Ilmiy tadqiqot metodologiyasi


Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti boʻlgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz



Download 0,81 Mb.
bet67/159
Sana06.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#432172
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   159
Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti boʻlgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz.
2019 yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion soʻmlik yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻp investitsiyalarni oʻzlashtirish moʻljallanmoqda.
Bu borada toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkaziladi. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi jahondagi yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan eʼtirof etilayotganini alohida taʼkidlash lozim.
Masalan, dunyodagi nufuzli “Fitch Ratings” va “Standart & Pooʻrs” reyting agentliklari birinchi marta mamlakatimizning xalqaro suveren kredit reytingini belgiladi. Ana shu reyting baholari “Barqaror” prognoziga ega boʻlib, bu yaqin 12-18 oy davomida ushbu koʻrsatkichning pasayish ehtimoli kamligini bildiradi.
Oʻzbekiston erishayotgan bunday reyting baholari koʻpgina rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan yuqori ekanini qayd etish lozim. Ushbu reyting agentliklari Oʻzbekistonda valyuta, savdo va narx siyosati erkinlashgani, davlat boshqaruvidagi institutsional oʻzgarishlar, mamlakat oltin-valyuta va byudjet zaxirasi yetarli ekani, davlat qarzining kamligi singari omillarga alohida eʼtibor qaratmoqda. Kelgusi yilning birinchi choragida yurtimiz tarixida ilk marta Oʻzbekistonning suveren davlat obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlariga chiqaramiz.
Bu borada biz “J.P.Morgan”“Citibank”“Deutsche Bank” kabi yetakchi xalqaro investitsiya banklari bilan hamkorlik olib bormoqdamiz.Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning investitsiya salohiyatini toʻla namoyon etish choralarini koʻrishimiz kerak. Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin.
Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes subyektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozim. Birinchi navbatda, eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga va chet ellik investorlarga shunday imkoniyat yaratish kerak. Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda aniq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, jumladan, mamlakatimizni Global raqobatbardoshlik reytingiga kiritish boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirish topshiriladi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish