Shunga ko`ra, tanlangan mavzusining dolzarbligidan kelib chiqqan holda, “innovatsiya” kategoriyasining mazmuni va uning ahamiyatini tadqiq qilish muhim vazifa hisoblanadi. Fanda “Innovatsiya” iborasi inglizcha “innovation” so`zidan olingan bo`lib, “yangilik kiritish” degan ma`noni bildiradi. Buning zaminida esa yangi tartib, yangi odat, yangi usul, kashfiyot, yangi qarash va g’oyalar yotadi. Innovatsiya deganda yangi ilmiy texnik yutuqni ifodalab, yangi maxsulotni yaratish, amalda qo`llash jarayoni ham tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |