Tushunchalarning aniqligi- Masalan, «rivojlanishning o‘sishi», «ma’noning pasayishi», «muammo falsafasi «jozibadorlik jozibasi» kabi va boshqa ikki xil ma’noli va noaniq ifodalarni ishlatmaslik kerak.
Lo‘ndalik «Qoraqalpog‘iston Respublikasida transport infratuzilmasining rivojlanishi va mintaqada bozor iqtisodiyoti sharoitida turizmni rivojlantirish istiqbollari». Bunday nom to‘g‘ri va ishlatish mumkin, lekin juda uzun. Uni qisqaroq ifodalagan ma’qul: «Qoraqalpog‘istonda transport va turizmning rivojlanishi».
Birinchi nom ancha aniqroq, lekin idrok etish qiyinroq. Darvoqe, qisqa nomning ham o‘z kamchiliklari bo‘ladi, ularni keyin ma’ruzada izohlashga to‘g‘ri keladi, shuning uchun muallif aniqlik yoki qisqalikni tanlashi kerak bo‘ladi, yaxshisi esa har ikkalasini ham o‘z joyida qo‘llagan yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |