O`rikni quritish texnologiyasi
Respublikamizning iqlim sharoitining harorati yuqori, xavo namligi past bo’lishi va o'rikni oftobda quritish uchun qulay bo’lib hisoblanadi. Oftobda quritilgan mahsulot, sun’iy quritilganiga nisbatan sifati bo’yicha juda yuqori baholanadi.
O’rik respublikamizda etishtiriladigan mevalar ichida hushta’mligi, to’yimliligi hamda vitiminlarga boyligi bilan ajralib turadi. Biroq uzoq saqlanmasligi hamda ortish-tushirish ishlariga chidamsizligi tufayli yangiligida iste’mol qilinishi mumkin. Uni quritib ham iste’mol qilinadi. Shuning uchun respublikamizda etishtiriladigan o’rikning asosiy qismi quritiladi.
O'rik va mevani oftobda quritish uchun ochiq joyda maxsus jixozlangan quritish maydonlarini tayyorlash zarur. Quritish maydonlarini to’g’ri tanlash mahsulot tannarxining pasayishiga hamda mahsulot sifatining yaxshilanishiga ta’sir etadi. Quritish punktlari bog’larga yaqin joyda tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |