Ilmiy tadqiqot metodologiyasi



Download 0,81 Mb.
bet141/159
Sana06.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#432172
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   159
Ikkinchi tendensiya olimning ijtimoiy mas’uliyati tamoyili ilgari surilishi bilan bog'liq. Bu tamoyilga muvofiq, olim o ‘z ilmiy faoliyatining metodlari va maqsadlari uchun ham, uning natijalari va oqibatlari uchun ham jamiyat oldida javobgar bo‘lishi insoniyat oldidagi mas’uliyatni his qilishi lozim. Hamonki fan o‘z kashfiyotlari jamiyatga keltiradigan foydani o‘z xizmati deb bilar ekan, u mazkur kashfiyotlaming zararli oqibatlarida o‘zini aybdor deb ham bilishi kerak. Olimning neytralligi uning ilmiy haqiqatga amal qilish, muayyan qadriyatlar va ijtimoiy-madaniy (mafkuraviy, diniy, estetik, siyosiy, axloqiy va boshqa) mo‘ljallarga o‘z munosabatidan qat’i nazar, bu haqiqatni himoya qilishga intilishi bilangina cheklanishi lozim. Ammo olim fan yutuqlaridan qanday foydalanilayotganiga bir chekkada qo‘l qovushtirib qarab turishi mumkin emas. U o‘ziga berilayotgan ijtimoiy buyurtmaga askar o‘z boshlig‘ining buyrug‘iga qaragandek munosabatda bo‘la olmaydi. Hamonki ilmiy tadqiqotlar olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni hech kim olimlardan yaxshiroq baholay olmas ekan, bu ularga ilmiy kashfiyotlardan g‘ayriinsoniy maqsadlarda foydalanilmasligiga erishish majburiyatini yuklaydi. Bundan tashqari, o‘z ilmiy faoliyatining maqsadlari va metodlariga olimlaming o‘zlari axloqiy nuqtai nazardan baho berishlari, axloqiy me’yorlami buzish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlardan voz kechishlari lozim. Olim o‘z tadqiqotlarining g‘ayriinsoniyligi va ulardan foydalanish uchun javobgarlikni to‘laligicha ishni buyurtma qilgan va unga haq to‘lagan ijtimoiy kuchlar, hukumatlar, firmalar yoki ayrim shaxslarga yuklashga haqli emas.
Albatta, yirik ilmiy kashfiyotning barcha oqibatlarini ham oldindan aqytib bo‘lmaydi. Ulami baholashda kelishmovchiliklar va xatolar bo 'lishi mumkin. Ilmiy tadqiqotning maqsadlari va metodlariga berilgan axloqiy baho ham bahsli bo'lishi mumkin. Ammo bu hoi bunday baholarni berish va ular uchun ijtimoiy javobgar bo ‘lish majburiyatini olimlar zimmasidan soqit etmaydi.
Olimlaming ijtimoiy mas’uliyati masalasi atom quroli yaratilishi munosabati bilan ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etdi. Endilikda fan yutuqlari ekologik yoki boshqa xil halokatlami keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har bir holda ushbu masala ko‘tariIadi. Hozirgi vaqtda olimlaming ijtimoiy mas’uliyati g‘oyasi umume’tirof etilmoqda.
Amalda fanni u yoki bu vazifalarga yo‘naltiruvchi ijtimoiy muhim masalalar yuzasidan uzil-kesil qaromi kamdan-kam holda olimlaming o‘zlari qabul qiladilar. Atom elektrostansiyasini yoki biron-bir gidrotexnika inshootini qurish o‘rinli bo‘ladimi? Sayyoralararo kosmik kemalami yaratishga misli ko‘rilmagan mablag‘lami sarflash arziydimi? Ajal urug‘ini sochuvchi yangi qurolni ishlab chiqishni moliyalashtirish kerakmi? Bunday masalalami hokimiyat tepasidagilar, aksariyat hollarda olimlar bilan maslahatlashmasdan va ularning tavsiyalarini e’tiborga olmasdan hal qiladilar. Bu yerda olimlaming ijtimoiy mas’uliyati prinsipi ular uchun muhim ijtimoiy-madaniy mo‘ljal bo‘lishi lozim. Agar hokimiyat organlari qabul qilgan qarorlar olimlar vijdonining da’vatiga zid bo‘lsa, ular bunday qarorlami bajarishda ishtirok etishdan bosh tortishlari va norozilik ovozini ko‘tarishlari lozim. Aks holda ular o‘z ishtiroki uchun ijtimoiy javobgar bo‘ladilar.
Biz yuqorida fan ustidan ijtimoiy nazoratni tilga oldik. Ammo ijtimoiy nazoratning o‘zi kifoya qiladimi? Axir rang-barang ijtimoiy kuchlar, shu jumladan, fanni insoniyatning bir qismiga foyda keltirish va boshqalarga zarar etkazishga qodir bo‘lgan natijalami olishga yo'naltiruvchi kuchlar ham bor-ku. Jamiyat va jamoatchilik fikrini bunday kuchlar boshqargan taqdirda, ijtimoiy nazorat ham ulaming qo‘liga o'tadi. Bu holda ular ilmiy izlanishlarning insoniyat uchun xayrli bo‘lmagan yo‘nalishlariga nafaqat monelik qilmaydilar, balki ulami o‘zlari rag‘batlantiradilar. qurollanish poygasi buning yorqin misolidir.
Olimlaming ijtimoiy mas’uliyati ijtimoiy nazoratni to‘ldiruvchi, jamiyat uni yo‘lga qo‘ya olmagan holda uning o‘mini bosuvchi omil bo‘lishi va jamiyat yoki boshqa biron-bir ijtimoiy kuch uni monopoliyalashtirgan va undan g‘ayriinsoniy maqsadlarda foydalangan hollarda unga qarama-qarshi kuchga aylanishi lozim.
Plagiat, izohli lug‘atlarda qayd etilishicha, lotincha (plagio) so‘z bo‘lib, «o‘g‘irlayman» degan ma’noni bildiradi. Bu biror badiiy, ilmiy asar yoki kashfiyot muallifi huquqlarini buzib, u yaratgan narsa, g‘oyalarni noqonuniy ravishda boshqalar tomonidan o‘zlashtirilishi — “o‘ziniki” qilib olinishi. Plagiat so‘zini ko‘chirmachilik va shunga yo‘l qo‘ygan kishi — plagiatorni ko‘chirmachi decak ham bo‘laveradi. Ko‘chirmachilar boshqa birovlarning aqli, shuuri, ilhomi samarasi bo‘lmish ilmiy g‘oyalar, proektlar, badiiy matnlar, musiqiy asarlarga «egalik» da’vo qiladilar, ularni o‘z nomlaridan chiqaradilar.
Ba’zilar buni taqlid deb, o‘zlarini oqlamoqchi bo‘ladilar.To‘g‘ri, taqlid — ko‘chirmachilik emas, o‘rganish, izlanishning bir bosqichi. Ammo san’at olamida, xususan, badiiy adabiyotda bir umr salaflari va zamondoshlariga taqlid yo‘lida ijod qilganlar plagiatordan uncha uzoq ketolmaydi. Nari borsa, ustozi asarlarining nusxasini yaratadi, xolos. Ilmda ham xuddi shunday. San’atda, turidan qat’i nazar, ijodkorning o‘zligi yaqqol namoyon bo‘lishi lozim. Shunda u yaratuvchi, ijodkor nomiga musharraf bo‘ladi.73

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish