Tadqiqotning amaliy natijasi. Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat: - bolalar nutqini o`stirishda o`yin turlaridan foydalanish vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o`stirishning ijtimoiy-pedagigik zaruriyat ekanligi asoslangan;
- o`yin turlarining ahamiyatini ochib borishda maktabgacha yoshdagi bolalarning og`zaki nutqini o`stirishning didaktik imkoniyatlari ko`rsatilgan;
- o`yin faoliyati vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mezonlari, ta’limiy o`yinlar, interfaol metodlar va o`yin texnologiyalardan foydalanish muammolariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda oila, mahalla va MTT bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirlar turli o`yinlar vositasida o`tkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |