Xulosalar. Har qanday ijodiy faoliyat, ilmiy tadqiqot ishining natijasi muayyan darajada inson manfaatlarini himoya qilish, insonga xizmat qilishni ko'zda tutishi uning ijtimoiy madaniy yo'nalishini o'zida namoyon etadi.
Ilmiy faoliyat ijtimoiy mas’uliyatni talab qiladi, zero, har qanday ixtiro jamiyat taraqqiyotini jadal rivojlanishiga munosib hissa qo'shishda o'z ifodasini topmog'i lozim.
Murosaga kelish olimlar hamjamiyatining o'ziga xos omili, ular munosabatini davom ettirishning asosiy ko'rsatkichidir.
Ilmiy va intellektual elita jamiyatning kam sonli kishilari to'plami bo'lib, ulaming g'oyalari insoniyat sivilizatsiyasining davomchilari sifatida namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |