Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq


-bob. “Startap” loyihalarni tasdiqlash tartibi



Download 143,66 Kb.
bet6/10
Sana03.03.2022
Hajmi143,66 Kb.
#480215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
133 09.03.2020 (1)

2-bob. “Startap” loyihalarni tasdiqlash tartibi
7. Buyurtmachi “startap” loyihalarga bir yilda kamida ikki marta e’lon beradi. E’lon shartlari, yo‘nalishlari hamda loyihalarni topshirish muddatlari Buyurtmachining rasmiy saytida va zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Loyiha hujjatlarini qabul qilish ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Loyihalar bo‘yicha hujjatlar talabnoma beruvchi tomonidan e’lon talablariga ko‘ra tayyorlanadi va topshiriladi.
8. “Startap” loyihalar tanlovida tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari, innovatsion markazlar, xususiy kompaniyalar va jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
9. “Startap” loyihalar ekspertizasi quyidagicha uch bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich — taqdim etilgan talabnomalarning tanlov shartlariga mosligi yuzasidan o‘tkaziladigan texnik ekspertiza;
ikkinchi bosqich — texnik ekspertizadan o‘tgan “startap” loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi;
uchinchi bosqich — birinchi va ikkinchi bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan “startap” loyihalarni ilmiy-texnik kengash tomonidan ekspertizadan o‘tkazish, ilmiy-texnik kengash majlisida ko‘rib chiqish va baholash.
10. Texnik ekspertiza ishchi organ tomonidan o‘n ish kuni ichida o‘tkaziladi.
Texnik ekspertizadan o‘tgan “startap” loyihalar besh ish kuni ichida moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Buyurtmachining Moliyaviy-iqtisodiy va texnik ekspertiza bo‘limiga beriladi.
“Startap” loyihalar bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza besh ish kuni ichida o‘tkaziladi.
11. “Startap” loyihalar bo‘yicha ekspertiza o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan maxsus ilmiy-texnik kengash shakllantiriladi.
Ilmiy-texnik kengash tarkibiga innovatsion tadbirkorlik, moliya va iqtisodiyot sohasida yuqori salohiyatli tadbirkorlar, olimlar, ekspertlar, vazirlik va idoralar vakillari kiritiladi.
12. Har bir “startap” loyiha ilmiy darajaga yoki tadbirkorlik tajribasiga ega bo‘lgan ikkita mustaqil ekspertlar tomonidan o‘n ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Ekspertlar tarkibi ilmiy-texnik kengash tomonidan belgilanadi. “Startap” loyiha ijrochisining o‘zi ishtirok etgan loyihada ekspert bo‘lib ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. Taqdim etilgan “startap” loyihalar ekspertlar tomonidan 100 ballik shkala asosida baholanadi. “Startap” loyihalarni baholash mezonlari va metodikasi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
14. Ekspertlar tomonidan berilgan xulosa o‘n ish kuni ichida ilmiy-texnik kengashda o‘zaro ochiq muhokama shaklida ko‘rib chiqiladi.
15. Talabnoma beruvchi (talabgor) ilmiy-texnik kengash majlisida “startap” loyiha taqdimoti bilan ishtirok etadi.
16. Ilmiy-texnik kengashda “startap” loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
loyihaning innovatsionligi — avval qo‘llanilmagan texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkil etish prinsiplari yoki avval ishlab chiqarilmagan mahsulotning yangi qo‘llanilish darajasi;
loyihaning investitsiyaviy jozibadorligi — qo‘shimcha daromad keltiradigan hamda uni amalga oshirishda investitsiyalar xavfini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion sharoitlar va afzalliklar yig‘indisi;
intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqning muhofazalanganligi — muhofaza hujjatlari, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq komplekti va/yoki mahsulotning (texnologiyaning) texnik reglamenti, sinov o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar yoki mahsulotning tajriba nusxasi mavjudligi;
loyihaning resurs bilan ta’minlanganligi — loyihani texnik amalga oshirish imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, xodimlar, muhofaza hujjatlari mavjudligi va boshqalar);
loyihani amalga oshirish samaradorligi;
loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosadigan ilmiy hajmdor mahsulotlarni olishni tashkil qilish istiqbollari.
17. Ilmiy-texnik kengash ekspert xulosalari va ochiq muhokama natijalari asosida “startap” loyihalarni moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik yuzasidan qaror qabul qiladi.
18. Ilmiy-texnik kengash qarorlari va xulosalari ilmiy-texnik kengash yig‘ilishi bayoni shaklida rasmiylashtiriladi hamda ilmiy-texnik kengash kotibi tomonidan imzolanadi va uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
19. Ilmiy-texnik kengash a’zosi baholash jarayonida ko‘pchilikning fikriga qo‘shilmasa, o‘zining alohida fikrini bildirishga haqli. Ilmiy-texnik kengash a’zosining alohida fikri yig‘ilish bayonnomasiga kiritiladi.
20. Ilmiy-texnik kengash ekspertizasining natijalari ishchi organ tomonidan besh ish kuni davomida kollegial organga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Kollegial organ “startap” loyiha to‘g‘ri va xolis ekspertizadan o‘tkazilganligini tekshirish maqsadida qo‘shimcha ekspertiza tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Qo‘shimcha ekspertiza o‘tkazish tartibi kollegial organ tomonidan tasdiqlanadi.
21. Kollegial organ har bir “startap” loyihani ilmiy-texnik kengash raisi yoki uning o‘rinbosari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Kollegial organ tomonidan “startap” loyihani moliyalashtirish yoki moliyalashtirmaslik to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadi va Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
22. “Startap” loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha kollegial organ majlisida munozarali holat yuzaga kelsa, “startap” loyiha ilmiy-texnik kengash raisi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashiga (keyingi o‘rinlarda Jamoatchilik kengashi deb ataladi) ko‘rib chiqishga kiritilishi mumkin.
23. Jamoatchilik kengashi bir oy muddat ichida “startap” loyihani moliyalashtirish yoki moliyalashtirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Jamoatchilik kengashining qarori tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Download 143,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish