Ilmiy rahbar: dos. U. Zaynutdinova Bajardi: i-5 guruh talabasi



Download 185,5 Kb.
bet28/32
Sana02.08.2021
Hajmi185,5 Kb.
#136272
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Qodirova Dilfuzaxon kurs ishi KRS 2

-innovatsion ilmiy faoliyatni rivojlantirish, ishlab chiqarishda texnologik yo'nalishda raqobatbardosh yangiliklarni yaratish uchun innovatsion tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi sub'ektlarni zarur bo'lgan ilmiy xodimlar va yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlash lozim.


  1. Hududlarda innovatsion faoliyatni investitsiyalashning ahamiyati va o'ziga xos xususiyati

Davlat ilmiy-texnika taraqqiyotini uning butun zanjiri (fundamental tadqiqotlardan tortib to ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishgacha bo‘lgan jarayon) bo‘yicha rag‘batlantirishi lozim.

Ayni damda korxonaning innovasion faoliyatini rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda turli dastaklar va mexanizmlar qo‘llanilmoqda. Bunga soliq imtiyozlari, turli xil moliyalashtirish shakllari hamda moliya dastaklari kiritilib, ular innovasion faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan holda korxona pul mablag‘larining tejalishiga imkon beradi.

Innovasion faoliyatni rag‘batlantirishning moliyaviy dastaklari deb, innovasion faoliyatni umumiy soliq solinadigan faoliyatidan chiqarish, davlat va xususiy biznes sherikchiligining yangi tamoyil va mexanizmlarni joriy etish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan moliyalashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan kreditlash, nodavlat kreditlash, davlat kredit kafolatlari, nodavlat kredit kafolatlari), olib kiritilayotgan sarmoyaga soliq solish yo‘li bilan mahalliy sarmoyani olib chiqishni chegaralashni tushunish lozim.

Aksariyat davlatlarda innovasion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning eng asosiy moliyaviy dastaklardan biri – ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish uchun turli hukumat tashkilotlari bilan tuzilgan davlat shartnomalari hisoblanadi. Ushbu shartnomalar innovasion loyihalarning barcha asosiy tavsiflarini to‘liq muvofiqlashtirish, kutilayotgan natija, ijro etish muddatlari va zarur xarajatlarni nazarda tutadi. Odatda kutilayotgan xarajatlarning miqdori ish boshlangunga qadar qayd etiladi, yakuniy hisob-kitob esa ishlarni tugatib topshirgandan so‘ng amalga oshiriladi. Subsidiyalar va subvensiyalar odatda keskin va xatarli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etiladi.

Innovasion faollikni rag‘batlantirishda soliq tizimi katta rol o‘ynaydi. Soliq solish mexanizmini korxonaning zamonaviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda to‘g‘rilash lozim. Korxonalarning ilmiy-tadqiqot tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etishga qaratilgan faoliyati soliq solish sohasida rag‘batlantirish imkoniyatlari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi lozim. Soliq solish sohasidagi rag‘batlantirishning maqsadi – soliq yuki, soliq majburiyatlarini kamaytirish bo‘yicha maqbul usullarni qidirib topish va shundan kelib chiqqan holda korxonalarning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatidan olinadigan daromadni oshirish, ishlab chiqarishni yanada samaraliroq rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, soliq tizimi innovasion texnologiyalarning oldinga qarab siljishiga to‘sqinlik qilishi kerak emas. Imtiyozli soliq solish ko‘rinishidagi innovasion loyihaga bo‘lgan barcha barqaror talab va takliflarni yaratish ayni damda eng maqbul usullardan biri sanaladi.

Soliq sohasida rag‘batlantirish dastaklarining jozibadorligi iqtisodiy nuqtai nazardan, avvalambor shundan iboratki, davlat va o‘z-o‘zini boshqarish organlari ilmiy va innovasion tashkilotlardan davlat va mahalliy byudjetlarga tushishi lozim bo‘lgan soliq ko‘rinishidagi mablag‘larning bir qismidan voz kechmoqda. Bu mablag‘lar ilmiytadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish, innovasiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki modernizasiya qilish va hokazo uchun ushbu tashkilotlarning tasarrufida qoladi. Shu tarzda ularni bilvosita moliyaviy qo‘llab-quvvatlash holati yuzaga keladi.

Innovasion jarayonlarni soliq sohasida rag‘batlantirishni milliy soliq solish tizimining rivojlanishi nuqtai nazardan ko‘rib chiqish lozim. O‘zbekistonda innovasion sohani soliqqa oid rag‘batlantirish bilan bog‘liq bir qator muammolar mavjud. Asosan bu mazkur yo‘nalishda tajriba yetishmasligi bilan bog‘liq. Soliq imtiyozlari sohasidagi qonunchilik takomillashmagan, shu bois ayrim korxonalar ushbu imtiyozlardan umuman foydalanmaydi. O‘z navbatida, korxonalarning innovasiyalar sohasidagi faoliyati sust, bu esa pirovardida butun mamlakatning innovasion faolligi rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.

Oxirgi paytlarda korxonalar bozor iqtisodiyoti sharoitida innovasion faoliyatni kengaytirish bo‘yicha xususiy shakllarning afzallik tomonlari va samarasini seza boshladi. Xususiy innovasion loyihalarni venchur moliyalashtirish dolzarb hisoblanib, u katta xatar bilan bog‘liq. Innovasion korxonalar o‘z mablag‘larining yetishmasligi, yuqori soliq stavkalari, nomaqbul kreditlash shartlari va shu kabi muammolarga duch keladi. Venchur faoliyatini olib borish bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Bir nechta yuridik va (yoki) jismoniy shaxsning sarmoyalari birlashadi, katta bo‘lmagan, ammo juda ixcham va samarador kor xonalar tashkil etiladi.

2. Alohida innovasion loyihalar joriy etiladi va tijoratlashadi.

3. Mazkur loyihalar tugagandan keyin venchur korxonalarni rivojlantirishning bir nechta variantlari mavjud: yirik firmalar tomonidan qo‘shib olinishi; ishlab chiqilgan innovasion mahsulotlarga lisenziya sotish yordamida moliyaviy ahvolini yaxshilash; o‘z ishlab chiqarishini tashkil etish va tijorat operasiyalarini bajarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini olib borish. Venchur moliyalashtirishdan foydalangan holda hududlar jahon bozorlarida mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish va mamlakatimiz iqtisodiyotini ko‘­tarishga olib keladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda venchur tadbirkorlikni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, chunki aynan shu jarayon ilm-fan va iqtisodiyotning real sektorini o‘zaro bog‘lovchi bo‘g‘indagi yetishmayotgan unsur sifatida namoyon bo‘ladi. Kichik innovasion biznes sohasida moliyalashtirish shakli sifatida venchur investisiyalashning asosiy afzallik tomoni shundan iboratki, barqaror rivojlanuvchi korxona boshqa moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyati yo‘q bo‘lgan paytda venchur sarmoyalaridan foydalanishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, shuni aytib o‘tish joizki, innovasion jarayonlarning davlat tomonidan tartibga solinishini ham umummilliy ahamiyati, ham innovasiyalarning iqtisodiy mazmuni bilan izohlash mumkin. Biroq davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmini ishga tushirish uchun rag‘batlantirish ob’yektini aniq va to‘g‘ri tushunish lozim. Xususan, innovasion faoliyatni huquqiy rag‘batlantirish bo‘yicha puxta o‘ylangan tizimni yaratish lozim, chunki busiz innovasiyalarni ham hudud, ham mamlakat miqyosida izchil rivojlantirib bo‘lmaydi

Hududlar darajasida innovasion faollik hududning raqobatbardoshligini oshirishning omili, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining sharti hisoblanadi. Ayni damda mamlakat iqtisodiyotida innovasiyalar sust rivojlanishi va shundan kelib chiqqan holda uning raqobatbardoshlik darajasi past bo‘lgan sharoitda mazkur tendensiyani bartaraf etish uchun innovasion faoliyatni ham davlat, ham hudud, ham korporasiyalar darajasida rag‘batlantirish, xususan moliyaviy-iqtisodiy choralarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, innovasion faoliyatni rag‘batlantirish choralarini tahlil qilish, tizimlashtirish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha ko‘plab iqtisodchi olimlar shug‘ullangan. Ammo innovasion faoliyatni belgilovchi sharoitlariga qarab moliyaviy rag‘batlantirish dastaklari, xususan hududlarning innovasion va moliyaviyinvestision salohiyatini asoslash masalalariga yetarlicha e’tibor berilmagan.

Hudud tomonidan innovasion faoliyatni moliyaviy rag‘batlantirish quyidagilarga bo‘linadi: 1) innovasion loyihalarda ishtirok etish darajasi bo‘yicha: loyihalarda va innovasion infratuzilmalarda ishtirok etishi; 2) moliyalashtirish usuli bo‘yicha: bevosita va bilvosita innovasiyalarni rag‘batlantirishni moliyalashtirish. Barcha dastaklarni ularning innovasion faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish darajasiga ko‘ra, fikrimizcha, uchta guruhga bo‘lish maqsadga muvofiq (1-jadval).

Tadqiqotimizda innovasion faoliyatlarni moliyaviy rag‘batlantirish dastaklarini saralab olish ishlarining olib borilishini maqsadga muvofiq, deb bildik. Bunda bir tomondan, hududda mavjud bo‘lgan ichki moliyaviy resurslar manbalarini hisobga olgan holda hududning moliyaviy-investision salohiyatini baholash ishlarini olib borish, ikkinchi tomondan, ham moliya resurslarini qo‘yish hajmi, ham uning sifatini hisobga olgan holda uning innovasion salohiyatini baholash ishlarini olib borish maqsadga muvofiq.

Hududning ham moliyaviy-investision, ham innovasion salohiyatini baholash uchun quyidagi usulbiyotni taklif etamiz.

1. Hududning moliyaviy-investision salohiyatini baholash. Ushbu uslubiyotda umumiy jamg‘arilgan mablag‘lar ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mumkin (u innovasioninvestision faoliyatni amalga oshirish uchun hududda mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslarni o‘z ichiga oladi). Sof jamg‘arilgan mablag‘lar esa yalpi jamg‘arilgan mablag‘lar va asosiy kapitalni iste’mol qilish o‘rtasidagi nisbatni o‘zida namoyon etadi.



2. Innovasion salohiyatni baholash. Ushbu uslubiyot innovasiyalarni rivojlantirish darajasi bilan tavsiflanadi, uni baholash uchun biz tomonimizdan ishlab chiqilgan uslubiyotdan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu modelga innovasion salohiyatni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi beshta omil (blok) kiritilgan: texnik-texnologik omil, inson omilining rivojlanganlik darajasi, institusional, tashkiliy va axborot omillari. Ular bir nechta ko‘rsatkichlardan iborat. Mazkur uslubiyotda innovasion salohiyatni baholashda tabiiy-resursli omil inobatga olinmagan, chunki innovasion jarayonga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi alohida resurslarni ajratish juda mushkul. Mazkur omilni hududda joylashgan tabiiy resurslarning umumiy yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqish mumkin, ammo ularni komparativ1 tahlil qilishda tabiiy resurslar son jihatdan ko‘p bo‘lgan (innovasion salohiyati reytingi yuqori bo‘lgan) hududlarning o‘rni o‘zgarishi ro‘y beradi. Bu esa, fikrimizcha, hududlar darajasida innovasion jarayonlarning mohiyatini to‘liq aks ettirmaydi. Har bir omilni quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida baholaymiz:


Download 185,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish