Ilmiy tadqiqot metodologiyasi


Fan taraqqiyotining asosiy omillari



Download 0,81 Mb.
bet18/159
Sana06.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#432172
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159
Fan taraqqiyotining asosiy omillari. Fan taraqqiyoti nima bilan belgilanadi, degan savolga javob izlashda nafaqat fan va ishlab chiqarishning munosabatlarini, balki boshqa ko‘plab omillarni ham qayd etish lozim. Ular orasida institutsional, intellektual, falsafiy, diniy va hatto estetik omillar bor. Shu sababli sanoat inqilobi, iqtisodiy o‘sish yoki tanazzul, barqarorlik yoki beqarorlikning siyosiy omillari ijtimoiy ongning boshqa shakllari tizimida fanning mavjudligini ko‘p jihatdan belgilovchi omillar sifatida tushunilishi lozim.
Ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida tushuniladigan fan sivilizatsion rivojlanish tipi bilan taqqoslashni nazarda tutadi. A.Toynbi taklif qilgan tasnifga ko‘ra sivilizatsiyaning 21 tipi farqlanadi. Eng umumiy yondashuv sivilizatsiyalarning ikki xili: an’anaviy va texnogen sivilizatsiyalarni hisobga olib, umumiy sivilizatsion farqlashni taklif qiladi. Texnogen sivilizatsiyalar XV-XVII asrlarda Yevropa mintaqasida texnogen jamiyatlar paydo bo‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan. Ayrim an’anaviy jamiyatlar texnogen jamiyatlarga qo‘shilib ketgan, ayrimlari esa, texnogen va an’anaviy mo‘ljallar o‘rtasida rivojlanib, aralash xususiyat kasb etgan.
Texnogen rivojlanishning madaniy matritsasi uch bosqich: oldindustrial, industrial va postindustrial bosqichlardan o‘tadi. Texnika va texnologiyaning rivojlanishi uning muhim ko‘rsatkichiga aylanadi. Rivojlanishning texnogen tipi – bu tabiiy muhitning jadal sur’atlarda o‘zgarishi, uning odamlar ijtimoiy aloqalarining faol o‘zgarishi bilan birikishidir. Texnogen sivilizatsiya yuzaga kelganiga 300 yildan sal ko‘proq vaqt bo‘lgan. U ancha agressiv bo‘lib, ko‘pgina eski madaniy an’analarning halokatiga sabab bo‘ladi. Tashqi dunyo inson faoliyati maydoniga aylanadi. Inson o‘zgartiruvchi va zabt etuvchi faoliyatga turtki beruvchi markaz sifatida amal qiladi. «Kuch» tushunchasi ishtirokidagi umumiy madaniy munosabatlar tavsifi shundan kelib chiqadi: ishlab chiqarish kuchlari, ilmiy kuchlar, intellektual kuchlar va h.k.
An’anaviy va texnogen jamiyatlarda shaxs erkinligi muammosiga nisbatan munosabat ham har xildir. An’anaviy jamiyatga shaxs erkinligi umuman xos emas, shaxs imkoniyatlarini faqat muayyan korporatsiyaga mansublik orqali, korporativ aloqalar elementi sifatida ro‘yobga chiqarish mumkin.
Texnogen jamiyatda har xil ijtimoiy birliklar va madaniy an’analar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish imkonini beruvchi shaxs erkinligi himoya qilinadi. Inson faol mavjudot sifatida tushuniladi. Uning faoliyati ekstensiv bo‘lib, sirtga, tashqi dunyo va tabiatni bo‘ysundirish va o‘zgartirishga qaratiladi. Biroq tabiat har xil texnogen mashg‘ulotlar uchun tubsiz rezervuar bo‘lishi mumkin emas, chunki inson faoliyati azaldan biosfera dominanti emas, balki uning komponenti hisoblanadi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish