Formulaga nomer qo’yish
Matematik matn yozishda odatda qulay bo’lishi uchun formulaga nomer qo’yib , unga yo’llanma(ссылка) orqali o’tiladi.LATEXda yo’llanmalarga avtomatik o’tish mumkin.Formulaga nomer qo’yish faqat formula yozish tugatilgandan so’ng amalga oshiriladi.Bu quyidagicha amalga oshiriladi.
Formula yozish tanasida equation($$ belgisidan foydalanilmaydi)dan foydalanilsa LATEX formula nomerini avtomatik tarzda aniqlaydi va natijaga chiqaradi.Shuningdek begin{equation} va end{equation} buyruqlari orasida formula nomi,qay ko’rinishda va qayerda joylashishini aniqlash uchun \label buyrug’idan foydalaniladi.Oxirida \ref buyrug’i orqali formulaga izohlarni ko’rsatish mumkin.Masalan:
Birinchi sinf o’quvchilari buni \begin{equation}
bilishi kerak $$ Birinchi sinf
o'quvchilari buni bilishi kerak$$
7 × 9 = 63 (1) 7\times9=63 (1)
\end{equation}
formuladan quyidagi natija kelib (\ref{trivial}) formuladan quyidagi kelib
chiqadi. 63/9=7 chiqadi. 63/9=7
Bu yerda \ref o’rniga \pageref buyrug’idan ham foydalanish mumkin.Bu buyruq formula nomerini emas formula joylashgan sahifa nomerini qaytaradi.Yuqoridagi misolda agar formula 8 sahifaga yozilgan desak
Bu formula 8 betda yozilgan. Bu formula \pageref{trivial} betda yozilgan.
Formula nomerlari ko’rinishlari bevosita joriy sinflarga bog’liq.Masalan article sinfida formulaga nomer qo’yishda to’g’ridan to’g’ri keyingi nomerga o’tib ketiladi.book sinfida esa avval mavzu keyin esa nuqtadan keyin shu mavzudagi formula nomeri ko’rinishda bo’ladi.Masalan 2-mavzudagi 7-formula 2.7 ko’rinishda bo’ladi.Bunda albatta sinfga mos ko’rinishlar hosil bo’ladi.
Albatta bunday standart ko’rinishlar ko’p ishlatiladi va ular ortiqcha harakatni talab etmaydi.Lekin siz formula nomeri ko’rinishini o’zingizga moslashingiz mumkin.Bunda \eqno buyrug’idan foydalanishingiz mumkin.Masalan:
Birinchi sinf o’quvchilari Birinchi sinf o’quvchilari
$$
7 × 9 = 63 (3.2) 7\times9=63\eqno (3.2)
$$
ni bilishi kerak. ni bilishi kerak.
Bu yerdagi birinchi $$ belgi formula boshlanishi va oxirgi $$ belgi formula oxirini ko’rsatadi.Shuningdek bu belgilar orasida matematik yozuvlarga tegishli parametrlarni berish mumkin.Masalan:
$$
7 × 9 = 63 hisoblashjudaoddiy 7 × 9 = 63 hisoblash juda oddiy
$$
Bundan ko’rinib turibdiki matematik formula ichida yozuvni oddiy usulda kiritish mumkin emas.Aks holda Latex kiritilgan yozuvni kursivda chiqaradi.Bu muammoni hal qilish uchun \mbox buyrug’idan foydalanamiz.Bu buyruqni shu misolda qo’llaymiz:
$$
7 × 9 = 63 hisoblash juda oddiy 7 × 9 = 63 \mbox{hisoblash juda oddiy}
$$
Kutilgan natijaga erishildi.Yozuvdan keyin formula kiritilsa va undan keyin yana yozuv yozish talab etilsa yana shu usulni qo’llash mumkin.Shunga o’xshash boshqa parametrlar ham berish mumkin.
Biz formulaga nomer qo’yishda \eqno buyrug’idan foydalandik.Texda formulaga nomer qo’yishda \leqno buyrug’idan ham foydalanadi.Bu ikki buyruqning bir biridan farqi \eqno formula nomerini o’ng tomonda \leqno esa chap tomonda yozadi.Shunga doir misol ko’ramiz:
Ajoyib o’xshashlik Ajoyib o’xshashlik
$$
\sin^2x+\cos^2x=1
\leqno (*)
$$
Buni o’ninchi sinflar bilishadi. Buni o’ninchi sinflar bilishadi.
Garchi \eqno va \leqno buyruqlari orqali siz istagandek nomerlash amalga oshirilsada avtomatik tarzda yo’llanma(ссылка) bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |