Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiya natijalarining ilmiy ahamiyati mavzu doirasidagi izlanishlar natijasida bolalar nutqini o`stirishda o`yin faoliyati vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o`stirishda samarali shakl, metod va vositalar bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati esa “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”, “Bolalar nutqini o`stirish nazariyasi va metodikasi”, “Ona tili va bolalar adabiyoti” fanlarini mazmunini takomillashtirishda, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg`ulotlarida, tadbirlarda maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko`rsatayotgan tarbiyachilar, metodistlar, mudiralarning malaka oshirish kurslarida samarali foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |