226
UYLANMOQ ZARUR BO‘LGANDA QANDAY
XOTINNI TANLASH LOZIM?
Biz uylanmoqchi bo‘lsak, onamizga yo bo‘lmasa biron-
bir ayolga sovchilik majburiyatini yuklaymiz. Sovchilarimiz
biz ko‘rmagan va ahvolidan xabarimiz bo‘lmagan qizi bo‘lgan
biror hovliga boradilar. Uy egalari bu sovchilami izzat-hurmat
qilmasalar, qizlariga mingta ayb qo‘yib boshqa hovliga kirib
boradilar. Agarda shu xonadonda ulami yaxshi kutib olsalar,
yeb-ichish orasida qizni ming madh-u sanolar bilan maqtab
chiqadilar. Ko‘zi ola bo‘lsa — shahlo ko‘zli, yuzida chipqon
izi bo‘lsa — ruhi harir, bumi pachoq bo‘lsa — chimchilagandek
deb maqtab, bechora kuyovni bu xayoliy va shoirona
tashbehlar bilan maftun qiladilar. Kuyov ham majbur bo‘lib
qizga rasmiy sovchilarni yuboradi. Qizning onasi va
qarindoshlari «kuyov ko‘rishga» keladilar. Ammo ular
kuyovni emas, balki uning uy-joyini va mol-mulkini ko‘rish
uchun keladilar. Ular yigitning uy-joyini yoqtirar ekan,
katta hadya va sarpolarni olgandan so‘ng bah-bah... olamni
kuyov maqtovi bilan to ‘ldiradilar. Kuyov badbashara va
yomon xulqli bo‘lsa ham o‘ylamasdan: «Bu kuyov farishtaga
o ‘xshaydi, Xudo uni shu qizimiz uchun osmondan tu-
shirgan», — deb maqtab hukm chiqaradilar. Bechora qizni
shu xonadon va sarpolar uchun qurbon qiladilar.
Uylanish uchun tanlangan yo‘l mamlakatimizda, aso-
san, shundan iborat. Shunday rasm-rusum yaxshi natija be-
radimi? Aslo yo‘q! Bu ma’lum qoidaning natijasi shulkim,
ko‘pincha fotihadan keyin va nikohdan oldin kelin va kuyov
o‘rtalarida janjal bo‘ladi. Bu o‘zaro dushmanlik kelin va kuyov
munosabatlariga ta’sir etmasdan qolmaydi. Bunday xatardan
so‘ng nikoh ham o‘tadi. Birinchi kechani chimildiq ostida
o‘tkazib, birinchi marta muloqotda bo‘ladilar. Shu narsa
aniqki, er-xotinlikning asosi boigan muhabbat ularning
o‘rtalarida paydo boimaydi. Balki ulaming o‘rtalarida mana
shu uch holatdan biri majburan sodir boiadi. Bir-birlariga
m ehr-m uhabbat ham, nafrat ham tuymaydilar, ya’ni
birinchi muloqotlari ikki begona odamning munosabatlariga
o‘xshab ketadi. Maiumki, bu munosabat ham halokatlidir.
Ikkinchisi, kelin kuyovdan yoki kuyov kelindan nafratla-
227
nadilar. Agarda shu birinchi muloqot begona odamlaming
munosabatiga o‘xshab ketsa, hayotlari xavfli boiadi. Bir
hafla, bir oy yoki bir yildan so‘ng ulaming fei-atvorlari
bir-birlariga mos tushmay o‘rtalarida nafrat paydo boisa,
qolgan umrlari nihoyatda azobda o‘tishi mumkin. Ba’zan er
arzimas bahona bilan, masalan, oshga yog‘ni ko‘p solding
yoki go‘shtni kuydirding, deb xotinini urib mayib qiladi.
Ba’zi ayollar ham arzimaydigan sabab bilan erlarini xaloyiq
o‘rtasida sharmanda qiladilar. Har kuni, har hafta, hech
boim asa bir yilda bir marta oilada katta janjal boiishi biz-
ning mamlakatimizda rasm boigan. Er-xotin o‘rtasida hur-
matsizlik shu darajaga yetgandan keyin xotin ham, er ham
bir-birlarining haq-huquqlariga rioya qilish xotiriga kelmaydi.
Xotin erining boyligini ataylab isrof qiladi, eri ham xo-
tinining boshiga tushgan balolami bila turib, o‘zini ko‘rma-
ganga soladi. Oilalarimiz o‘rtasidagi bunday yomon ishlar
muhabbatsizlik natijasidir. Agarda birinchi kechada qiz ku-
yovdan nafratlansa ilojsiz qoladi, chunki u asiradir va uning
nazarida harakatlari devga o‘xshagan eri bilan yashashi lozim
boiadi. Bunday hayotning oldida ikkita yomon natija bor.
Agarda xotin o‘z eridan rozi va mamnun boimasa va qalbida
muhabbatni orzu qilsa, o‘zining pokligi va iffatini erining
obro‘si va nomusi bilan birga boshqa bir erkakning oyog‘i
ostiga tashlaydi, o‘zini va erini bu dunyo-yu u dunyo rasvo
qiladi. Yoki bunday xotin ming orzu va hasratlar bilan kasal-
liklarga chalinib, oqibatda dunyodan ko‘z yumishi mumkin.
Birinchi muloqotdan so‘ng kuyov qizni yoqtirmay qol-
sa-chi? Unda gapirib o‘tirishning foydasi ham yo‘q. «Yom-
girdan qutulib, qorga tutilibdi» deganlaridek, kuyov quyi-
dagi balolardan biriga mubtalo boiadi:
1. Shu kechada qizga taloq berib, qilgan hamma mehnat
va xarajatlami yo‘qqa chiqaradi va qizning kelajagiga g‘ov
qo‘yadi.
2. Yoki nima boisa boidi, deb, kelinni uyga olib kelib, qiz
haqqiga noinsoflik qiladi. Boshqa tomondan o‘zini g‘ayri shar’iy
ishlarga asir qilib, oilaviy hayotini ham, o‘zining axloqiy fazi-
latlarini ham fisq-u fujur va noshoyista ishlar bilan toidiradi.
3. Axloqiy fazilatlari g‘ayri shar’iy ishlarga to‘sqinlik qilsa
ham olti oy yoki bir yildan keyin boshqa xotinga uylanadi.
228
Ikkinchi xotinga uylanish sovchilik va kuyovni ko‘rish av-
valdagidek b oiadi. Xatolar qayta takrorlanadi. Bunga
qo‘shimcha yigit boshiga ikki xotinlilikning balo-yu kulfat-
lari tushadi. Bu haqda esa yuqorida zikr qilganmiz.
4.
Yoki hech bir iloj topmay, olgan xotini bilan ach-
chiq hayot kechiradi, oxirgi nafasigacha uylangani va be-
baxtligiga la’nat o‘qib jon beradi. Bu urf-odatning yomon
tomoni shu bilan tamom boimaydi, ko‘pincha kuyov va
qiz tajribasizlikdan yuqumli kasalliklarga chalinadilar. Vaqt
o‘tishi bilan bu kasallik bir-birlariga o‘tib, bolalariga va oila
a’zolariga ham yuqishi mumkin. Bu bemorlig-u motamlar
hayotlarini zaharlaydi. Ba’zan kuyov yoki kelin farzandsiz-
likka olib keladigan kasallikka giriftor boiadilar. Nikohdan
so‘ng bu kasallik oila a’zolarining hayotlarini nursiz qilib,
uylanishning birdan bir maqsadi boigan farzandni yo‘qqa
chiqaradi. Shuning uchun ham biz turkistonliklar orasida
haqiqiy baxtiyor va saodatli oilalar juda kam, balki yo‘qdir.
Agarda g‘ayrat qilib ahvolimizni birma-bir tadqiq qilsangiz,
men arz qilgan badbaxtliklarni o‘zingiz ko‘rasiz. Aksar
oilalarimizning ahvoh shunday ekan, ya’ni oilalarimiz orasida
intizomsizlik, muhabbatsizlik va baxtsizlik so‘nggi darajaga
yetgan ekan, millatimiz ham intizom, birlik va ittifoqlik yuzini
ko‘rmaydi. Shunday ekan, nima qilish kerak?
Javobi shunday: uylanish bir erkak va bir ayolning
ittifoqidir. Alalxusus, muhabbat va mehr bilan hayotda sherik
boiish demakdir. Odamlar bir so‘mlik tijoratlari yoki bir
oylik safarlari uchun sherik va yoida hamroh topish uchun
taxminan yigirma nafar tanish va oshnolarini xayolan ko‘z
oldilariga keltiradilar. Ularning har birlarining yaxshi va
yomonliklarini eslab mulohaza qiladilar. Ulardan bir kishini
ajratib tijorat yoki safarlariga sherik qiladilar. Er-xotin
mushkulotdan iborat boigan hayot safarida birga boiib,
jismoniy va ruhiy osoyishtalikka sherik, insoniy vazifalami
bajarishda dastyor, qayg‘u va umidsizlik damlarida g‘amxo‘r,
saodat va baxtiyorlik chogida bir-birlariga hamdam bo‘lishlari
lozim. Shunday ekan, ular, albatta, eng awalo, bir-birlari-
ni kamoh diqqat va tajriba yuzasidan imtihon qihshlari zarur.
Xotin erkak holidan va yigit qiz ahvolidan yaxshigina xabar-
dor boiib, keyin turmush qurishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |