliklarining yillik chorva ozuqasiga boʻlgan ehtiyojining faqat 35 foizi mahalliy imkoniyatlar hisobidan qoplanmoqda. Shu sababli yangi yerlarni oʻzlashtirish orqali ekin maydonlarini kengaytirish evaziga chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, baliqchilik, parrandachilikni rivojlantirish hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari hajmini keskin koʻpaytirishimiz kerak.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish