Xulosalar. Ishlab chiqarishni axborotlashtirish va avtomat- lashtirish ishchilar va xizmatchilarga turli talablar qo‘yib, ularni bevosita ishlab chiqarish jarayonidan olib chiqadi va mazkur jarayon bilan bir qatorda turuvchi subyektlarga aylantiradi.
Inson shaxsining o'ziga xosliklarini namoyon etish uchun shart- sharoit va ijtimoiy erkinlikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratiladi. Bir kasbiy faoliyatdan boshqa kasbiy faoliyatga o‘tish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Mehnat ijtimoiy yoki shaxsiy zaruriyatga qarab o‘zgaruvchi jo‘shqin xususiyat kasb etadiki, bu standartlashtirilgan ommaviy ishlab chiqarishdan moslashuvchan, ya’ni ko‘p o‘zgaruvchi, iste’molchilarning ommaviy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishga o‘tishda muhim ahamiyatga egadir.
Adabiyotlar:
Mirаhmеdоv M., Tоhirоv M. Ilmiy tаdqiqоtlаr mеtоdоlоgiyasi - Tоshkеnt: Tеmir yo’llаri instituti nаshriyoti. 2012. 456 b
Shеrmuhаmеdоvа N.А. Ilmiy tаdqiqоt mеtоdоlоgiyasi.-Tоshkеnt: Nоshir, 2020. - 480 b.
13-Mavzu: Rаtsiоnаllik vа ilmiy tadqiqot mutаnоsibligi.
Mashg’ulot rejasi:
1. Ilmiy oqilonalikning shakllanish tarixi.
2.Oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi.
3. Yangi oqilonalikning cheksizligi.
Tayanch so’zlar: Ilmiy rаtsiоnаllikning shakllаnish tаriхi. Rаtsiоnаllikning mаzmuni. Rаtsiоnаllik mоdеllаri: induktivistik, dеduktivistik, evоlyutsiоnistik, tursimоn, rеаlistik, pаrаdigmаl mоdеllаr, fаnni tеmаtik tахlil qilish vа ilmiy tadqiqotgа аsoslаnuvchi mоdеllаr. Ilmiy rаtsiоnаllikning klаssik vа nоklаssik qiyofаsi. Yangi rаtsiоnаllikning chеksizligi. Оchiq vа yopiq rаtsiоnаllik.
1. Ilmiy oqilonalikning shakllanish tarixi. Ilmiy tadqiqot faoliyatida ratsionallik va irratsionallik. Obyektiv borliqni biz yaratmaganmiz, shu sababli biz borliqdan va uning obyektiv qonunlaridan kelib chiqib, o‘zimizning o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarimizni qondirishga qodir bo‘lgan o‘z «insoniy- lashtirilgan» tabiatimizni yaratamiz. Shu ma’noda biz dunyoga o‘z sezgilarimiz va aql-idrokimizni kiritamiz, lekin bunday kiritishni biz tabiat va amaliy harakatni aniq maqsadga muvofiq bo‘lgan, o‘zlash- tirilgan bilimlami hayotga tatbiq etish imkoniyatini beradigan tarzda amalga oshiramiz.
Bilish bilimsizlikdan bilimlilikka, bir bilimdan yanada chuqurroq bo'lgan boshqa bilimga o'tish sifatida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir-biri bilan bog ‘langan ko‘p sonli holatlar va jihatlardan tarkib topadi. Sezgilar va bilimning o‘zaro nisbati haqidagi masala xususida falsafa tarixida ikki nuqtai nazar - sensualizm va ratsionalizm mavjud bo‘lgan. Birinchi nuqtai nazarga ko‘ra, haqiqatning tagiga etishningbirdan-bir manbai va vositasi sezgilar hisoblanadi. J.Lokk sensualizm tarafdori bo‘lgan.
Jon Lokk (1632 - 1704) -bilishning empirik nazariyasi asoschisi, liberal ijtimoiy-siyosiy konsepsiya muallifi. Eng muhim asarlari: «Inson bilimi haqida tajriba», «Davlatni boshqarish haqida ikki risola», «Tarbiya haqida ayrim fikrlar» va h.k.
Lokk ta’limotining diqqat markazida ingliz empirizmi ruhida rivojlangan bilish nazariyasi turadi. Lokk ilgari surgan konsepsiya sensualizmga asoslanadi, inson bilimi to‘laligicha tajribadan keltirib chiqariladi. Lokk inson tafakkurida tug'ma g‘oyalar mavjudligiga bo'lgan ishonchni tanqid tig‘i ostiga oladi. Uning fikricha, aql toza taxta yoki oq qog‘oz (tabula rasa)ni o‘zida ifodalaydi. Bilishning birdan-bir manbai bo‘lib tajriba xizmat qiladi. Lokk ichki va tashqi tajribani ajratadi. Tashqi tajribani biz sezgi organlarimiz yordamida, ichki tajribani esa - o‘z tafakkurimiz (refleksiya) faoliyatini idrok etish yo‘li bilan o‘zlashtiramiz.
Lokk barcha sezgilami ikki turkumga - birlamchi sifatlar haqidagi g‘oyalar va ikkilamchi sifatlar haqidagi g‘oyalarga ajratadi. Birlamchi sifatlar - bu jismlarga xos sifatlar. Ular jismlaming o‘zida mavjud. Birlamchi sifatlarga ko‘lam, shakl, harakat va hokazolar kiradi. Ikkilamchi sifatlar sezgi organlari ta’sirida paydo bo‘ladi, ular jismlarda mavjud emas. Ikkilamchi sifatlarga rang, ta’m, hid va hokazolar kiradi.
Sezgilar va refleksiya yordamida olingan g‘oyalar bilish jarayoniga zamin yaratadi. Aql biriktirish, taqqoslash va mavhum- lashtirish yo‘li bilan sodda g‘oyalardan murakkab g‘oyalami yasaydi. /oyalar aniq va mavhum, haqiqiy va xayoliy, adekvat va noadekvat bo‘lishi mumkin. Bunda haqiqat g‘oyalaming voqelikka muvofiqligi sifatida tushuniladi.
Olz ijtimoiy-siyosiy ta’limotida Lokk, xuddi Gobbs kabi, jamiyatning tabiiy holatidan kelib chiqadi. Ammo u jamiyatni hammaning hammaga qarshi urushi deb hisoblamaydi, balki erkinlik va tenglik saltanati sifatida tasvirlaydi. Insonning tabiiy huquqlariga Lokk yashash huquqi, erkinlik va o‘z peshona teri bilan topilgan mulkka egalik qilish huquqini kiritadi. 0‘zini o‘zi asrashga intilish inson uchun tabiiydir, ayni shu sababli u xususiy mulkka egalik qilishi lozim, aks holda u o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondira olmaydi.
Boshqa tomondan, mulkdorlik mehnat va mehnatkashlik bilan, demakki, ijtimoiy boylikning ko‘payishi bilan ham uzviy bog‘liq.
Odamlaming davlat boshqaruviga o‘tishi va ijtimoiy shartno- maning tuzilishi, Lokk fikriga ko‘ra, tabiiy holatda huquqlarning mustahkam emasligi tufayli yuz beradi. Shu sababli bunda tabiiy huquqlar va tabiiy erkinlikdan butunlay voz kechish yuz bermaydi. Inson faqat ulami o‘z shaxsi va mol-mulkini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklaydi. Binobarin, oliy hokimiyat cheklan- magan bo‘lishi mumkin emas.
Mutlaq hokimiyatni cheklash uchun uni qonunchilik, ijro va federativ tarmoqlarga ajratish talab etiladi. Bu holda ular bir-biriga qaram bo‘lmaydi va shaxs huquqlarini ta’minlay oladi. Bunda qonunchilik hokimiyati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Cherkov davlat ishlariga aralashmasligi kerak, xuddi shuningdek, davlat ham cherkov ishlariga aralashmasligi lozim.
Lokk tarbiya konsepsiyasini ham ilgari surdi. Uning fikricha, jismonan kuchli va ma’naviy yetuk insonni shakllantirish uchun tegishli ijtimoiy sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak.
Lokk ta’limoti g‘arb ma’naviy hayotiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Uning ta’sirida Yevropada Ma’rifat davrining ijtimoiy-siyosiy tafakkuri shakllandi.
Ikkinchi nuqtai nazar tarafdorlari (Dekart, Leybnits, Gegel) fikriga ko‘ra, umumiy va zaruriy haqiqatlar faqat tafakkurning o‘zidan olinishi mumkin.
Ikkala nuqtai nazar ham tor, bir yoqlamadir. Bilish faoliyatining rivojlanish jarayoni hissiylik va ratsionallik bir-biri bilan bog‘langan va bir-birini taqozo etishini, o‘z faoliyat va rivojlanish jarayonida ular bir- biriga o‘tishini ko‘rsatdi.
Ammo hissiy va ratsional bilishning yagonaligi ulaming har birini o‘zining alohida ichki xususiyatlaridan mahrum etmaydi. Inson o‘zini qurshagan dunyo bilan o‘zaro aloqaga kirishganida uning sezgi organlari faoliyati hissiy bilish deb ataladi. Hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyati uning konkretligi va predmetli xususiyatida namoyon bo‘ladi. Hayot faoliyati jarayonida insonning sezgi organlari signal sistemasi sifatida amal qiladi. Uning yordamida inson mazkur mehnat jarayoni amalda mavjud bo‘lgan qaysi narsalar majmui bilan o‘zaro aloqada yuz berayotgan bo‘lsa, ayni shu narsalar majmuiga nisbatan konkret vaziyatga qarab mo‘ljal oladi. Bunda hissiy bilish birpn-bir umumiy bilim bermaydi, lekin konkret amaliy vazifalarni yechishda kishilar maqsadga muvofiq ish ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratadi. Hissiy bilishning asosiy shakllari - sezish, idrok etish va tasavvur qilish. Hissiy bilish bizni o‘zimizni qurshagan dunyo bilan bevosita bog‘laydi. U ko‘rgazmali xususiyat kasb etadi. Hissiy bilish hodisalar yuzasida nimalar yotishini, narsalaming, odatda, o‘zgaruvchan va tasodifiy bo‘lgan yuzaki tomonlarini aks ettiradi. Ammo inson samarali faoliyat ko‘rsatish uchun barqaror, zaruriy tomonlar va aloqalami aks ettiruvchi bilimlarga muhtoj bo‘ladi. Hissiy bilish bunday bilimlami bermaydi. Shunda inson tashqi dunyoni aks ettirishning oliy turi - nazariy yoki oqilona bilishga kirishadi.
2.Oqilonalikning noklassik va postnoklassik qiyofasi. Oqilona bilishda inson abstraksiya yordamida hodisalar va jarayonlarning ikkinchi darajali jihatlarini mavhumlashtiradi, ya’ni tashqi dunyoni va insonning о 'zini belgilovchi aloqalar, bog 'lanishlar va о ‘zaro aloqani anglab yetadi. Hissiy bilishdan farqli o‘laroq, oqilona bilish bilvosita, umumiy xususiyat kasb etadi. Ratsional bilish shakllari tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Ratsional bilish dunyoni bilishning tomonlaridan biri sifatida aql va tafakkur ko‘rinishida mavjud bo‘ladi.
Aqliy faoliyat — bu fikr shakllari bilan aniq belgilangan sxema, andozaga muvofiq ish ко ‘rish. Aql yaxlit bir butun narsalami bir-birini istisno qiluvchi qarama-qarshiliklarga ajratadi. Aql faoliyati nazariy fikrlash uchun zarur. Aql-idroksiz fikr mujmal va nomuayyan bo‘ladi. Aql nazariyani formallashtirilgan tizimga aylantirishga harakat qiladi va fikrlash jarayoniga tizimli, izchil tus beradi.
Aql-idrokdan farqli o‘laroq, tafakkur tushunchalar bilan ulaming mazmuni va tabiatini anglagan holda ish ko‘radi. Tafakkur yordamida hodisalar, jarayonlar ijodiy faol, izchil aks ettiriladi. U - bunyodkorlik faoliyati, inson ehtiyojlari va mohiyatiga muvofiq keladigan dunyoni yaratish quroli.
Do'stlaringiz bilan baham: |