Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

Haqnazar HAMZAYЕV,
Jizzax Davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
O‘QUVChILARNING IJTIMOIY FAOLLIK KO‘NIKMALARINI 
SHAKLLANTIRISH MODЕLI
h
ozirgi globallashuv sharoitida yosh avlodni jismoniy va ma’naviy jihatdan 
sog‘lom voyaga yetkazish, ularning ongi, dunyoqarashi va axloqini milliy 
va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida shakllantirish dolzarb vazi-
faga aylangan. Chunki egoizm, fanatizm, radikalizm kabi ijtimoiy illatlar voyaga yetib 
kelayotgan yoshlarni chalg‘itayotgani tashvishlidir. Bu masala yechimi ko‘p jihatdan 
uzluksiz ta’lim tizimi zimmasiga tushadi va ulardan katta mas’uliyat talab etadi. 
Shu o‘rinda o‘quvchilarning ijtimoiy faolliklarini oshirish jarayonining o‘ziga xos 
pedagogik-psixologik xususiyatlari e’tiborni qaratsak. Bular:
– o‘quvchilar ijtimoiy faolliklari ta’lim-tarbiya jarayonida tarkib topib, ularning ijti-
moiy hayotga nisbatan yondashuvining mazmuni va darajasi sifatida namoyon bo‘la-
di; 


23
– o‘quvchilar ijtimoiy faolliklari ijtimoiy-axloqiy talablar asosida tashkil etilayotgan 
faoliyat darajasi sifatida ularning kamol topishlarida muhim omil rolini bajaradi; 
– o‘quvchilar ijtimoiy faolliklari ular mansub bo‘lgan ijtimoiy jamiyatda qaror top-
gan  ijtimoiy  munosabatlar  mazmuni  hamda  jamiyat  mafkurasi  mazmuni,  g‘oyasi, 
yo‘nalishlari hamda qamroviga bog‘liq; 
–  o‘quvchilar  ijtimoiy  faolliklarini  oshirish  obyektiv  va  subyektiv  shart-sharoit-
lar mavjudligi asosida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tashkil etilayotgan ijtimoiy faollikni 
 oshirishga asoslangan pedagogik jarayonda shakllanadi; 
–  o‘quvchilar  ijtimoiy  faolliklarini  oshirish  jamiyat  taraqqiyotini  aniq  huquqiy 
me’yorlar asosida ta’minlashning muhim sharti bo‘lib, mazkur jamiyat istiqbolini ol-
dindan ko‘ra olish imkonini beradi.
o‘quvchilar ijtimoiy faollashuvining bir qator o‘ziga xos omillari mavjud. Xusu-
san,  bu  omillar:  o‘quvchilar  faollashuviga  ta’sir  etuvchi  subyektlar;  shaxs  ijtimoiy 
faol ligining individualligi; turli jins vakillari ijtimoiy faolligiga xos xususiylik; o‘quvchini 
qamrab olgan ijtimoiy muhit; o‘quvchi-yoshlar faolligini oshirishga rag‘bat uyg‘otuvchi 
o‘quv muassasalari va boshqalardan iboratdir.
Shu sababli bugungi kunda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar-
da ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash muhim masalalardan biri 
sanaladi. Bu bilan:
–  birinchidan,  bo‘lajak  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilarining  kasbiy  tayyorgarlik 
ko‘lami kengayadi; 
– ikkinchidan, bu masala pedagogik innovatsiya masalasiga daxldor hisoblana-
di; 
– uchinchidan, kelajakda o‘quvchilarning ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini kutilgan 
darajada shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘linadi.
o‘quvchilarda  ijtimoiy  faollik  ko‘nikmalarini  shakllantirishga  tayyorlash  tizimini 
takomillashtirishda innovatsion yondashuvlar va ilg‘or ta’lim metodlarini joriy etish, 
ta shabbus  va  xatti-harakatlarni  rag‘batlantirish,  turli  pedagogik  loyihalarni  ishlab 
chiqish  va  tahlil  qilish,  pedagogik  imkoniyat  va  zaruriy  shart-sharoitlarni  yaratish, 
ularning  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  ijtimoiy  amaliyot  va  ta’lim  ehtiyojlaridan  kelib 
chiqqan holda natijalarning samaradorligini ta’minlashni ilmiy asoslarda tashkil etish 
lozim.
Mazkur jarayonni modellashtirish uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchila-
rini o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash tizimini ta-
komillashtirishni ilmiy asosda tashkil etish o‘ziga xos xususiyatga ega. Bunda oldin-
dan rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun eng qulay bo‘lgan samarali metodlar 
va ilg‘or usullarni amaliyotga tatbiq etish nazarda tutiladi va o‘z navbatida ulardan 
 ijtimoiy  faollik yo‘nalishida o‘ziga xos bilim, ko‘nikma va malakalar, o‘quvchi va o‘qi-
tuvchilarning innovatsion faoliyatini tashkil etish uchun ma’lum tajriba talab etiladi. 
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllan-
tirish ijtimoiy va pedagogik ahamiyatga ega masala sifatida qaralib kelinmoqda. 
Birinchidan, bugungi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kompyuter, mobil aloqa vosi-
tasi kabi texnik imkoniyatlardan faol foydalanayotgani ma’lum; ikkinchidan, bu tex-
nik  vositalardan  6-11  yoshli  o‘quvchilarning  shakllanish  bosqichida  bo‘lgan  ongini 


24

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish