Inson bilimi - hissiy va ratsional faoliyatning birligi. Ushbu bilim cho‘qqilaridan turib obyektiv borliq anglab etiladi, uni oqilona o‘zgartirish yo‘llari belgilanadi. Shu bilan bir vaqtda bilim ba’zan tafakkurning yaratilgan shakllari chegarasidan chetga chiqadi, uni ma’lum tushunchalar yordamida tushuntirishning iloji bo‘lmaydi, ya’ni u irratsional unsurlami o‘z ichiga oladi.
Irratsionallik - aql bilan bilish mumkin bo ‘Imagan, mantiqiy fikrlashga muvofiq kelmaydigan narsalar va hodisalar. Unga mantiqni o‘zgartirish, uni fikrlashning yangicha shakllari bilan boyitish yo‘li bilan barham beriladi. Ammo irratsional bilimni oqilona bilimga aylantirish jarayoni hech qachon tugamaydi. Irratsional qoldiq hamisha mavjud bo‘ladi va bir irratsional narsa yoki hodisa oqilona tus olsa, albatta, boshqa bir irratsional narsa yoki hodisa paydo bo‘ladi, inson fikri uning tafakkuriga ma’lum bo‘lmagan yangi tushunarsiz narsa yoki hodisa bilan to‘qnashadi. Ayni shu sababli oqilona narsalar va hodisalargina o‘zgaradi, katta aql esa o‘zi kabi katta qarama-qarshilik bilan to'qnashadi va uni yaratadi. Irratsionallikning mavjudligini inkor etish yaramaydi. Tabiat va ijtimoiy hayot dunyoning oqilona yaratilgan manzaralaridan birortasining ham doirasiga sig'maydi va har qanday aql tarixan cheklangan xususiyat kasb etadi.
Hayotning oqilonalashuvi. O.Kont davridan boshlab hozirgi zamon jamiyati nazariyasida olamshumul o‘zgarishlar yuz berdi, lekin bosh g‘oya - ilmiy bilimning alohida roli o‘zgarishsiz qoldi.
S.Xantington hozirgi davr jamiyatlarini urbanistik, industrial, savodli jamiyatlar sifatida tavsiflaydi. U bunday jamiyatlar qatoriga G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika jamiyatlarini kiritadi. «Hozirgi zamon» bu yerda g'arb jamiyatlari bilan metafizik jihatdan emas, balki faqat tarixan boglangan bixevioral tizimi sifatida tavsiflanadi. Siyosiy va ijtimoiy faollikka qodir bo‘lgan, har kimning boylik va yuksak mavqega mustaqil erishishga bo‘lgan huquqini tan oladigan mustaqil fikrlovchi individualist hozirgi davr mahsuli hisoblanadi. U o‘zgarishlarga va yangilikni idrok etishga ruhiy moslashuvchanlik, tafakkuming oqilonaligi, fan va tibbiyot kuchiga bo‘Igan ishonch, yo‘l tanlash qobiliyati - o‘z taqdiri xususida mustaqil qarorlar qabul qilishga qodirlik, individualizm, o‘z shaxsiyatini namoyon etishga intilish, siyosiy masalalarga qiziqishning kuchliligi, siyosiy qarashlami shakllantirish va himoya qilishga moyillik bilan tavsiflanadi. Hozirgi davming bosh omillari sifatida ijtimoiy hayotning oqilonalashuvi va formallashuvi amal qiladi. Ushbu jarayonlar huquqning alohida rolida va demokratik o'zini o‘zi boshqarishda namoyon bo‘ladi. Ilmiy fikrlash hamda fanning alohida roli siyosiy institutlami qo‘llab-quwatlashga ko‘makIashadi. Ma’rifat davri ideallari shuni nazarda tutadi. Ma’rifatchilar fuqarolami fanning eng yangi yutuqlariga oshno etishni siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotning bosh omili deb hisoblaganlar. 0‘sha davrda ilk ensiklopediyalami nashr etish yo‘li bilan barcha ilmiy bilimlami birlashtirishga katta e’tibor berilgani tasodifiy bir hoi emas.
Shunday qilib, tilda o‘z ifodasini topgan noaniq bilim bilan bir qatorda jamiyatni shakllantiruvchi, ijtimoiy voqelikni' yaratuvchi va belgilovchi aniq bilimning alohida turi ham mavjud, degan xulosaga kelish mumkin. Nazariy va empirik, nazariy va kundalik, ilmiy va taxminiy, chuqur va yuzakiga ajratish mumkin bo'lgan inson bilimlari majmuida alohida epistemik fenomen - ijtimoiy relevant konstruktiv bilim farqlanadi. Ushbu bilim nazariya va amaliyot, fan va dunyoqarash elementlarini, tushuntirish va mentallik me’yorlarini o‘zida birlashtiradi. Mazkur epistemiologik fenomen ijtimoiy amaliyotni belgilovchi diskursiv birlikni o‘zida ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |