Tadqiqotning dolzarbligini belgilash va asoslash Mavzuning ta’rifi fanda hozirda ma’lum bo‘lgan va hali tadqiq qilinmagan hollarning birgalikda amal qilishini, ya’ni ilmiy bilishning rivojlanish jarayonini aks ettiradi. Shu sababga ko‘ra mavzuning dolzarbligini asoslash tadqiqotni tayyorlashdagi juda mas’uliyatli bosqich hisoblanadi.
Dissertatsiyaning dolzarbligi asoslanishiva isbotlanishi kerak Dissertatsiya mavzuining dolzarbligi – bu uning ijtimoiy nazariya va amaliyot uchun kerakli ekanligi bo‘lib, fanda ko‘pincha oldingi nazariy tasavvurlar doirasiga yaqqol joylashmaydigan yangi faktlarning kashf qilinishi natijasida vujudga keladigan vaziyatning mavjudligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |