YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI DOIRASIDA FOND BOZORI
SALMOG‘INI MAMLAKAT IQTISODIYOTIDA OSHIRISHDAGI DOLZARB
MUAMMOLAR VA ULARNI TARTIBGA SOLISH MASALALARI
G.
G’
. Mahkamova -
Toshkent moliya instituti
Ma’lumki, fond birjasi –
investorlar qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan aksiyalarni,
obligatsiyalarni, derivativlarni, fond indekslarini va boshqa moliyaviy vositalarni sotib
olishlari va sotishlari mumkin bo‘lgan bozordir. Bu –
moliyaviy bozorning eng kuchli
komponentidir. Shunin
gdek, u iqtisodiyotning sog‘lig‘ining o‘lchovi va jahon iqtisodiy
kuchining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababdan fond bozori faoliyatini
kengaytirish va uning o‘rnini mamlakat iqtisodiyotida oshirish davlatimizda dolzarb
masalalardan biri
bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi rivojlanayotgan mamlakat sifatida aynan jahon tajribasida
ijobiy baholangan fond bozorini rivojlantirish va iqtisodiyotning bir bo‘lagi hisoblangan
moliya bozori salmog‘ini oshirish maqsadida, 2022
-yil 28-yanvarda
gi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining PF-60-
sonli “2022
-
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida”gi Farmonining III bob 27
-maqsadi
doirasida, fond bozori salmog‘ini mamlakat iqtisodiyotida oshirish belgilangan bo‘lib, unga
24
ko‘ra, kelgusi besh yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSH dollaridan 7 milliard
AQSH dollariga yetkazish reja qilingan
18
. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda kapital harakatini
bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni
(aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish va davlat ulushiga ega tijorat
banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida
xususiy sektor ulushini 60 foiz
gacha yetkazish rejalashtirilgan. Fikrimizcha, bu borada ilg’or
xorij tajribalarini milliy moliya bozorida qo’llash imkoniyatlarini tahlil qilish muhim
hisoblanadi
Bugungi kunda jahon mamlakatlarining qimmatli qog‘ozlar bozori holatini tadqiq
qiladigan bo‘
lsak, yer sharidagi eng yirik fond birjasi hisoblangan New York Stock Exchange
(NYSE)da 2022-
yilning yakunlariga ko‘ra birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan 2
600ga
yaqin aksiya emitentlarining umumiy bozor kapitallashuvi 39,00 trillion AQSH dollariga
yetgan. 2022-
yil davomida Birjaning kunlik (1H) o‘rtacha aylanmasi 38,8 million AQSH
dollarini tashkil etmoqda
19
. Bitimlar hajmi bu qadar yuqori bo‘lishi juda ko‘plab faktorlarga
bog‘liq bo‘lib, savdo platformalarida moliyaviy instrument turlari juda xilma
-xil. Bundan
tashqari, birja investitsion fondlari ham tashkil etilgan hamda birja indekslari savdolari aktiv
yo‘lga qo‘yilgan. Derivativ turlari ham ko‘p bo‘lib ularning salmoqli qismni opsionlar tashkil
qilmoqda. Shu bilan birga bugungi kunda islom moliyasi instrumentlari savdosi amalga
oshiriluvchi savdo maydonlari ham yaratilgan bo‘lib, investorlarning talablaridan kelib
chiqqan holda barcha sharoitlar joriy etilgan. Barcha savdolar uchun onlayn platformalar
jahon talablariga javob beradigan tarzda ishlab chiqilgan, bitimlar T+0, T+1 rejimida amalga
oshiriladi.
Qo‘shni davlatlar fond bozorlaridan Qozog‘izston Respublikasining Qozog‘iston fond
birjasi (KASE) ham bugungi kunda tez sur’atlarda rivojlanayotgan birjalardan biri hisoblanadi.
2022-yil yakunla
riga ko‘ra birjaning umumiy bozor kapitallashuvi 45,9 milliard AQSH
dollarini tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi umumiy bozor kapitallashuviga
nisbatan 26,4%ga pasaygan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan birja Markaziy Osiyodagi eng
yirik birja
maqomini saqlab qolmoqda. Sababi, KASE o‘zida valyuta va fond birjalarini
birlashtirgan bo‘lib, uning bitimlari soni va hajmi ko‘rsatkichlari oshib borishida ushbu omil
katta rol o‘ynaydi. Birjada aksiya, obligatsiyalar, davlat qimmatli qog‘ozlari, xorijiy
valyuta va
valyutaviy svoplar, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar, KASE indeksi kabi moliyaviy instrumentlar
savdolari amalga oshiriladi. Ushbu instrumentlarning xilma-xilligi mamlakatning investitsion
jozibadorligini oshirib, fond bozori faoliyatini yanada o‘sishiga sabab bo‘lmoqda.
Jahon birjalari yoki qo‘shni davlatlarning fond birjalari bilan taqqoslaganda
O‘zbekistonning yagona fond birjasi hisoblangan “Toshkent” Respublika fond birjasi (keyingi
o‘rinlarda “Toshkent” RFB yoki Birja) u qadar keng ko‘lamdagi
moliyaviy instrumentlarni
investorlar uchun taklif qilmaydi. Birjaning faoliyati asosan aksiyalar va obligatsiyalar savdosi
hamda davlat tasarrufidagi korxonalarni xususiylashtirish uchun kelishilgan auksion savdo
platformalari taklifidan iborat hisoblanadi. Taraqqiyot strategiyasida ham fond bozori
aylanmasini yangi instrumentlarni bozorga olib kirish bilan emas, balki davlat korxonalarini
jadal xususiylashtirish yo‘li bilan oshirish maqsad qilib qo‘yilgan. Shuni ham ta’kidlash joizki,
qimmatli qog‘ozlar
savdolarini amalga oshirish uchun sharoit yaratib beruvchi tashkilot
sifatida, fond birjada davlat qimmatli qog‘ozlari savdolarini ham amalga oshirilishi maqsadga
muvofiq bo’lar edi.
Shunday bo’lsada, “Toshkent” RFBning savdo aylanmalari statistikasiga na
zar soladigan
bo‘lsak, yildan
-
yilga ushbu ko‘rsatkich natijalari oshib borayotganini ko‘rish mumkin (1
-
rasm).
18
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 28-yanvardagi PF-60-
sonli “2022
-
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘gʻrisida”gi Farmoni
19
www.nyse.com
–
Nyu York fond birjasi rasmiy veb-
sayti ma’lumotlari.
25
Ma’lumotlarga ko’ra, 1994
-
yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan “Toshkent” RFB
aylanmasi oxirgi besh yil davomida sezilarli darajada oshib, 2022 yi
l yakunlari bo‘yicha 114 ta
emitentning 36,15 mlrd dona qimmatli qog‘ozlari bilan jami 4,82 trillion so‘mlik (429,25
million AQSH dollari miqdorida) 80 723 ta bitim tuzilgan. 2022 yilda tuzilgan bitimlar soni va
hajmi o‘tgan yillar ma’lumotlariga nisbatan
mos ravishda quyidagicha oshgan:
- 2018 yil - +487,08% va +600,74%;
- 2019 yil - +145,99% va +997,54%;
- 2020 yil - +123,85% va +733,04%;
- 2021 yil - +12,92% va +282,08%.
Do'stlaringiz bilan baham: |