FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.
1. Sh.Mirziyoyev. “Oliy Majlisga Murojaatnomasi”, 29.12.2020y.
2. E.A.Baydaulet. “Islom moliya asoslari”, “O’zbekiston” Toshkent 2019y.
3. B.Jurayev. (tarj.) “Islomiy moliya va bank tizimi”, “O’zbekiston” Toshkent 2019y.
4. R.I.Bekken. “Islom iqtisodiy modeli va zamon”, “O’zbekiston” T
oshkent 2019y.
5. Ahmadjonov, A Abdullayev, M Mamayusupov, O Umarjonov. (2021). Raqamli iqtisodiyotda
boshqaruv muammolari. Science and Education, 2(10), 636-642.
6. AA, Mulaydinov Farkhod Muratovich. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI,
AFZALLIKLARI VA AMALIY AHAMIYATI.
АХБОРОТКОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА
ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЯЛАРНИНГ ЗАМОНАВИЙ МУАММОЛАРИ ВА ЕЧИМЛАРИ ОНЛАЙН
РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ
-
ТЕХНИК АНЖУМАНИНИНГ МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ, 2 (6), 794
7. A Abdullaev. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT - KADRLAR TAYYORLASHNING DOLZARB
MASALALAR
O`ZBEKISTON BANK TIZIMIGA ISLOM MOLIYASINING
BOSQICHMA-
BOSQICH KIRIB KELISHI MASALALARI
Kenjaeva Durdona Ravshan qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,
Magistratura bo`limi, 2-bosqich talabasi
Islomiy bank tizimini tatbiq etish masalasi yurtimiz tadbirkorlari tomonidan uzoq
yillar davomida yechimini kutayotgan vazifalardan biri sanaladi.Sababi Islomiy bank tizimi
dunyoning boshqa davlatlarida an`anaviy bank tizimiga nisbatan muqobil tizim sifatida
tanildi. Tijorat banklaridan farqli ravishda, islom banklar foyda va zararni teng taqsimlash
orqali tadbirkor va ishbilarmonlarni e`tiborini tortdi. Ushbu tizim o`zining adolatliligi ,
moliyaviy inqirozga uchrash darajasining pastligi bilan nafaqat musulmonlarni balki boshqa
din vakillarini ham o`ziga tortdi.
Bugungi kunda jahonda islomiy moliya, islomiy bank, islomiy sug`urta, islomiy fond
birjasi o`z faoliyatini muvaffavqiyatli amalg oshirib kelmoqda. Moliyaning asosini bank tizimi
tashkil etgani bois, bank xizmatlari tizimida yangi mahsulotlarni, amaliyotlarni joriy etish,
aholining bank tizimiga bo`lgan ishonchini oshirish, adolat, halollik mezonlari va shu
jumladan, musulmon dini vakillarining bank xizmatlaridan foydalanishlarida ribodan voz
kechish vaqti keldi deb hisoblayman.
Tijorat banklarida islomiy bank xizmatlarini joriy etish va tijorat banklarini islomiy
bankka o`zgartirish bilan bog`liq masalalarni Abu Homid Ghazzali, Sayyid Manazir G`iloniy,
Muhammad Umar Chapra, Yusuf Kharzoviy, Taqi Usmoni,
251
Aleksandr Valters, Lone A., Al-
Shehri, Muhammad Tariq Majeed, Noor Ahmeed Memon, Baydaulet Yelan, Renat Bekkin
252
va
boshqalar ilmiy ishlarida o`rganib chiqqan. O`zbekistonda yurtimiz olimlaridan Shayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “ Qarz va unga bog`liq
masalalar”, “Tafsiri hilol”, “Bozor
va unga bog`liq masalalar” kabi asralarida islomiy bank xizmatlariga oid ma`lumotlar
keltirilgan.
253
Hozirgi kunda esa H.Hasanov, H.Nusratxodjaev, K.Turayev, M.Husniddinov kabi
yosh izlanuvchi va Islom moliyasi sohasida dunyo tashkilotlarida ta`lim olgan, ish faoliyatini
olib borgan, tajribaga ega mutaxassislar seminar treninglar orqali, ijtimoy tarmoq vositalari
yordamida aholi uchun islom moliya tizimi instrumentlari sanalmish murobaha, mushoraka,
salam, ijara, g`orar, SPV, mudoraba, ribo, sukuk turlari haqida ma`lumotlar berib
borishmoqda. Ushbu maqola yozilishida shu jumladan so`nggi yillarda(2021-2022) yozilgan
islom moliyasiga oid I.Amanbayev,A.Tursunovlarning ilmiy ishlaridan o`rganishlar olib
251
Mufti Muhammad Taqi Usmani.
An Introduction to Islamic Finance.
–
2002.
252
Беккин
Р
.
И
.
Исломий
суғурталаш
(
такофул
):
ўқув
қўлланма
/
Қозон
:
Қозон
университети
, 2012.
–
140-
б
.
253
Шайх
Муҳаммад
Содиқ
Муҳаммад
Юсуф
.
Тафсири
Ҳилол
.
–Тошкент: «Шарқ» НМАК
, 2012.
402
borilgan. Mamlakatimizda bu boradagi ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar hali yetarli darajada
bo`lmagani sababli, islom moliyasiga doir atamalar aksariyatimizga yangi tushuncha
hisoblanadi. Ammo so`nggi yillarda islom moliyasiga qiziqish ortib bormoqda. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29-
dekabr kuni Oliy Mjlisga yo`llagan Murojaatnomasida “
Mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo`yicha huquqiy bazani yaratish
vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa moliya tashkilotlar
i jalb etiladi”,
degan so`zlari Islom moliyasini O`zbekiston bank-moliya tizimiga olib kirishda imkoniyatlar
yaratilishidan darak berdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, islom moliyasining joriy
etilishi budjetga qo`shimcha 100 mln AQSh dollari daromad keltirishi mumkin.Infratuzilma,
me`yoriy-huquqiy asos, omonatlarni himoya qilish tizimi sustligi, fiskal, soliq va boshqa
majburiy to`lovlar bilan bog`liq to`siqlar O`zbekistonga Islom moliyasini tatbiq etishga
to`sqinlik qilmoqda.
Ammo ilk qadamlar qo`yilganini Islom Taraqqiyot banki guruhi tomonidan imzolangan
shartnomalar sonining ortib borayotganidan bilish mumkin:
-Moliya vazirligi 100 mln AQSH dollari;
-
ATB “Qishloqqurilishbank” 10 mln AQSH dollari;
-
ATB “Mikrokreditbank” 30 mln AQSH dollari;
-
ATB “Turon bank” 35 mln AQSH dollari;
-
ATB “Aloqa bank”15 mln AQSH dollari;
-
AITB “Ipak yo`li bank”15 mln AQSH dollari miqdoridagi shartnomalar.
ATB “Trast bank” islomiy
-moliyaviy xizmatlar ko`rsatish bo`yicha dasturiy ta`minotni
o`rnatish maqsadida Iordaniyaning “ICS FINANSIAL SYSTEM” Ltd kompaniyasi bilan bitim
imzoladi
254
.
Islom moliyasi tizimining kelib chiqish tarixi deyarli 15 asrlik muddatni qamrab oladi.
Islom moliyasi bugunga qadar 7 ta davrni bosib o`tdi. Payg`ambarimiz Muhammad Mustafo
(s.a.v.) davrlaridanoq pul munosabatlarida halollik, adolat mezonlariga rioya etishga jiddiy
qaralgan. Zero, savdoda baraka bor degan gap bejiz emas. Ammo vaqtlar o`tishi, sivilizatsiya
natijasida hozirgi kunda amal qilinayotgan an`anaviy bank-moliya tizimi nisbatan ilgarilab
ketdi. Ammo O`zbekiston kabi aholisining 90% ortig`i musulmonlardan iborat davlat uchun
islomiy bank xizmatlari talabi hali qondirilmagan. Bunga bir necha sabablarni keltirish
mumkin:
- Islom moliyasini tashkil etishda yetarli qonunchilikning mavjud emasligi, ya`ni islom
moliyasi ham, an`anaviy bank tizimi ham pul muomalasi bilan bog`liq xizmatlarni ko`rsatsa-
da, ba`zi amaliyotlarini rad etadi. Masalan, ribo va g`orar
-Islomofobiya. Ushbu moliya tizim terrorizm va ekstrimizmga aloqador degan noto`gri
va salbiy qarashlarning mavjudligi;
-Yetarli, malakali Islom moliyasi bo`yicha kadrlarning mavjud emasligi.
-Firibgarlik xatari. Islom moliyasi tizimi joriy etilganda soxta moliyalahtirish tizimlari
vujudga kelishi va aholi ishonchini yo`qotish xavfi mavjudligi va boshqalar.
O`zbekiston aholisining aksar qismi musulmonlardan tashkil topgani uchun mamlakat
hududida islomiy moliya xizmatlarini joriy etish muvaffavqiyatli bo`lishi kutilmoqda. Bu bilan
bir qator ijobiy o`zgarishlar vujudga keladi:
-
aholining “yostiq ostida asrayotgan” pullari muomalaga chiqishni boshlaydi;
-
ribo ishtirokisiz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin, insonda “gunoh” dan
tiyilish hissi paydo bo`ladi;
- foyda ham, zarar ham teng taqsimlanadi, tijorat banklari zarar ko`rmaslik maqsadida
tadbirkor uchun “jon kuydiradi”, banklarning sof foyda miqdori oshadi, tadbirkorlar soni
ortadi.
254
Islom moliyasi telegram kanali (04.11.2022 yil soni)
403
Do'stlaringiz bilan baham: |