Ilmiy tadqiqot metodologiyasi


Sinergetika va taraqqiyot konsepsiyasi



Download 0,81 Mb.
bet62/159
Sana06.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#432172
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   159
Sinergetika va taraqqiyot konsepsiyasi. Sinergetika taraqqiyot konsepsiyasini chuqurroq ifoda etishga imkon beradi. I.Prigojin ta’kidla-shicha: «ham klassik, ham kvant mexanikada agar qaysidir bir vaqtda sistemaning holati yetarli aniqlikda ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, unda kelajakni juda bo‘lmaganda prinsipda oldindan aytish mumkin edi. Buning ustiga bunday turdagi nazariy sxema ko‘rsatdiki, qaysidir bir ma’noda «hozir» o‘zida o‘tmish va kelajakni saqlaydi. Ko‘rib turganimizdek, haqiqatda unday emas. Kelajak o‘tmishning tarkibiy qismiga kirmaydi. Hatto fizikada (huddi sotsiologiyadagidek) atigi xilma-xil mumkin bo‘lgan «ssenariylar»nigina oldindan aytish mumkin»4.
Sinergetika taraqqiyotning qator fundamental o‘ziga xosliklarini ochib berishga imkon beradi. U quyidagilarni ko‘rsatadi: 1) taraqqiyot jarayonida fluktuatsiyalarning o‘rni keskin o‘tish, sifat jihatdan sakrash nuqtasiga yaqin bosqichda hal qiluvchi hisoblanadi, ular bu sakrash arafasida kuchayadi va u haqida darak beradi; 2) bu sakrash jarayonida amaldagi sharoit va vaziyatlarga bog‘liq bo‘lgan taraqqiyotning ko‘rinishi shakllanadi, bifurkatsiya nuqtasida taraqqiyotning bundan keyingi yo‘nalishining aniq bir variantining ko‘pdan ko‘p mumkin bo‘lgan variantlardan «tanlovi» sodir bo‘ladi; 3) taraqqiyotning bunday bifurkatsion tabiati oqibatida taraqqiyotning qaytmaslik xususiyati paydo bo‘ladi; 4) taraqqiyot jarayoni umumiy holatda muvozanatsiz sistemalar rivojlanishi va muvozanatsiz bosqichli o‘tishlar bilan bog‘liq va shuning uchun o‘zida tebranishlar, fazoviy strukturalar va tartibsizliklar shakllanishini qamrab oladi; 5) taraqqiyot jarayoni kogerentlik, turbulentlik, dinamik tartibsizlik, dissipativ va avtoto‘lqinli strukturalar dinamikasi, kengmasshtabli spontan fluktuatsiyalar kabi bungacha taraqqiyot konsepsiyasi qamrab ololmagan ko‘pgina boshqa fenomenlarni o‘z ichiga oladi5; 6) taraqqiyot jarayonida determinatsiyaning o‘ziga xosligi mavjud va bifurkatsiya nuqtalari orasida deterministik qonunlar, bifurkatsiya nuqtalarida esa ehtimoliy qonunlar ustunlik qiladi; 7) har qanday sistemalarning tuzilish barqarorligining chegaralari mavjud bo‘ladi, tegishli muvozanatdan chiqaruvchi ta’sirlar orqali ularga yetib borish mumkin, keyin yangilanish elementlari va yangi sistemalar shakllanadi va bu jarayon tuganmasdir; 8) taraqqiyot jarayonining makro- va mikrodarajalari o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik mavjud6.
Shunday qilib, sinergetikaning hozirgi davrdagi rivojidan chiqarish mumkin bo‘lgan asosiy falsafiy saboq shuki, u noorganik tabiatda o‘z-o‘zidan tashkil topish mavjudligini isbot qilib berdi. Materiyaga tashqi ta’sir natijasida o‘zgaruvchi inert ob’yekt deb emas, balki o‘z-o‘zini tashkil qila oladigan hamda bamisoli o‘z «iroda»sini va ko‘ptomonlamaligini namoyon eta olgan ob’yekt deb qaraladigan bo‘ldi. Bu ma’lumotlar statik va jonli materiya tushunchalarini ajratib turgan oraliqni ancha kamaytirdi. Agar biz bir tomondan, o‘z-o‘zidan tashkil topuvchi tuzilmalarning xossalari va vujudga kelishi sharoitlari bilan, ikkinchi tomondan, biologik evolyutsiyaning eng muhim jihatlarini bir-biriga taqqoslab ko‘radigan bo‘lsak, biz ikki holda ham o‘zgarishlar ayni bir xil qonunlarga bo‘ysunadi va o‘xshash tendensiyani namoyon qiladi, degan xulosaga kelamiz.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish