«Innovatsiya» so'zi ingliz tilidan kelib chiqqan, uning tarjimasi yangilanish, о‘zgartirish, yangilik kiritish degan та ’noni bildiradi. Innovatsiya fenomeni o‘zining
evristik asosiga ko‘ra, birinchidan, yangilikka yo‘nalgan, ya’ni madaniyat yangiliklarini ocliishga qaratiladi, ikkinchidan, u ijtimoiymadaniy hodisa sifatida madaniyatning bugungi kunini ham aks ettiradi. Innovatsiya subyektning kreativ-nazariy va predmetli amaliy faoliyatining mahsuli sifatida ham talqin etiladi. LT.Balabanov ta’kidlashicha, ≪Innovatsiya - yangi texnika yoki texnologiya, mehnat ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va boshqaruv, shuningdek, nazorat, hisob-kitob, rejalashtirish uslublari, tahlil va boshqalarni tashkil etishning yangi shakllariga mablag‘ kiritish orqali erishilgan
moddiylashgan natij adir ≫.
Zamonaviy adabiyotlarda innovatsiya jarayonining uch komponenti mavjud. Bulardan birinchisi, subyektli, kreativ (ijod), amaliy (mehnat) komponentlar alohida o’rganiladi. Jumladan, ma’lum bo’ladiki, hozirgikunda ijod madaniyatida mehnatning ahamiyati ortib, u kreativ xarakter kasb etmoqda, yangilikni obyektivlashning ijtimoiy madaniy modeli sifatida innovatsiya namoyon bo’lmoqda. Chunki zamonaviy ijtimoiy-madaniy ijodning o‘ziga xosligi kommunikativ innovatsiyalar bilan belgilanadi. Uning madaniyatda keng qo‘llanilishi esa ijtimoiy-madaniy tizimning virtuallashuvi va globallashuviga olib keladi. Bugun innovatsiya texnikaviy-iqtisodiy chegaralardan o‘tib madaniyatning turli jabhalarida ham keng qo‘llanilmoqda. Bu holat ilmiy-ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lgan fanda ham yorqin namoyon bo‘lmoqda. Hozirda innovatsiyaga ilmiy-tadqiqot faoliyatining bosh manbai sifatida qaralmoqda. Ma’lumki, innovatsiya murakkab ijtimoiy-madaniy fenomen. Innovatsiya ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida madaniyatning barcha tendensiyalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shuningdek, innovatsiya yangilikka yo‘naltirilgan fenomen sifatida o‘zi bilan madaniyat kelajagini belgilab beradigan evristik g‘oyalarga asoslanadi.
Novatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Ilmiy-ijodiy faoliyatga xos bo ‘Igan novatsiyalar nazariy va empirik jihatdan yangicha sifatli holatga o'tish, eskirib qolgan qoida, vaziyat va ahamiyatlarni qayta ко‘rib chiqish bilan bog'liq. Novatsiya ilmiy-tadqiqot faoliyati asosida to‘plangan tajriba va yangiliklarning dinamik birligini saqlagan holda, insoniyat hayotining turli sohalariga oid yangiliklami maqsadli yo‘naltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, u vorisiylik tamoyiliga rioya qilgan holda erkin tarzda yangi nazariyalami yaratishda ham metodologik ahamiyat kasb etadi.
Demak, nazariy va empirik yangiliklar yig‘indisi ilmiy-ijodiy faoliyatdagi innovatsiya va novatsiyalaming yaxlitligini tashkil etadi. Yangilik kiritish ichki mantiq va yo'nalishlarga ega bo‘lib, u yangi g‘oya (fikmi) paydo bo‘lishidan undan foydalana boshlanishigacha bo‘lgan jarayon ham ilmiy-ijodiy faoliyat mantig‘ini belgilab beradi. Shu tariqa ilmiy-ijodiy faoliyatning dinamikasi yangilik kiritishda takomillashib boradi. Chunki novatsiya jarayonining tuzilishi yangilikning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tishida o‘zgarib boradi. Binobarin, ilmiy-ijodiy faoliyatdagi yangiliklar dinamikasida uning samarasi namoyon bo‘ladi. Novatsiya yangi ilmiy g'oyada «eskilik» elementi, ilgari mavjud bo ‘Igan biror narsa borligini ifodalaydi. Shu tariqa yangilik vorisiylikka tayanadi. Bu yangilik ixtiroga teng, ya’ni yana o'matilgan yangi haqiqat demakdir. Novatsiyada, shuningdek, awalgi mavjud bo‘lgan g‘oya yoki paradigmani yanada takomillashtirib, zamonaga moslashtiriladi.
Mavzu: Ilmiy muammo. Muammoli vaziyat
Do'stlaringiz bilan baham: |