Hududlarda innovatsion faoliyatni investitsiyalashning ahamiyati va o'ziga xos xususiyati
XXI asrga kelib iqtisodiyotda jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Mazkur o'zgarishlar birinchi navbatda, resurslardan foydalanishning tabiat in'om etgan chegaralariga iqtisodiyot yetib borayotganligi natijasida iqtisodiy o'sish sifatida an'anaviy resurslaridan foydalanish imkoniyatlari vaqt o'tgani sari cheklanib borayotganligi bilan bog'liqdir. Yuqorida aytilganlarga bog'liq tarzda, bundan buyon innovatsion-investitsiya jarayonlari, yangi texnologiyalar va o'z navbatida yangi tovar va xizmatlar yaratish bilan uzviy bog'liq bo'lgan ilmiy bilimlar tizimi iqtisodiy o'sish sifatining zamonaviy modelini yaratishning asosiy elementi bo'ladi. Shundan kelib chiqib, nafaqat innovatsiyalarga balki iqtiqsodiy o'sish omillari sifatida innovatsiyalar va investitsiyalarning o'zaro bog'liqligiga ham qiziqish ortib bormoqda.
G'arbning iqtisodiy jihatdan taraqqiy topishida innovatsion-investitsiyalar o'ta muhim o'rin tutganligini D.Nort alohida ta'kidlab o'tadi. Uning fikricha, “patent huquqining rivojlanishi, tijorat siri to'g'risidagi qonun va boshqa normativ aktlarning qabul qilinishi evaziga rag'batlantiruvchi omillarning kuchayishi innovatsion-investitsiyalarning foydaliligini oshishiga olib keldi, shuningdek “ixtirolarning sanoatlashuvi” va zamonaviy g'arb dunyosining iqtisodiy rivojlanishi jarayonlariga innovatsion-investitsiyalarning integratsiyalashuvi sodir bo'ldi, bu esa o'z navbatida ikkinchi sanoat inqilobining amalga oshishiga turtki bo'ldi”6.
O.A.Verxovets fikriga ko'ra, AQSH, Yaponiya, Germaniya va Frantsiya kabi davlatlarda innovatsion-investitsiyalar faolligi bilan ularning iqtisodiy o'sish sifati o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik mavjudligi, hamda sanab o'tilgan mamlakatlarning deyarli barchasida iqtisodiy o'sish sifatining intensiv tavsifga egaligi va uning asosi bo'lib ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalari, yangi mahsulotlar, yangi bozorlar, yangi texnologiyalar kabi innovatsion-investitsiyalar hisoblanadi –deb ta'kidlab o'tadi.
Innovatsion jarayonlar nazariyasi asoschisi bo'lgan Yozef Shumpeter7 innovatsiyalarni moliyalashtirishda bankirning o'rni katta ekanligini alohida ta'kidlaydi. Yangilik yaratuvchiga o'z maqsadlariga erishish uchun unga moliyalashtirish suv va havodek zarur. Shunga bog'liq tarzda, kredit mablag'lari taqdim etishi mumkin bo'lgan bankir, yangilik yaratuvchi shaxsning faoliyat ko'rsata olishi, bir so'z bilan aytganda uning keyingi faoliyati ko'p jihatdan unga bog'liq bo'lib qolgan shaxs hisoblanadi. Bankir kredit taqdim eta turib, butun jamiyat nomidan “yangi kombinatsiyalar”ning amalga oshirilishiga “ijozat” beradi.8 Uning fikricha, “iqtisodiy yuksalish birinchi navbatda asosiy ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishda kuzatiladi”, “yangi korxonalarga ko'proq sarmoya kiritilishi va bu yerdan chiquvchi impul`slarning xom ashyo, mehnat, asbob-uskunalar bozorlari va boshqalar orqali tarqalishi” esa yuksalishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.9
Shu bilan birga, innovatsion faoliyatni investitsiyalashtirishda aholi jamg'armalaridan foydalanishni rivojlantirish zarur. Buning uchun esa ularni davlat banklarida to'planinshni rag'batlantirish uchun birinchidan, bank qo'yilmalari uchun to'lanadigan foiz darajalarini qayta ko'rib chiqish zarur bo'lsa; ikkinchidan, maxsus innovatsion investitsiyalashtirish bilan bog'liq bo'lgan qimmatli qog'ozlar zayomlarni chiqarish zarur; uchinchidan, innovatsion yangiliklar asosida ishlab chiqarish sub'ektlarining oladigan foydalari darajasini o'sishidan innovatsion investorlar manvfaatdorligini oshirish zarur.
Bugungi kunda O'bekiston Respublikasida barqarorlashuv hukm surayotgan bir paytda iqtisodiyotning chuqur modernizatsiyalashuviga erishmay turib innovatsiyalar diffuziyasiga, ya'ni yangi g'oya, ishlanma va texnologiyalar joriy etilishi va jadal tarqalishiga erishish qiyin. Buning uchun esa, avvalambor, ta'lim, ilm-fan va sanoat integratsiyasini ta'minlash, shuningdek, innovatsion mahsulotlarga bo'lgan talabni oshiradigan yangi kompaniyalar tashkil etilishini rag'batlantiruvchi yangi sanoat tarmoqlarini yaratishga ko'maklashadigan bir qator aniq texnik yechimlarni joriy qilish talab etiladi.Bugungi kunda milliy iqtisodiyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri ham qisqa muddatda mamlakatning innovatsion rivojlanishiga erishishdir. Aks holda, O'zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi murakkab kechishi aniq. Mazkur masalani ijobiy hal etish uchun keng qamrovli islohotlar olib borish bilan bir qatorda nanoindustriya tarmoqlarini rivojlantirishga ham alohida ahamiyat qaratish lozim.
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama taraqqiy ettirish hamda respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini ko'tarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi bo'lib, o'z faoliyati doirasida yuqorida aytib o'tilgan dolzarb masalalar yechimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Innovatsiya vazirligi 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga asosan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi № PF-5264-son «O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida»gi farmoni hamda 2017 yil 30 noyabrdagi № PQ-3416-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etildi. Vazirlik o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining № PQ-3899-son «Ilmiy va innovatsion faoliyatni integratsiya qilish tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida»gi, № PQ-3682-son «Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, № PQ-3683son «O'zbekiston Respublikasida urug'chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida»gi, № PQ-3697-son «Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi, № PQ-3698-son «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi hamda № PQ-3855-son «Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorlari hamda boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida olib boradi.
O'tgan vaqt davomida vazirlik faoliyati innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar negizida iqtisodiyotning barcha tarmoq va ijtimoiy sohalarini jadal innovatsion rivojlantirishni ta'minlashga qaratildi. Jumladan, innovatsion g'oya va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ularning yanada rivojlanishini ta'minlovchi normativ huquqiy bazani yaratish doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, 11 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 8 ta qarori va 4 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari (jami 26 ta) tasdiqlandi. Bular qatorida eng asosiylari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son farmoni 3-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlik tomonidan O'zbekiston Respublikasining «Fan to'g'risida»gi hamda «Innovatsion faoliyat to'g'risida»gi qonun loyihalari ishlab chiqildi. Mazkur qonunlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etildi.
Hozirgi kunda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan mamlakatning davlat ilmiy-texnik siyosati ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun uning ilmiy-texnik salohiyatidagi kuchlarni birlashtirishga qaratilgan. Iqtisodiyotni tiklash uchun O'zbekistonning kelgusi yillardagi vazifalaridan biri bu rivojlanishning innovatsion uslubiga o'tishdir. Respublikada innovatsion siyosatning amalga oshirilishi iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari tarkibidagi o'zgarishlar, ilmiy-texnik taraqqiyotni olib borish va iqtisodiyotda keng miqyosli sifatli o'zgarishlarni ta'minlash bilan chambarchas bog'liqdir. Iqtisodiy o'sish va aholi turmush darajasini ko'tarishning asosiy omili mamlakat iqtisodiyotiga innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni keng joriy etishdir. Innovatsion faoliyatni rivojlantirish zamonaviy O'zbekiston iqtisodiy rivojlanishining etakchi yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston hukumati mamlakatda innovatsion tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha faol va maqsadli ish olib bormoqda. Bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan faol ishlar aniq natijalar bermoqda. 2020 yilda investitsiyalarni rivojlantirish hajmi 220,7 trillion so'mni tashkil etdi va tasdiqlangan yillik prognoz ko'rsatkichlaridan 2 baravar oshdi va asosiy kapitalga investitsiyalarning YaIM tarkibidagi ulushi 2019 yil 30 foizdan 2020 yilda 36,2 foizgacha o'sdi, investitsiya ko'rsatkichlarining o'sishi 13,3 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar oqimining ko'payishi va rivojlanishiga bog'liq edi. Umumiy hajmda ishlatilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning ulushi 2019 yildagi 10,5% ga nisbatan 37% gacha o'sdi. O'zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda asosiy xorijiy sheriklar Rossiya Federatsiyasi, Xitoy va Germaniya hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va rivojlanish to'g'risidagi hisobotiga ko'ra, xorijiy investitsiyalarning o'sishi bo'yicha O'zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida etakchi o'rinni egalladi.Agar Markaziy Osiyo mamlakatlarida xorijiy investitsiyalarning o'sishi o'rtacha 8-10% ni tashkil etgan bo'lsa, unda O'zbekistonda bu ko'rsatkich 2020 yil ko'rsatkichlari 3,2 baravarga o'sdi. 2021 yilda va undan keyingi yillarda turizm, elektr energiyasi, kimyo sanoati, elektrotexnika mahsulotlari, IT-texnologiyalar, yengil sanoat, qishloq xo'jaligi kabi ustuvor yo'nalishlarda loyihalarni amalga oshirish uchun to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, ularning yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish ishlari davom ettiriladi. iqtisodiyot. O'zbekistonda hali ham iqtisodiy o'sishning ekstensiv omillariga asoslangan keng ko'lamli rivojlanish mavjud emas va tadbirkorlarning innovatsiyalarga qiziqishi hali ham sust. Darhaqiqat, amalda G'arb va Evropaning rivojlangan davlatlarida yaratilgan ba'zi yangiliklarni rivojlantirish uchun taqlid sxemalari uchun ustuvorlik belgilanadi. Bunda innovatsion salohiyat deganda faqat korxonalarning xorijiy yangi g'oyalarni qabul qilish va tashqaridan olib kelingan yangi texnologiyalarga taqlid qilish qobiliyati tushuniladi. Barcha ixtirolarning aksariyati mavjud bo'lgan, asosan eskirgan turlar va texnologiyalarni saqlashga yoki biroz yaxshilashga qaratilgan. Biroq, so'nggi yillarda, ayniqsa 25-dekabrdagi "Innovatsiya to'g'risida" gi qonun qabul qilingandan keyin. 2019 yildan respublika rivojlanishning innovatsion yo'liga o'tish uchun faol qadamlar tashlamoqda. Shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan jamiyat sohalari va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etish bo'yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 29 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ta'lim to'g'risida" gi farmoni bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'taradi. Eng muhim vazifa odamlar orasida innovatsion fikrlashni shakllantirishdir. Odamlar tushunishlari kerakki, yangilik bo'lmagan joyda rivojlanish va raqobat bo'lmaydi. Ushbu sohadagi yangiliklarni keng ommalashtirmasdan, odamlarning yangicha fikrlash va ishlash qobiliyatini shakllantirmasdan, biz hozirgi tez o'zgaruvchan vaqt, ilmiy taraqqiyot bilan hamqadam bo'la olmaymiz. Shuning uchun innovatsiyalarni zamonaviy talablarga javob beradigan darajaga etkazish yangi vazirlik va ushbu markazning asosiy vazifasi bo'lishi kerak, dedi O'zbekiston Prezidenti. Muvaffaqiyatga erishish uchun korxonalar va tashkilotlar innovatsion rivojlanishga bo'lgan talablarning ortishi bilan tobora yangi mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish zarurati va bu bilan bog'liq katta moliyaviy foyda to'g'risida aniq o'ylab ko'rishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |