Ishchi o‘quv dasturida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:
DTS talablari;
O‘quv dasturlarini mazmuniga qo‘yiladigan majburiy talablar;
Talabalar uchun beriladigan o‘quv materiallarining maksimal xajmi;
Bitiruvchilarni tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar;
OTM tomonidan o‘quv rejaga asosan belgilangan o‘quv yuklamasining xajmi;
Ta’lim dasturlarini maqsadi va vazifalari;
Yuqorida keltirilgan komponentlar asosida ishchi o‘quv dasturining tuzilishi ishlab chiqiladi va qoidaga asosan uning tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
*Titul varag‘i
*Fanning maqsadi va vazifalari
*Fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
*Talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar;
*Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni;
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar;
Fan bo‘yicha soatlar taqsimoti;
Nazariy mashg‘ulotlar mavzulari mazmuni;
*Amaliy, seminar va labaratoriya mashg‘ulotlari mavzulari va rejalari;
Mustaqil ta’lim mavzulari; Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati. Ishchi o‘quv dasturlarini tuzish va tasdiqqa kiritish tartibi:
Ishchi o‘quv dasturlari OTMlarining tegishli kafedralarini professor- o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqila-di.
Ishchi o‘quv dasturlarini DTS talablari va o‘quv dasturlarga mos holda ishlab chiqilishiga tegishli kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilar mas’ul hisoblanadi.
Ishchi o‘quv dasturining kirish qismida o‘qitiladigan fanning dolzarbligi, sohaning tarixi, jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishdagi ahamiyati va o‘rni ochib beriladi. Shunigdek, fanni o‘qitishning asosiy maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatiladi.
Ishchi o‘quv dasturida uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketlikligi hamda o‘qitish turlari o‘qitishning interaktiv uslublari va vositalari xamda fanni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ta’lim jarayonini optiimallashtirish uchun omil bo‘ladigan mexanizmlar ko‘rsatiladi.
Ishchi o‘quv dasturlarida o‘quv jarayoni uchun zarur texnik vositalar, axborot-resurs markazidagi tegishli o‘quv adabiyotlari, didaktik vositalar, ashyolar va boshqa moddiy-texnik baza to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilishi maqsadga muvofiq.
Ishchi o‘quv dasturining titulida amaldagi Klassifikator bo‘yicha tegishli bilim, ta’lim sohalari va ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik) larning shifri va nomlari hamda ishchi o‘quv rejaga muvofiq fanning to‘la nomi ko‘rsatiladi.
Ishchi o‘quv dasturining yaratilishiga mas’ul kafedraning nomi, mualliflar va taqrizchilar to‘g‘risida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni), tasdiqqa tavsiya etuvchi ilmiy-uslubiy Kengashlarning bayonnomasi raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
Ishchi o‘quv dasturining foydalaniladigan manbalar ro‘yxatiga asosiy adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlar kiritiladi.
Ishchi o‘quv dasturining matni A-4 format, Times New Roman shriftida, 14-chi o‘lchamda, chap tomonidan - 3 sm, pastidan - 2 sm, yuqoridan - 2 sm, o‘ng tomonidan - 1,5 sm o‘lchamida hoshiyalanadi. Betlarni raqamlash – pastki qismining markazida joylashtiriladi.
Ishchi o‘quv dasturi xar o‘quv yili kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqib muxokama qilinadi va tegishli o‘quv – uslubiy kengashida ko‘rib chiqib ma’qullanadi xamda OTMning ruxsat etilgan kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
OTM o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori yoki fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |