Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/146
Sana15.01.2021
Hajmi1,2 Mb.
#55614
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   146
Bog'liq
5-son 2018 (1)

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
chining ta’lim muassasasidagi asosiy ishidir. Shu sababli u ilmiy, g‘oyaviy va ommabop 
bo‘lishi, bolalarning tayyorgarlik darajasi bilan bog‘lanishi lozim.
Tarbiyachi faoliyatidagi eng asosiy maqsadlardan biri kichkintoylarni maktab ta’li-
miga tayyorlashdir. Maktabga borish bola hayotidagi jiddiy o‘zgarishli davr hisoblanib, 
bu kichkintoy hayotining yangi bosqichidir. Bolaning maktab ta’limiga qiyinchiliklarsiz 
moslashishida tarbiyachining u bilan olib borgan faoliyati katta rol o‘ynaydi. Bu davr-
dagi  qiyinchiliklarning  darajasini  kamaytirish  uchun  odatda,  bola  oldindan  o‘qish  va 
sanashga o‘rgatiladi. Chunki kichkintoy maktabgacha ta’lim muassasasiga kelishi bi-
lanoq tarbiyachi uni asosiy faoliyatga, ya’ni maktab ta’limiga tayyorlab boradi. Bu esa 
albatta, tarbiyachining mahoratiga bog‘liq.
Darhaqiqat, tarbiyachilar mashg‘ulotlarni tashkil etishda zamonaviy usullarni qo‘l-
lash malakasiga ega bo‘lishlari uchun malaka oshirish jarayonida zamonaviy texno-
logiyalardan  foydalanish  bo‘yicha  bilim  va  ko‘nikmaga  ega  bo‘lishlari  lozim. agarda 
malaka  oshirish  kurslarida  zamonaviy  texnologiyalardan  foydalanilsa,  tarbiyachilar 
ta’lim jarayonining markazida turadi, har bir fikr va pedagogik tajribalarni tahlil qiladi, 
eng  muhimi  yangilikni  tanqidiy  o‘rganish  asosida  faol  ishtirokchiga  aylanadi. aynan 
shu jarayonni maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida amalga oshirilishi bo-
lalarni maktab ta’limiga samarali tayyorlashni kafolatlaydi.
p. Azarov fikricha, pedagogik mahorat asosi bola tarbiyasi qonuniyatlarini bilish 
hisoblanadi.
Tarbiyachilarning  pedagogik  mahoratini  oshirishda  malaka  oshirish  davomida 
ta’lim jarayonini individual ta’lim, muammoli ta’lim, hamkorlik ta’limi, modulli ta’lim, lo-
yihalash, o‘yin texnologiyalariga asoslanib tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
i.P. andriadi esa, pedagogik mahorat shaxs xususiyatlari, ma’naviy-axloqiy va in-
tellektual tayyorgarlik, jamiyat qadriyatlari va ijtimoiy-madaniy ijodkorlikka moyillik deb 
ta’kidlaydi. 
Tarbiyachilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish ularning shaxsiy qadriyatlari, 
umummadaniy kompetensiyasini ham oshishiga olib keladi. ayniqsa, o‘yin texnologi-
yalarida turli rollarni bajarish asosida tarbiyachilarda pedagogik muammolarni hal etish 
bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni to‘la anglashlari ta’minlanadi. Tarbiyachilar rollar-
ni ijro etish orqali bolalarning ichki kechinmalari, o‘y-xayollari va qiziqishlari, ota-ona 
munosabatlari, bolalarda “Mеn” konsepsiyasini rivojlantirish malakalarini o‘zlashtirib 
oladilar. Shuningdek, tarbiyachilarning pedagogik faoliyatda bilim, ko‘nikma va mala-
kalarni ijodiy qo‘llashi nazariy hamda amaliy tomondan tayyorligi pedagogik mahorat 
asosi hisoblanadi.
Psixologik-pedagogik  adabiyotlar  tahlili  asosida  tarbiyachilarning  pedagogik 
mahorat asoslariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

tarbiyachilarning pedagogik madaniyati;

   kasbiy kompetentligi;

pedagogik ko‘nikma va qobiliyati;

   nutq madaniyati va pedagogik o‘zaro ta’siri;

   o‘zini boshqara olish malakasi;

   pedagogik muloqot va madaniyati;

   psixologik-pedagogik bilimlari;

   o‘zini-o‘zi tahlil qilishi.
 Biroq ularning ichidan eng muhimi ularning ijodiy izlanishidir. 


95
ijodiy  izlanish  zamonaviy  tarbiyachining  ta’lim  tizimini  o‘zgartiruvchi  sifat  bo‘lib, 
ta’lim jarayonini yangilashga qiziqishini ortishidir. 
Tarbiyachilarning pedagogik mahorati va kompetentligini oshirish so‘nggi yillarda 
eng dolzarb muammoga aylandi. Taraqqiyot natijasida ijtimoiy tajriba doimo harakatla-
nadi, ta’lim sohasi isloh qilinadi, pedagogik tizimda ta’lim beruvchining turlicha qarash-
lari yuzaga keladi. 
 Malaka oshirish jarayonida tarbiyachilarning imkoniyatlarini inobatga olish, ta’lim 
jarayonida barcha ishtirokchilarni birdek faollikka undash, kasbiy motivatsiyasini rivoj-
lantirishga alohida e’tibor qaratish, ularda pedagogik mahoratni oshishiga olib keladi. 
Mashg‘ulotlarda  tarbiyachilar  oldiga  aniq  va  natijalarni  kafolatlaydigan  maqsadlarni 
qo‘yish, muammoli vaziyatlardan chiqish usul va vositalarini izlab topish ko‘nikmalarini 
shakllantirish nazarda tutilishi lozim. 
  Pedagogik  mahorat  S.D.  yakusheva  fikricha,  kasbiy  ko‘nikma  va  malaka, 
o‘quv-tarbiya jarayonini optimallashtirish faoliyati, bola shaxsini har tomonlama rivoj-
lan tirish san’atidir.
Tarbiyachi tomonidan pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etilishi, bolalarni ko-
mil va yetuk bo‘lishiga maqsadli qaratilishi, ularda dunyoqarashni shakllantirish kasbiy 
mahorat ko‘rinishlari misol bo‘la oladi. 
Malaka  oshirish  kursi  davrida  muayyan  mavzu  asosida  bahs-munozaralarning 
tashkil etilishi tarbiyachilar faoliyatini aniq maqsadga yo‘naltiradi. Masalan: biz tavsiya 
qilayotgan “Maktabgacha ta’limda zamonaviy texnologiyalar” modulida “Maktabgacha 
ta’lim muassasasida tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etish tajribalari” mavzusini 
bahs-munozara asosida o‘tkazish mumkin. 
 Ushbu metodni samarali kechishini ta’minlovchi muhim omillardan biri maktab-
gacha ta’lim muassasasida tarbiyaviy jarayonni tashkil etish yo‘llari borasida muay-
yan nazariy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lish hisoblanadi. Bahs-munozarani tashkil 
etishda muammoning yechimini topish yo‘llari haqida hech qanday ma’lumot, ko‘rsat-
ma yoki tavsiyalar berilmaydi. Muammo yechimni topish tinglovchilarning zimmasida 
bo‘lib, ular ana shu maqsadda mustaqil faoliyat yuritadilar. O‘qituvchi zarur vaziyat-
dagina rag‘batlantiruvchi, tinglovchilarni faollikka da’vat etuvchi fikrlarni bildirishi yoki 
galdagi savolni o‘rtaga tashlashi mumkin. ana shu xususiyatiga ko‘ra bahs-munozara 
metodini muayyan muammo yuzasidan nazariy yechimini topishga yo‘naltirilgan kichik 
tadqiqotga qiyoslash mumkin.
Xorijda  va  mamlakatimizda  kasbiy  kompetentlikni  rivojlanishiga  oid  bir  qancha 
tadqiqotlar olib borilgan jumladan, pedagogika sohasida o‘qituvchilarni kasbiy kompe-
tentligini rivojlantirishning umumiy tamoyillari yetarli darajada yoritilgan. 
yuqorida keltirilgan tadqiqot ishlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida tarbiyachi-
larning kasbiy kompetensiyasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

   maktabgacha pedagogika va psixologiya fanlarini puxta bilish;

   o‘z ustida ishlash;

   ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqa o‘rnata olish;

   bolalarda bilishga bo‘lgan motivatsiyani shakllantirish;

   axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

   har mashg‘ulotga yangilik kiritish;

   maktabgacha ta’lim uslubiyotini mukammal bilish; 

   xorijiy tillardan birini bilish.


96

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish