Ostki chiziq va ramkalar
Ajratilgan qism(masalan qandaydir yozuv) ostiga chizish uchun \underline buyrug’idan foydalaniladi.
Bu yozuv
\underline{ostiga chizilgan}.
Matnning belgilangan qismini ramkaga olish uchun \fbox buyrug’idan foydalaniladi.
Bu so'z
\fbox{ramkaga olingan.}
Turli oraliqlar(bo’sh joylar) hosil qilish
Latex dasturida bo’sh joylar bo’sh joy(“probel”) klavishasini bosish orqali hosil qilinadi.Bunda hech qanday ortiqcha buyruq shart bo’lmaydi.Xuddi matn protsessorlari kabi matn yoziladi.Bir necha bo’sh joylar uchun bu belgi bir necha marta ishlatiladi.Latexda bo’sh satr tabulyatsiyani bildiradi.Ikkita bo’sh satr abzats tugashini aniqlaydi.Bir necha bo’sh satr esa xuddi bitta bo’sh satr kabi ishlatiladi.
\LaTeX da oddiy yozuv yozish juda
qulay!
Tex yozuvda bo’sh joylar kiritishda quyidagi qonuniyatlardan foydalanadi.
-Quyidagilardan so’ng bo’sh joy yozish mumkin:
-Nuqta,so’roq va undov belgilari
-Ikki nuqta
-Nuqta vergul
-Vergul
-Agar biror so’zdan keyin biror tinish belgisi ishlatilsa , u holda bu tinish belgisidan so’ng qo’yilgan bo’sh joylar bitta bo’sh joy sifatida qabul qilinadi.
-Agar so’zda ishlatilgan tinish belgilaridan keyin bo’sh joy yozilsa va undan so’ng yopiluvchi qavslar(aylana yoki kvadrat) yozilsa u holda tinish belgisidan keyin yozilgan bo’sh joy hisobga olinadi.
Tex yuqoridagi qoidalar bo’yicha bo’sh joylarni aniqlaydi.Shuningdek Texda boshqa maxsus buyruq va qoidalar yordamida kerakli darajadagi bo’sh joylarni yozish mumkin.
-Agar gap tugamasdan turib so’zdan keyin nuqta qo’yishga to’g’ri kelsa , u holda \ (teskari slesh va bo’sh joy) yozish orqali odatiy bo’sh joyni yozish mumkin.
-Agar gapdan keyin yozilgan nuqta yoki boshqa belgilar gap tugaganini bildirsa u holda maxsus \@ dan foydalanish mumkin.
Bu yerda bo'sh joy yozish\ uchun \TeX ning
\\ bir qancha qoidalaridan~foydalanilgan\@.
Bu yerda oxirgi so’zdan oldin ishlatilgan ~ belgisi shunchaki ikki so’zni ajratish uchun xizmat qiladi.
Agar barcha so’zlar orasiga bir xil bo’sh joy qo’ymoqchi bo’lsangiz
\frenchspacing buyrug’idan foydalanishingiz mumkin.Bu buyruqdan so’ng so’zlar orasiga \@ va \ larni yozish shart emas.
Agar oldingi bo’sh joy yozish rejimiga qaytmoqchi bo’lsak(\frenchspacing siz) quyidagi
\nonfrenchspacing buyrug’idan foydalanishimiz mumkin.Bu yozuvdan keyin esa \@ va \ lardan foydalanish mumkin.Texda bundan tashqari yana bo’sh joylarni o’zimizga moslash imkoniyatlarini beruvchu buyruqlardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |