Ilmiy tadqiqot metodologiyasi


Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovatsion xarakteri



Download 0,81 Mb.
bet108/159
Sana06.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#432172
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   159
Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovatsion xarakteri. “Kashfiyot”, “ixtiro” tushunchalari innovatsiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlikning asosi sifatida ushbu tushunchalar qatori uchun muhim bo‘lgan “yangi” va “ijod” tushunchalari chiqadi. Ushbu tushunchalar bilan birga qayd etiladigan barcha hodisalar u yoki bu darajada ijod mahsuli hisoblanadi. Zero, ular kreativ jarayonda yaratiladi, shakllanadi hamda ularning ajralmas tavsifi yangilik sanaladi. Tabiiy ravishda, kashfiyot, ixtiro, innovatsiya bir turdagi hodisalardir. Biroq ularning birinchisida individual-shaxsiy jihat, oxirgisida esa ijtimoiy-madaniy jihat hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
K.Fayndley va Ch.Lamsdenlar kashfiyot va innovatsiyaning tabiati haqida so‘z yuritib, shunday yozadilar: “Biz avval boshdan kashfiyot mezonlariga cheklovlar qo‘ymaymiz. Biroq u yangilik talablariga javob berishi va tanlovning sotsiomadaniy o‘lchoviga muvofiq bo'lishi zarur”39.
Bundan tashqari, ushbu mutaxassislar fikrlarida davom etgan holda: “Innovatsiya - jamiyat tomonidan muayyan darajada tan olingan har qanday kashfiyotdir. Kashfiyotni innovatsiya sifatida baholash uchun, uni translyasiya qilish imkoni mavjud boiishi zarur”40, deb yozadilar. Shunday qilib, kashfiyot-innovatsiya juftligida kashfiyot individualshaxsiy darajada mutlaqlikka yaqin boigan yuqori yangilik bosqichida amalga oshadigan kreativ jarayon mahsuli sifatida, innovatsiya esa, sotsiomadaniy darajada mutlaqlikka yaqin bo'lmasa-da, muayyan yangilik bilan amalga oshadigan kreativ jarayon mahsuli tarzida namoyon boiadi.
Ushbu hodisalar o'zaro aloqador va o'zaro ta’sirda bo'lsa-da, har qanday kashfiyot ham innovatsiya bo'la olmaydi. E.N.Knyazevaning ta’kidlashicha, ko'p hollarda kashfiyot o'zi uchun yangilik sifatida qoladi yoki cheklangan translyasiya doirasiga ega boiadi va kelgusi izlanishlar uchun zarur boigan lokal muhitnigina o'zgartiradi41. Biroq har qanday innovatsiya ham yangi kashfiyot bo'lavermaydi. Masalan, avval mavjud narsa, hodisalaming takomillashgan modifikatsiyasini yaratish bunga misoldir. LT.Balabanov kashfiyot va innovatsiyani qiyosiy tahlil qilgan holda, ulaming o'zaro farqlarini quyidagicha tavsiflaydi:
- “Kashfiyot, shuningdek, ixtiro ham qoida tariqasida fundamental darajada amalga oshiriladi. Innovatsiya esa, texnologik (amaliy) tartibda yaratiladi.
- Kashfiyot yakka ixtirochi tomonidan qilinishi mumkin. Innovatsiya esa, jamoa (laboratoriyalar, institut boiimlari) tomonidan ishlab chiqiladi va innovatsion loyiha sifatida amaliyotga joriy etiladi.
- Kashflyotdan foyda olish maqsadi ko 'zlanmaydi. Innovatsiya esa, doimo sezilarli darajadagi foyda olish, xususan, katta pul mablag‘lariga ega bo ‘lish, texnika va texnologiyaga qandaydir yanglikni joriy etgan holda mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish tan narxini pasaytirishga yo‘nalgan bo‘ladi.
Kashfiyot tasodifan sodir bo ‘lishi mumkin, innovatsiy esa, doimiy izlanish natijasi bo‘lib, uni qo‘qqisdan ishlab chiqlb bo‘lmaydi. Innovatsiya aniq maqsad va texnik-iqtisodiy asoslarni taqoza etadi”42.
Ixtiro, kashfiyot va innovatsiya o ‘rtasidagi o ‘ziga xos “oraliq” holatidir. Agarda, kashfiyot tabiatdagi avval ta’lum » bo’lmagan hodisalami aniqlash, innovatsiya bozor talablariga mvofiq bo‘lgan ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lsa, ixtiro esa, inson yaratuvchanlik faoliyatining turli texnik-texnologik mahsulotlarini ifoda etadi.
Mazkur tushuncha «kashfiyot≫ tushunchasi bilan o‘zro munosabatda amaliy xarakter, “ennovatsiya” tushunchasi bila esa, aksincha, ilmiy-tadqiqot charakteriga ega bo‘ladi. G. A. Krayuxin va L.F.Shaybakovalar bu borada shunday yozadilar: « kashfiyot tushunchasi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan uzviy bogliq, innovatsiya tushunchasi esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini amalda qo'llash bosqichida paydo bo‘ladi. Bu esa machsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlarining o‘zidagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi”43.
Ilmiy-ijodiy faoliyatning samarali mahsuli кашфиётдир. Илмий izlanish jarayonida moddiy dunyoning ilgari noma’lum бўлган объектив qonuniyat, xossa va hodisalanu ochishga кашфиёт дейилади. Шунинг uchun ham A.T.Shumilm “Ilmiy ijod bu kashfiyot ва ихтиро қилишдан iborat murakkab jarayondir”44, deb yozadi. Darhaqiqat, кашфиёт деганда борлиқдаги haligacha noma’lum bo‘lgan нарсани субъект томонидан bilishga aytiladi. Ayni shu ma’noda, ijodiy izlanish жараёнида муайян kashfiyotlar yuz beradi. Ulaming orasida eng muhimi илий кашфиётдир. Mazkur ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lishini ўрганувчи соҳа evristika deb ataladi. Darhaqiqat, ilmiy-ijodiy фаолият асосида tadqiqotchi muayyan kashfiyot ochishi mumkin. Агар топилган янги ғоя муаллиф томонидан илми асослаб берилса, у кашфиётга айланади.
Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyon bo‘lish shaklidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, kashfiyot o‘z ob’yektlari uch xil shaklda namoyon bo‘ladi. Bulaming birinchisi qurilma bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga ma’lum konstruksiya vositalari, qo‘rilmalarning uzel va detallari, ulaming joylashishi va o‘lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Ikkinchisi esa usul bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga texnologik jarayonlar, vositalar, echimlar va parametrlar taalluqlidir. Uchinchisi esa ishlab chiqarishga qoilash bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga ma’lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo‘yicha takliflar kiradi.
Ilmiy tadqiqot faoliyatida “yaratish”, “kashfiyot” va “ixtiro” kabilar muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Bunda yaratish ijodiy subyekt tomonidan ijod natijasini vujudga keltirishni anglatadi. Ixtiro - subyekt tomonidan narsa, hodisa, jarayonlaming obyektiv holatiga o‘ziga xos tarzda sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdir. Nazariya yaratish uchun tajriba asosida qoiga kiritilgan dalilami shunchaki jamlashning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun har doim muammoning mohiyatiga qaratilgan ixtirochilik layoqati zarur boiadi. Aksariyat ixtirolar sanoat ishlab chiqarishi yoki kundalik maishiy turmush talablaridan kelib chiqqan holda yaratiladi. Ayni shu ma’noda odamlar ehtiyojini qanoatlantirishning imkon qadar tejamkor yoilarini topgan insonni ixtirochi deb atash mumkin. Kashfiyot esa, kashfiyotchidan mustaqil ravishda mavjud bo ‘Igan narsa, hodisaning subyekt tomonidan anglab yetilishidir.
Ilmiy- tadqiqot jarayonida kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy ishning ichida eng taraqqiy etgan, o'zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega bo‘Igan va boshqalardan jiddiy farq qilgan unsurni ajratish demakdir. Ilmiy tadqiqot jarayonida odatda kashfiyot ilmiy ishning ichida berkinib yotadi, muallif uni ocha bilishi kerak boiadi. Kashfiyotni ochish berilgan obyektlar guruhidagi umumiy, foydali va yangi tomonlami topish va uning boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, ijobiy tomonlarini ko‘rsatib berish ilmiy-ijodiy faoliyatning negizini tashkil qiladi.
I.Saifhazarov, G.V.Nikitchenko va B.U.Qosimovlaming fikricha, “Ilmiy kashfiyot ilmiy ijodning muhim jihati boiib, u ilmiy tadqiqot obyekti haqida yangi sifatli axborot olish, yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalami aniqlash, fanning yangi sohalari haqida ma’lumotlar olishda namoyon boiadi”45. O‘zlarining mazkur yondashuvlari orqali mualliflar ilmiy kashfiyotni ijodning fandagi oliy ifodasi ekanligiga alohida e’tibor qaratadilar. Shu nuqtai nazardan, har qanday ilmiy yutuq yoki kashfiyot nafaqat muayyan predmet mazmuniga, balki metodologik jihatga ham egadir. Ilmiy-ijodiy faoliyatda qiziqarli va muhim dalillaming yangi manbalarini topish, kashf etish - olim ijodiy tafakkurining yorqin ko‘rinishi bo‘lib, ilmiy kashfiyot uning cho‘qqisini tashkil etadi.
Fanning ko‘p asrlik tarixi kashfiyotlar bilan uzviylikka ega. Ilmiy kashfiyotlar olimlaming dalillami tizimga solish va tasniflash borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga keladi. Darhaqiqat, “Olimlik og‘ir mehnat natijasidir. ...Alloh bergan ijodkorlik... bir foiz boisa, qolgan to'qson to‘qqiz foizi ijod va mashaqqatli mehnat natijasida amalga oshadi. Olimlik xislati kechayu-kunduz o‘ylovlar natijasi. Olimlik bu sinchkovliklar oqibati”46. Ilmiy kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni ta’riflashdan o‘tadi va bu vaziyatning echimini topish bilan yakunlanadi. Ilmiy-ijodiy faoliyat, biron-bir kashfiyot amalda qo‘llanilishi natijasida, ilmiy bilishning tegishli sohasi jadal sur’atlarda rivojlana boshlashini, texnikaning rivojlanishi fanda inqilob yasashini ko‘rsatadi. Bunday inqiloblaming eng kattasi XIX asrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham P. Sorokin “Faqat birgina XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklaming o‘zi oldingi asrlardagi kashfiyotlaming hammasini jamlagandan ham ko‘pdir”47, deb yozadi. Xususan, bu asrda 8527 ta kashfiyot amalga oshirilgan48. Shu o‘rinda internet so‘rovnoma natijasini taqdim etish mumkin. Dunyoning eng mashhur kashfiyotlari quyidagilar:

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish