ER-XOTINNING QANDAY YASHAMOQLIKLARI
XUSUSIDA
Mamlakatimizdagi xotinlar har daqiqada qanchadan
qancha tahqir va jafolarga duchor boiib yashamoqdalar. Biz
turkistonliklar o‘z xotinlarimizni odamiyat doirasidan tash-
qarida deb o‘ylaymiz va u bechoralarga odamga qilgandek
muomala qilmaymiz. Ko‘p holatda hayvonlaming holiga
yuragimiz achishadi. Ammo ayollaming parishon hollariga
muruwatimiz yetmaydi. Xotinlarimizni marhamatga sazovor,
insofga loyiq va shafqatga haqli deb bilmaymiz. Bizda xotin-
lami so‘kish faxr va g‘urur sanaladi, urib mayib qilishni esa
erkakchilikning fazilati deb bilamiz. Alloh ayolni faqat
shahvoniy orzularimiz va hayvoniy ehtiroslarimizni qondirish
uchun yaratgan deb o‘ylaymiz. Go‘yo, Alloh ularga huquq,
e’tibor va fikrlash fazilatini bermagandek. Ko‘cha va bozorlarda
bizga yetgan alam va zararni uyga qaytib xotindan olamiz.
Ichimizdagi bu odat eski va keng tarqalgan boigani uchun
uning qabih va yomonligi ko‘zimizga ko‘rinmaydi. Hatto,
bechora xotinlarimiz baxt va saodatlaridan batamom nou-
mid boiib, shunday xulosaga kelganlarki, Alloh odamzot-
ning hamma fazilatlarini erkaklarga berib, ayollami ulaming
jabr-u zulmlariga asir va giriftor qilgan, toki Xudo dargohi-
ning bu shakkoklari har kuni ayollari orqali hayvoniy shah-
vatlariga orom berib, qolgan vaqt bu bechoralami so‘kib,
tahqirlab xizmat buyursinlar. Ana shu zaif e’tiqod xotinlarimiz
tabiatlaridan joy olgan. Ular haqiqatda ham bashariyat
fazilatlarining aksaridan mahrum boiganlar. Saodat mayli
va taraqqiy orzusi ularning qalbidan tamoman chiqqan.
Shijoat va jasorat batamom yo‘q bo‘lib, tabiatlaridan tanballik
va zaiflik joy olgan. Izzat talabi, sharafi va huquqlarini himoya
etishlari zarurhgini tushuntirib berganda ham fahmlamaydilar.
Ya’ni hurmatsizlik va izzatsizlikni o‘zlarining xislatlaridan
deb biladilar. Iffat va imonliligini erlarining oyogi va kalta-
gidan himoya qilmaydilar. Ya’ni axloqiy tafakkur va vijdoniy
hukm eslaridan chiqqan. Muhokama tafakkumi batamom
tark qilib, bir mashinaga o‘xshab erlarining ishoratiga tobe
boiib qolganlar. Xulosa qilib aytganda, baxtsizligimiz va
qoloqligimizning eng muhim sabablari ham shundadir.
240
Ma’lumki, odam birinchi tarbiyani onasining bag£rida
oladi. Shu narsa muqarrarki, birinchi tarbiya (oila tarbiyasi)
tarbiyaning eng muhimi hisoblanadi. Uning ta’siri odam
tabiatiga mustahkam o‘mashadi. Shaxs ruhiyati, axloq javhari
va odatlari bolaligidanoq shakllanadi. Endi o‘zingiz bir
o‘ylang, biz boshlang‘ich tarbiyani shu onalarimizdan olar
ekanmiz, nega biz ham bu ahvolga tushmas ekanmiz? Bugun
qo‘rqoqlik va beparvolik tabiatimizni o‘rab, sustlik va tanballik
qonimizga singib, aqlimiz ko‘zini qora parda yopib tashlagan.
Ko‘rib va tushunib turib bu tubanlikka bo‘yin egar ekanmiz,
huquqimizni muhofaza qila olmaymiz va saodat tarafiga qadam
bosolmaymiz. Bugun aqlning harakatimiz va amalimizga hech
qanday ta’siri qolmagan. Hozir vijdon va axloq haqidagi
fikrlar batamom esimizdan chiqib ketgan, mazlumlikning
eng past jariga tushib, zolimlikning eng oliy darajasiga
chiqqanmiz. Kim bizdan zaifroq boisa, unga o‘ylamasdan
ozor beramiz. Bizdan kuchli boigan kishining esa, otining
tuyogi naqshiga sajda qilamiz. Shak-shubhasiz, bular
shunday onalar tarbiyalarining natijasidir. Yana takror va
takror aytaman: agar rohat orzusi va hayot kechirish fikrida
boisak, agar «madaniy va baxtli millatlar bizni ham odam
qatorida bilsin», — deya xohlasak va bizlar bilan umumba-
shariy qoidalar asosida muomala qilishlarini istasak, agar
musulmonlarni xorlikdan va islomni e’tiborsizlikdan qut-
qarmoqchi boisak, bitta yo ii — barcha ishlarimizni Qur’-
on hukmlari asosida to‘g‘rilashimiz lozim. Xudo ko‘rsatma-
sin-u, shunday oson va yengil yoidan ham bo‘yin tortsak
holimiz na boiur?!
Eng awalo, isloh va adolat bilan tartibga solinishi lozim
boigan qoida bu er-xotinning muomalalari sanaladi. Bu
munosabatlami qanday isloh qilsa boiadi? Aytganimizdek,
Qur’on hukmlari asosida.
Qur’oni karim er-u xotin munosabatini bir asosiy qoida
sifatida bayon qiladi. «Eming xotiniga nisbatan qanday huquqi
boisa, xotinning ham eriga nisbatan shunday haqqi bor», -
deyilgan «Baqara» surasida34. Shu oyati karimadan m aium
boiadiki, Xudovandi karim ayollami erlariga qul qilmay,
balki erkaklarga qancha huquq bergan boisa, shuni ayollarga
ham ato qilgan. Shunday qilib, biz ham shu oyati karimani
16 — A b d u ra u f F itrat
241
asos qilib, oila qurish davomida er-xotinga lozim boigan
ishlarni bir-bir zikr qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |