Ilmiy maqola va tadqiqotlar



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

D O ST O N
E1 adabiyoti  faslida aytkan edik:  buyuk voqealarga ara- 
lashqon  qahramonlaming  boshidan  o‘tkazganlarini  tasvir 
etib yozilg‘an shoirona asarlarg‘a doston deyiladir.
Dostonlami to‘rtka  ajratmoq mumkindir:
1)  qahramon  dostonlari;  2)  klassik  dostonlar;  3)  taq- 
lidiy-klassik  dostonlar;  4)  yangi  zamon  dostonlari.
Qahramon  dostonlari:  xalq  qahramonlari  aralashqon 
buyuk  voqealami  tasvir  qilib,  xalq  baxshilari  tomonidan 
xalq  cholg‘ulari  bilan  o‘qilg‘an  dostonlardir.  0 ‘zbekcha 
«Alpomish»  dostoni  va  boshqalar  kabi.  Kitobimizning  el 
adabiyoti faslida bu to‘g‘rida ancha so‘zlandi.
Klassik  dostonlar:  xalq  orasidag‘i  qahramon  ashulalari, 
qahramon  dostonlari  ham  shularg‘a  oid  ertaklar  talantli- 
iste’dodli san’atkor bir shoir tomonidan to‘planib,  bir-biriga 
boylanib,  bezanib,  to‘la,  ulug‘  bir doston  shaklida  tuzulgan 
boiadir.  Forslaming  «Shohnoma»  degan  kitoblari  shunday 
boiub  tuzilgan.  Mashhur  Eron  shoiri  Firdavsiy  Eronning 
tarixi,  afsonaviy  qahramonlari  to ‘g‘risida  b o ig ‘an  xalq 
ashulalari,  xalq  dostonlari,  xalq  ertaldarini  yigib,  o‘ttuz  yil 
tirishib,  shul  «Shohnoma»sini  yozg‘an.  Bunday dostonlarga
83


klassik dostonlar deyiladir. Yunonlaming mashhur «Iliada» degan 
dostonlari  shunday  dostonlaming  birinchisi  ham  atoqlisi 
hisoblanadir. Bunday dostonlar bizda yo‘qdir. Yolg‘uz biz emas, 
butun turk adabiyoti bunday klassik dostonlardan mahrumdir.
Taqlidiy-klassik  dostonlar:  otidan  onglashilg‘andir: 
yuqorida  ko‘rulg‘an  klassik  dostonlarga  ergashib  (taqlidiy 
qilib) yozilg‘an asarlarga taqlidiy-klassik dostonlar deyiladir.
Navoyining  fors  klassik  shoirlarig‘a  ergashib  yozg‘ani 
«Layli-Majnun», «Farhod-Shirin», «Hafl manzar»70, «Iskan- 
damoma»71  otlari bilan  mashhur bo‘lg‘an  dostonlari  hamda 
balxlik  Durbekning  «Yusuf-Zulayho»si  shunday  dos- 
tonlardandir.
Yangi zamon dostonlari: shoir-adib el adabiyotiga murojaat 
qilmay, o‘z maiumoti yo o‘z xayolining yordami bilan voqeiy, 
xayoliy  bir  qahramon  to‘g‘risida  doston  yozsa,  uning  asari 
«yangi  zamon  dostoni»  ataladir.  Mashhur  chig‘atoy-o‘zbek 
shoiri  Muhammad  Solihning  «Shayboniynoma»si  bilan  bu- 
kun o‘zbek shoiri G ‘ulom Zafariyning «Cho‘lpon temir», «Von- 
naycha»  degan  dostonlari shul  yangi  zamon  dostonlaridir.
HIKOYA
Bir  kimsaning  hollarini,  bir  voqeani  tasvir  etib,  rivoya 
yo‘sunli yozilg‘an asarlaiga hikoya deyiladir. Hikoya o‘z qahra- 
monining ruhiy hollarini ochib beradir: tirikchiligimizda boiub 
turg‘an ko‘b voqealaming qorong‘u puchmoqlarini oydinlatib 
ko‘rsatadir.  Yomonligi tuzukkina  sezilmagan ko‘b  odatlari- 
mizni  butun  foje’  natijalari  bilan  gavdalantirib,  o‘zimizga 
ko‘rsatadir. Shuning uchun hikoya hayotda muhim o‘rin tutadir. 
Choiponning  «Qor  qo‘ynida  lola»,  «Oydin  kechalarda»si 
hayotimizning  foje’  lavhalarini  tasvir qilg‘ani uchun muhim 
hikoyalardandir.  Abdulla  Qodiriyning  «Tinch ishi»i,  «Uloq- 
da»si  adabiyotimizdagi  go‘zal  hikoya  namunalaridir.  Shoir 
Elbekning  «Qo‘shchi  Turg‘un»i  uzun  hikoyadir.
RO‘MON
Hayotning belgili bir davrini keng suratda tasvir etib yozil- 
g‘an asaiga ro ‘mon deyiladir. Dostonda qahramonning qilg‘an 
ulug‘,  favqulodda  ishlari  tasvir  etiladir.
Hikoyada bir voqea, bir-iki kishi, hayotning birgina ho- 
disasi  butun  ingichkaligi  bilan  ochiladir.  Ro‘monlarda  esa 
asaming  qahramoni  yo  qahramonlari  qaysi  zamonda,  qaysi
84


muhitda,  qaysi jamiyatda yashag‘an bo‘lsalar,  shulaming urf- 
odat,  qonun,  tilak,  havas,  orzu,  kamchilik,  axloq,  e’tiqod- 
lari ingichka ham keng suratda tasvir etiladir.
Tomosha  asarlarida  ko‘rganimiz  to‘lalik,  birlik,  to‘g‘- 
rilik kabi shartlaming ro‘mon bilan hikoyada ham bo‘lishla- 
ri  lozimdir.
Rivoya asarlari orasida eng muhim o‘rin ro‘monlarg‘a be- 
rilgandir;  biroq  adabiyotning  eng  og‘ir,  eng  qiyin  sho‘basi 
ham ro‘mon yozmoqdir.  Bizning adabiyotda Abdulla Qodi- 
riyning « 0 ‘tkan kunlar»idan boshqa ro‘mon hali maydonga 
chiqmag‘andir.

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish