Ilmiy muossasalri va ilmiy kadirlar tayorlashga oid. Davlat qonunchiligi



Download 18,11 Kb.
Sana24.11.2022
Hajmi18,11 Kb.
#871135
Bog'liq
ILMIY MUOSSASALRI VA ILMIY KADIRLAR TAYORLASHGA OID


ILMIY MUOSSASALRI VA ILMIY KADIRLAR TAYORLASHGA OID. DAVLAT QONUNCHILIGI
Reja

  1. Ilmiy muossasalri va ilmiy kadirlar tayorlashga

  2. Davlat qonunchiligi

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi institutning asosiy tarkibiy bo'linmalaridan biri bo'lib, u nizomga muvofiq ish olib boradi va o'z faoliyatini institut Rektori va Ilmiy kengashning qarorlari va buyruqlari asosida tashkil etadi.


Oxirgi yillarda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tizimda yangi maqsadlar va ko’lamda namoyon bo’la boshladi: bugungi kunda nafaqat yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat tarmoqlari, ilmiy va ta'lim muassasalari, balki xizmatlar ko’rsatish sohasi ham yuqori malakali mutaxassislarga ham ehtiyoj sezmoqda. O’zbekiston Respublikasida ilmiy va pedagogik kadrlarni tayyorlash quyidagi bosqichlarda va ko’rinishlarda amalga oshiriladi: falsafa fanlari doktori (Doctor of Philosophy, Ph.D.), fan doktori (Doctor of Science, D.Sc.) – tayanch doktorantura va doktorantura orqali, falsafa fanlari doktori (Doctor of Philosophy, Ph.D.), fan doktori (Doctor of Science, D.Sc.) mustaqil izlanuvchilik orqali. 2022-yil, 1-iyun holatiga ko’ra diplomdan keyingi ta’lim muassalarida 43 tayanch doktorantlar, 6 doktarantlar, 221 PhD mustaqil izlanuvchilari va 22 DSc mustaqil izlanuvchilari o’qimoqda. SamMU qoshida PhD va DSc ilmiy darajalari berish uchun ilmiy kengashlar tashkil etildi va ular samarali faoliyat olib bormoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PF-4958-son farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda oily o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi hujjatlarga muvofiq falsafa (Doctor of Philosohy, PhD), fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasini berish bo’yicha ishni tashkil etish;
- tibbiyot tizimidagi mavjud ilmiy-texnik va klinik muammolarni hal qilishda institut olimlari ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga keng jalb etish yo‘li bilan institutda tayyorlanayotgan mutaxassislar salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;
- institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni o‘quv jarayoni va amaliyotiga, ishlab chiqarishga joriy qilishni tashkil etish;
- byudjetdan tashqari grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishini ta’minlash;
- ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish, ilg‘or xorijiy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar olimlari bilan axborot almashish, ilmiy hamkorlik qilish;
- tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik mahsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish;
- institutda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning uzviyligini ta’minlash maqsadida doktorantlarning faoliyatini yagona dastur asosida rivojlantirib, yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish.
Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini boshqarish va moliyalashtirish yanada takomillashtiriladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Tarix instituti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda San'atshunoslik institutining tuzilmasi tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga zaruratga ko‘ra ilmiy-tadqiqot muassasalari tuzilmasiga tasdiqlangan xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
ITM faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari qilib quyidagilar belgilanadi:
Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti:
respublika hududidagi qo‘lyozma va toshbosma kitoblar hamda tarixiy hujjatlarni saqlash va o‘rganish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
manbashunoslik, islomshunoslik, fan tarixi, o‘rta asrlar tarixi, Sharq mamlakatlari taraqqiyotining zamonaviy muammolari, sharq mumtoz adabiyoti, diplomatika yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
yozma manbalarning ilmiy-izohli tarjima va asl matnlari nashrini amalga oshirish;
yozma yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish;
respublika hududida joylashgan qo‘lyozma fondlari faoliyatini doimiy monitoring qilish va tashkillashtirish;
restavrator mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish.
Fanlar akademiyasi Tarix instituti:
O‘zbekistonning qadimdan hozirgi davrigacha bo‘lgan tarixini tizimli o‘rganishni milliy taraqqiyot nuqtai nazaridan tashkil etish;
Vatanimizning umumjahon va mintaqa tarixida tutgan o‘rni, o‘zbek xalqining bunyodkorlik ishlarini turli tarixiy bosqichlarning umumiy va o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda va o‘zaro aloqadorlikda ko‘rsatish;
O‘zbekistonda tarixiy tafakkur rivojini tahlil qilish, arxeologik, etnologik, tarixshunoslik va manbashunoslik tadqiqotlarining nazariyasi hamda metodologiyasini istiqbolli rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni har tomonlama va chuqur tadqiq etish.
Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti:
o‘zbek tili, adabiyoti va folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta'limotlarini tadqiq etish;
o‘zbek tilining bazaviy akademik va o‘quv grammatikalarini yaratish;
o‘zbek tilining fonetik tizimi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
o‘zbek tili, adabiyoti va folklorining tarixiy rivojlanishi tamoyillarini, shuningdek, zamonaviy til va adabiy jarayonlar qonunlarini, milliy-adabiy an'analarning til va adabiyotning hozirgi holatiga ta'siri masalalarini tadqiq etish;
o‘zbek tili va adabiyotining o‘ziga xosligini tillar va adabiyotlarning o‘zaro aloqasi bilan bog‘liqlikda o‘rganish.
Fanlar akademiyasi San'atshunoslik instituti:
O‘zbekiston tasviriy va amaliy bezak san'ati, musiqasi tarixi hamda zamonaviy badiiy jarayoni masalalarini o‘rganish;
teatr, raqs, sirk san'atlarining tarixiy aspekti va hozirgi holati muammolari, o‘zbek kinosi va televideniyesi taraqqiyoti masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
O‘zbekiston me'morchiligi, shaharsozligi tarixi va zamonaviy muammolari, ibtidoiy va ilk o‘rta asrlar madaniyati va san'ati, Markaziy Osiyo badiiy madaniyati tahlilining ijtimoiy-ma'naviy jihatlarini tadqiq etish.
Belgilab qo‘yilishicha, 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ITM faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tanlov natijalariga ko‘ra Davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi ITM fundamental va amaliy tadqiqotlarning ilmiy-texnik loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan budjet mablag‘larini ushbu qaror topshiriqlaridan kelib chiqqan holda talab etiladigan qo‘shimcha budjet mablag‘larining bir qismini qoplashga yo‘naltirilishini ta'minlaydi.
Akademik – ayrim mamlakatlarda yuksak ilmiy unvon. Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasida A.lar saylanadi. A. lik unvoni Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va boshqa ilmiy hamda oʻquv muassasalarining olim va ijodkorlari, shuningdek ayrim shaxslarga beriladi.Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida A.lar ilm-fanni jahon ando-zalari talablari darajasida yuksak ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy ishlar bilan boyitgan, ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan maktab yaratgan, ilmiy yutuqlari mamlakatning intellektual va iqtisodiy salohiyatini rivojlan-tirish va kuchaytirishga javob beradigan, yoshi 65 dan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan fan doktorlaridan saylanadi. Fanlar Akademiyasi akademigi ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etadi; tadqiqotlarning istiqbolli va ilgʻor yoʻnalishlarini shakllantiradi va fanning oʻzi saylangan sohasining yuksak ilmiy darajasi uchun mas’uddir; yuqori malakali ilmiy kadrlar va mutaxassislar tayyorlash ishlarida, ilgʻor ilmiy maktablarni shakllantirish va rivoj-lantirishda bevosita ishtirok etadi; i.tlarni amalga oshirishda, yuqori mala-kali ilmiy kadrlar tayyorlashda shaxsan erishgan yutuqlari, ilmiy asarlarini oʻz ichiga olgan ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi yillik hisobotni hamda oʻzi saylangan fan sohasini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalarni har yilda Fanlar Akademiyasi ga taqsim etadi.


Xulosa
Fanlar Akademiyasi Hay’ati, Fanlar Akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy ko-tibning topshiriqlarini bajaradi, Fanlar Akademiyasi ning Umumiy majlisi ishida faol qatnashadi. Akademiklar Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalarida tanlovdan oʻtmasdan ilmiy lavozimlarni egallash, oʻzining ilmiy asarlarini nashr etish, Fanlar Akademiyasi Umumiy majlisi va Hay’atida koʻrib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish, belgilangan tartibda A.likka nomzodlar koʻrsatish, vitse-prezidentlar huzuridagi Ilmiy kengashlar faoliyatida, ular fanning qaysi yoʻnalishiga taalluqli ekanligidan qat’i nazar, ishtirok etish, vitse-prezi-dentlar huzurida ilm-fanning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha muayyan Ilmiy kengashlar tuzish haqida takliflar kiritish huquqiga egadirlar. Fanlar Akademiyasi A.lari akademiklik unvoni uchun har oyda belgilangan gonorar oladilar va belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.

Foydalanilgan adabiyotlar
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
www.Lex.uz
www.Ziyone.uz
Download 18,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish