Bo’g’inlash
Hujjat yozish jarayonida agar qatordagi oxirgi so’z joriy qatorga sig’may qolsa keyingi qatorga bo’g’inlab o’tkazish kerak bo’ladi.Bu usul o’quvchiga qulay hisoblanadi.Latexda so’zlarni bo’g’inlash standart tarzda avtomatik emas.Bu turli tillarning bo’g’inlash grammatikasi turli xil bo’lganligi sabablidir.Ammo Latex so’zlarni o’zingiz xohlagandek bo’g’inlash imkonini beradi.Bu ish
\righthyphenmin buyrug’i asosida bajariladi.
\righthyphenmin=2
yozuvi oxirgi ikkita belgiga bo’ginlashga ruxsat borligini bildiradi.Bunday usul uncha qulay bo’lmasligi mumkin.So’zlarni o’zimiz xohlagan ko’rinishda kiritish uchun \hyphenation buyrug’idan foydalanishimiz mumkin.Masalan:
\hyphenation{harf-la-ri-dan}
Bu buyruqda so’zlarni yozayotganda ular orasida bo’sh qator bo’lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |