Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar  ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi



Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,76 Mb.
#78115
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160
Bog'liq
3-son-2018

 “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
 qarori. o‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 230-modda.


114
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 3.   www.xtjurnali.zn.uz
tutuq belgisi va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olish, o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha 
belgilangan miqdordagi so‘zlar ishtirokida diktant yoza olish. 
Boshlang‘ich  sinf  o‘zbek  tili  darslarida  o‘quvchilarning  fanga  oid  va  tayanch 
kompetensiyalarini  shakllantirishda  ilg‘or  innovatsion  pedagogik  texnologiyalardan 
samarali foydalanish DtS va o‘quv dasturlari tomonidan belgilangan talablarni baja-
rishda muhim o‘rin tutadi. 
Barchamizga  ayonki,  yosh  avlodning  har  jihatdan  yetuk  shaxs  bo‘lib  kamol 
topishida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va me-
todlari muhim o‘rin tutadi. Shu ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik talqin 
qilish, uning samarali kechishini ta’minlash, bu borada ilg‘or innovatsion texnologi-
yalardan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etadi. DtS va dasturiy talablar asosi-
da aniq pedagogik maqsadga yo‘naltirilgan hamda zamonaviy ta’lim texnologiyala-
ri asosida shakllantirilgan o‘quv mashg‘ulotlari yuqori ko‘rsatkich kasb yetishi bilan 
xarakterlidir.
Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o‘qi-
tuvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati, ular qo‘ygan maqsad, tanlagan maz-
mun, uslub, shakl, vositaga bog‘liq. o‘qituvchi va o‘quvchining natijaga erishishida 
qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy 
maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo‘lib, bunda o‘quvchilarning bilim savi-
yasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, 
natijaga  erishish  uchun  nafaqat  kompyuter  bilan  ishlash,  balki  film  yoki  tarqatma 
material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar kerak bo‘ladi. Bu-
larning hammasi o‘qituvchi va o‘quvchilarga bog‘liq. Zero, o‘quv-tarbiya jarayonida 
zamonaviy o‘qitish uslublari – interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni 
va ahamiyati beqiyosdir
2

Xususan, boshlang‘ich sinf o‘zbek tili darslarida ta’limning zamonaviy axborot 
texnologiyalarini keng joriy etish, ularning kompyuter savodxonligini shakllantirish va 
rivojlantirish, yosh o‘quvchini internet bo‘yicha dastlabki yengil va muhim tushuncha-
lar bilan qurollantirish ko‘zlangan pedagogik samarani beradi. 
Bugungi yangilangan ta’limning shu kabi yuqori samarali texnologiyalaridan biri 
multimedia vositalaridir. 
Multimedia vositalari dars va mashg‘ulot jarayonida katta o‘zgarishlarga sabab 
bo‘lmoqda. Natijada o‘qitishning an’anaviy usullaridan tashqari boshqa usullar ham 
mavjudligi  namoyon  bo‘ldi. An’anaviy  passiv  o‘qitish  usullaridan  iborat  model  faol 
o‘qitish modeli bilan almashtirildi. Ba’zi hollarda o‘qituvchilar yo‘naltiruvchi vazifasini 
bajarishi kerak bo‘lmoqda. Elektron o‘qitish o‘quv jarayonining kuchli tomoni bo‘lib, 
o‘qituvchilar  uni  an’anaviy  o‘qitish  usullari  o‘rnini  bosadi  demay,  balki  “boyitilgan” 
ko‘rinishi deb atadi. 
Shu bois multimedia vositasini ta’lim sohasiga tatbiq etish uchun, avvalo, uning 
elektron  manbalarini  ishlab  chiqish  zarurati  tug‘iladi.  Bunday  ta’lim  manbalariga 
elektron darsliklar, qo‘llanmalar, metodik ishlanmalar, taqdimotlar, slaydlar, internet 
materiallari, axborot-resurs markazlari kiradi.
2
 o‘zbek tili.
 4-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma / F. tolipova va boshq. – t.: o‘zbekiston 
milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. 7-b.


115
Ma’lumki, multimedia texnologiyasi – informatikaning dasturiy va texnikaviy vo-
sitalari  asosida  audio,  video,  matn,  grafika  va  animatsiya  (obyektlarning  fazodagi 
harakati) vositalari asosida o‘quv materiallarini tarbiyalanuvchilarga yetkazib berish 
texnologiyasi sanaladi.
Kuzatishlardan oydinlashadiki, mazkur texnologik manbalar, multimedia vosita-
lari, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy  pedagogika  nuqtayi  nazariga  ko‘ra,  multimedia  vositalari  bosh-
lang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilayotgan kompyuter 
texnologiyalariga tayanilgan yangicha yondashuv hisoblanadi. Bu vositalar dars ja-
rayonida o‘quvchilar faolligini oshirishda, belgilangan vaqtdan unumli foydalangan 
holda  o‘rganiladigan  o‘quv  materiallarining  hajmini  ko‘paytirishda  va  ta’lim  jarayo-
nining samaradorlik darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. 
Chunki multimedia texnologiyalariga asoslangan darslarni tashkil qilishda o‘qituvchi 
dastlab vaqt chegarasini, o‘quvchilarning imkoniyatini e’tiborga olgan holda dasturga 
muvofiq tarzda o‘rganilayotgan mavzuning multimedia ilovasini yaratadi (yoki tayyor 
multimediali manbalardan foydalanadi).
Multimediadan joy olgan grafik tasvirlar, harakatli va ovozli holatlar, murojaatlar 
o‘quvchini  yanada  faollashtirib,  bahs-munozaraga,  tafakkurga  chorlaydi.  Shuning-
dek,  kichik  o‘quvchining  kompyuter  savodxonligini  rivojlantirish  ta’lim  sifati  va  sa-
maradorligini  oshirishga  xizmat  qiladi.  Multimedia  vositalari  zamonaviy  pedagogik 
texnologiyada ko‘rgazmali vositaning yangi shakldagi o‘ziga xos ta’lim berish man-
basi  sanaladi.  Sababi,  mashg‘ulot  davomida  o‘rganiladigan  materiallar  oldindan 
kompyuter xotirasiga joylashtirilgan bo‘ladi. o‘qituvchi qaysi mavzuni o‘quvchilarga 
o‘rgatmoqchi bo‘lsa, kerakli ma’lumotlarni monitor ekraniga chaqiradi va namoyish 
etiladigan materiallar bilan o‘quvchilarni tanishtiradi. Shu asosda ular mavzu yuzasi-
dan namoyish etilgan materiallarni o‘rganib boradilar. Bunda o‘quvchilar kompyuter 
bilan ishlash uchun yetarli darajada ko‘nikma hosil qiladi. 
Eng muhimi esa, multimedia mahsulotlaridan foydalanish jarayonida ilk bosh-
lang‘ich  ta’limni  o‘zlashtirayotgan  o‘quvchining  tafakkuri  rivojlanadi,  bilim  olishga 
qiziqishi ortadi va dunyoqarashi kengayib boradi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarning 
o‘zbek tili faniga oid tinglab tushunish, so‘zlab berish, o‘qish va yozish singari kom-
petensiyalarini rivojlantirishga; axborot (media manba)lar bilan ishlash, o‘z-o‘zini ri-
vojlantirish kabi tayanch kompetensiyalarini takomillashtirishga munosib zamin ya-
ratadi. 
Boshlang‘ich  sinflar  uchun  tayyorlanadigan  multimedianing  eng  muhim  xusu-
siyati shundaki, unda tavsiya etilayotgan matn qisqa va ixcham, tushunarli va aniq, 
sodda va ravon bo‘ladi. yosh va qiziquvchan o‘quvchi bunday matnni o‘qish bilan bir 
qatorda, uni tezda yod olishga ham erishadi.
Multimedianing asosiy tarkibiy qismlaridan bo‘lgan “ovoz” o‘qish yoki turli vosi-
talar tovushidan iborat bo‘ladi. Bunda ovozning o‘quvchi diqqatini jamlab, uni o‘ziga 
jalb qilish xususiyati intonasiyali, musiqali yoki hayajonli bo‘lishi katta ahamiyatga 
ega. Jonli harakat esa odam, narsalar yoki predmetlarning xatti-harakatidan tash-
kil topadi. Undagi yagona talab multimedia uchun   tanlangan jonli harakatlarning 


116

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish