Ilmiy-metodik xizmatining 2022-yil 31-yanvar-04-fevral kunlari amalga oshirgan ishlari yuzasidan haftalik hisoboti Ilmiy-metodik xizmati tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi
Ilmiy-metodik xizmati tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
5 ta tashabbus loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi telegram kanalidan va hududiy AKMlardan olingan 1 haftalik hisobotlar umumlashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining
2021-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-son qarorining Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida ijro etilishi bo‘yicha o‘tkazilgan majlisning 211-son bayoni hamda Agentlikning 2022-yil 6-yanvardagi 2-son buyrug‘i ijrosi bo‘yicha hududiy AKMlardan ma’lumotlar yig‘ilib, umumlashtirildi va Agentlikka taqdim etildi.
“Аxborot-kutubxonа muassasalarida аxborot-kutubxonа resurslarini hisobga olish, fondlаrini sаqlаsh vа hisobdаn chiqаrishni tаrtibgа solish to‘g‘risidа” O‘zbekiston Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining qаrori loyihasidagi 1-2-3-ilovalarga ya’ni “Axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlarini saqlash to‘g‘risida”, “Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi va “Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondlaridan hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomalarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib Agentlikka kiritildi.
MKning 2022-yil uchun Ish Rejasi hamda xizmatlarning yillik Ish rejalari yig‘ildi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, tahrirlandi, tasdiqlash uchun buyruq tayyorlandi hamda tasdiqlandi.
Kutubxona.uz jurnalining 2021-yil 4-soniga maqolalar yig‘ilib, tahlil qilindi va chop etishga tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining 2022-yil 27-yanvardagi 31/1-4 son topshirig‘ini ta’minlash to‘g‘risida buyruq tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining 2022-yil 5-yanvardagi 02-3-son topshirig‘i, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-yanvardagi 31/1-4-son ko‘rsatmasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 2022-yil 17-mart kuni videoselektor shaklida o‘tkaziladigan aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, matbaa, noshirlik va matbuot tarqatish tizimini hamda gazeta va jurnallar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududiy AKM lardan 9 ta ilovada keltirilgan jadvallar asosida ma’lumotlarni 2022-yil 3-fevralga qadar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga taqdim etish to‘g‘risida xat chiqarildi, ma’lumotlar yig‘ildi va umumlashtirilmoqda.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Respublika, viloyat, shahar, tumanlar, mahallalar kutubxonalari resurslari va faoliyatini optimallashtirish” vazifasida ko‘zda tutilgan ishlarni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda hamkorlikda ish olib borish uchun MK xodimlaridan nomzod berilishi so‘ralgan xatga javoban xizmat rahbari SKamilovaning nomzodi berildi.