Ilmiy rahbar: aytimbetov n bajardi: ollamberganov b



Download 310,97 Kb.
bet4/6
Sana11.01.2023
Hajmi310,97 Kb.
#898916
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ollamberganov Bekzod 2-v fizikaaa

Yangimavzubayoni.
Termorezistorlar.
Rezistor (lotincharesisto — qarshilikkoʻrsataman) — radio va elektr texnika qurilmalari elektr zanjirining strukturaviy (tugalbuyumkoʻrinishidagi) elementi; asosiy vazifasi — elektr tokiga faol qarshilik koʻrsatish. Qarshilikning nominal qiymati (birnecha Om dan 1000 GOmgacha), undan ogʻish qiymati (0,001—20%) va maksimal sochish quvvati (V tning yuzlarcha ulushlaridan bir necha MVt gacha) bilan tavsiflanadi [6].
Tayyorlanadigan materialiga qarab, rezistormetall, uglerodli, suyuklikli va yarim oʻtkazgichli; qarshilik turiga qarab, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, qarshiligi kuchlanishga (maxsus; varistorlar), temperaturaga (termorezistorlar), yoritilganlikka (fotorezistorlar) va deformatsiyaga (tenzodatchik) bogʻliq boʻlganxillari bor. Rezistor yordamida radio electron qurilmalarda tok kuchi va kuchlanish rostlanadi, temperatura, yorugʻlik kuchi oʻlchanadi va boshqa termobardosh materiallardan tayyorlangan baʼzi resistor qizdirish elementi sifatida ishlatiladi.
Temperatura o‘zgarishi bilan o‘tkazgichning qarshiligi o‘zgaradi. Masalan, metall o‘tkazgichlarning qarshiligi temperatura ko‘tarilishi bilan ortib boradi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: temperatura ortishi bilan kristall panjara tugunlarida joylashgan atomlar va ionlarning issiqlik tebranma harakati kuchayadi, natijada tebranish amplitudasi ortadi. Temperatura qancha yuqori ko‘tarilsa, elektronlarning atomlar va ionlar bilan o‘zaro to‘qnashishi ham shuncha tez-tez sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, temperatura ortishi bilan elektronlarning tartibsiz harakati ham kuchayadi. Bularning hammasi o‘tkazuvchan elektronlarning tartibli harakatining susayishiga olib keladi, natijada tok kuchi kamayadi, qarshilik ortadi. Konsentratsiyasi uncha yuqori bo‘lmagan elektrolitlarda temperatura ortishi bilan qarshilik kamayadi, chunki temperatura ortishi bilan eritmada erigan modda molekulalarining ionlarga parchalanayotgan qismi ortadi, demak, zaryad tashuvchi zarralar — ionlar soni ham ortadi [4].
Demak o’tkazgichlarda temperatura ortishi bilan qarshilik ham ortadi ekan.
Bunday o’tkazgichdan yasalgan rezistorlar termorezistorlar deb ataladi. Termorezistorlarning temperatura ortishi bilan o’zgarishi uning geometrik parametrlarining o’zgarishi bilan ham ma’lum darajada bog’liq hisoblanadi. Buning bilan birga materialga ham bog’liq hisoblanadi. Masalan yarimo’tkazgichdan yasalgan rezistorlarda temperatura ortishi bilan qarshilik kamayadi.
Qarshiligi bir birlikka teng bo’lgan o’tkazgichning harorati bir gradusga o’zgarganda hosil bo’lgan qarshilik o’zgarishiga son jihatdan teng bo’lgan kattalikka qarshilikning termik koeffitiyenti deyiladi.
Yarimo‘tkazgichlar deb ataladigan germaniy, kremniy, selen va shu kabi bir qator moddalarning qarshiligi temperaturaga juda kuchli bog‘liq bo‘ladi: temperatura ortishi bilan ularning qarshiligi keskin kamayadi. Qarshilikning temperaturaga bunday kuchli bog‘liqligi temperatura ortishi bilan yarimo‘tkazgichlarda erkin elektronlar sonining keskin ortishi bilan tushuntirish mumkin. Metall o‘tkazgichlarda qarshilikning temperaturaga qanday bog‘lanishda bo‘lishini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan tajribalarning natijasi shuni ko‘rsatadiki, qarshilikning nisbiy o‘zgarishi temperaturaning o‘zgarishiga to‘g‘ri proporsional bo‘lar ekan. Agar 0°C da o‘tkazgichning qarshiligi R0 , t°C temperaturada qarshilik R bo‘lsa, qarshilikning nisbiy o‘zgarishi

bo‘ladi. U holda, yuqorida aytib o‘tganimizdek,
=
bo‘ladi, bunda α proporsionallik koeffitsiyenti qarshilikning temperatura koeffitsiyenti deb ataladi. Bu koeffitsiyent modda qarshiligining temperaturaga bog‘liqligini xarakterlaydi. Formuladan
=
demak, qarshilikning temperatura koeffitsiyenti o‘tkazgich temperaturasi bir gradusga o‘zgarganda qarshilikning nisbiy o‘zgarishiga teng bo‘ladi.
Formulani quyidagicha o‘zgartirib yozamiz:
R=R0(1+ t)
bu yerda (1 + α t ) ifoda o‘tkazgich 0°C dan t °C gacha qiziganda uning qarshiligi qancha marta ortganini ko‘rsatadi va u termik qarshilik binomi deb ataladi. Shunday qilib, qizigan o‘tkazgichning qarshiligi boshlang‘ich qarshilik bilan termik qarshilik binomi ko‘paytmasiga teng bo‘lar ekan. Isitilganda o’tkazgichning geometrik o’lchamlari juda kam o’zgaradi. O’tkazgichning qarshiligi, asosan, solishtirma qarshilik o’zgarishi hisobiga o’zgaradi. Agar yuqoridagi formulaga


Qiymatlarni qo’ysak, solishtirma qarshilikning temperaturaga bog’lanishi
=
ko‘rinishda bo‘ladi, bu yerda ρ0 temperatura 0°Cbo‘lgandagi solishtirma qarshilik. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, qarshilikning temperatura koeffitsiyentining o‘zi ham temperaturaga bog‘liq, lekin temperatura o‘zgarganda α juda oz o‘zgaradi, shuning uchun solishtirma qarshilikni temperaturaga chiziqli bog‘liq deb hisoblash mumkin [3].
Bugungi mavzu qisqacha shulardan iborat. Boshqa adabiyotlardan qo’shimcha materiallar o’qishingizni maslahat beraman.
Darsni tushungan bo’lsangiz mustahkamlash uchun o’yin o’ynaymiz. O’yinning nomi ”yashnagan daraxt” deb ataladi. Bu o’yinda daraxtni barglar bilan boyitish lozim. Har bir barg uchun bitta savol beriladi. Savolga to’g’ri javob bergan guruxning daraxti bitta barg bilan boyitiladi. Shu tariqa o’yin davom qiladi. Demak guruhlarga bo’linamiz va o’yinni boshlaymiz.

Bu barglar savollarga to’g’ri javob bergan o’quvchilarga beriladi.


Demak savollar berishni boshlaymiz.
Savollar.

  1. O’tkazgichlarda temperatura ortishi bilan qarshilik qangay o’zgaradi?

  2. Yarimo’tkazgichlarda temperatura ortishi bilan qarshilik qanday o’zgaradi?

  3. O’tkazgichning qarshiligi qaysi parametrlarga bog’liq?

  4. Yarimo’tkazgichlarda temperatura ortishi bilan qanday protsess sodir bo’ladi?

  5. O’tkazgichlarning termik koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi?

Javoblar.

  1. O’tkazgichlarda temperatura ortishi bilan qarshilik ham ortadi.

  2. Yarimo’tkazgichlarda temperatura ortishi bilan qarshilik kamayadi.

  3. O’tkazgich qarshiligi materialiga, uzunligiga va ko’ndalang kesim yuzasiga bog’liq.

  4. Yarimo’tkazgichlarda temperatura ortishi bilan kovaklar va elektronlar konsentratsiyasi ortadi va qarshilik kamayishiga yordam beradi.

  5. Qarshiligi bir birlikka teng bo’lgan o’tkazgichning harorati bir gradusga o’zgarganda hosil bo’lgan qarshilik o’zgarishiga son jihatdan teng bo’lgan kattalikka qarshilikning termik koeffitiyenti deyiladi.

O’quvchilar birma bir savollarga javob topishadi va doskadagi daraxt rasmiga barglarni yopishtirishadi. Javoblar aniq va londa bo’lishiga e’tibor qaratiladi. Agar dars davomida tartibsizlik yuzga kelgan bo’lsa qoidani buzgan guruh daraxtidan bitta barg olib tashlanadi. Shundagina adolatli va halol o’yin o’tkaziladi.
Dars davomida past o’zlashtiruvchi o’quvchilarni ham o’yinga jalb qilish va albatta rag’batlantirib borish kerak.
Guruh bilan ishlash davomida lider o’quvchilarni ham a’lo baho bilan baholab borish va o’quvchilar o’yin shartini qanday bajarayotganini kuzatib borish maqsadga muvofiq. Shunday ekan barcha o’quvchilarni o’yinga ishtirok etishni ta’minlash uchun o’yin davomida o’quvchilar bir birlari bilan maslahatlashib javob berishlari mumkinligi eslatiladi. O’yin shu tariqa faollik bilan davom etadi va o’yin ohirida barglar sanaladi.
Quyida birinchi va ikkinchi guruh daraxtlari tasvirlangan.













Download 310,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish