Ilmiy maqola va tadqiqotlar


Laffu  nashr59  (Yig‘ib  tarqatish)



Download 7,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/217
Sana30.12.2021
Hajmi7,37 Mb.
#192899
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   217
Bog'liq
2 5377612497010297357

64


Laffu  nashr59  (Yig‘ib  tarqatish)
Bir  gapda,  bir  baytda  iki-uch  narsaning  ismlarini  qator 
tizib,  andin  keyin  ularga  bog‘li  hollarni  shu  tartib  bilan 
qatorlamoqqa  laffu  nashr  (yig‘ib  tarqatish)  derlar:  Gullar, 
bulbullaming bog‘chani  to‘ldirgan  hid,  tovushlari meni qayg‘i 
dunyosidan  uzoqlashtirg‘an  edi,  deganimizda gullaming hidi, 
bulbullaming tovushi demasdan, «gullar, bulbullar» degandan 
so‘ng  ulaming  «hid,  tovushlari»ni  qatorlaymiz.
Amirning:
Lab  o ‘gur takallumga,  zulfingni parishon  qil,
Qand qiymatin  sindir,  narxi anbar arzon  qil60, —
degan baytida yig‘ib tarqatish bor.
Fazliyning:
Orazing bila  zulfing bog‘ aro  namoyon  qil,
Lola  birla  sunbulni dog‘ etib parishon  qil,—
baytida iki  qabatliq yig‘ib tarqatish  bor.  Fazliy boshlab  oraz 
(yuz)  bilan  zulfhi  qatorlab  tizadir,  so‘ngra  oraz  to‘g‘risida 
lola,  zulf to‘g‘risida  sunbulm  tizadir,  ondin  keyin  dog‘ etib 
parishon qilishni lola bilan sunbulga bog‘laydir-da,  lolani do 
etib  gapini  oraza,  sunbulni  parishon  qil  gapini  zulfg‘a 
bog‘laydir.
Saj’
Tizimda qofiya nima esa, sochimda sa/^shudir. Bir maqola, 
bir  hikoyada  gaplaming  oxirlaridag‘i  so‘zlaming  bir  turli 
ohangli bo‘lishlaridir. Arab adabiyotida saj’ning e’tibori juda 
kattadir.  Qur’onda  oyat  oxirlaridag‘i  mubayyan,  muayyan; 
karim,  alim; halak, falaklai.  Mana shul saj’  deganimiz  so‘z 
o‘yunidir. Arabcha yozilg‘an bir ko‘p adabiy sochim asarlar 
saj’li  qilib  yozilg‘andir.
Bizning adabiyotimizda buni kirgizishga tirishganlar ko‘p 
bo‘lg‘an.  Ulardan bir-iki namuna ko‘rsataylik.
Navoyining  «Mahbub  ul-qulub»idan:
Ammo ba ’d, fuqaroning gadoyi vag‘aroyib masturlari chehra 
kushoyishi,  al-faqiri  haqir Alisher Navoyi  mundo arz  qilur 
va  adosin  o ‘ziga farz bilurkim,  bu xokisor, parishonro‘zg‘or...
Amir  Umarxondan:
Taaddi  ahlidin  fuqaro  va  masokin  xotirlari ja m ’  va
5 -  Abdurauf Fitrat 
65


muhofazatim tahqiqidin, shomdin to subh rasta va do ‘konlarda 
sham \  himmatim sahobining rashahotidin muflislar g ‘ami va 
kafi,  kifoyatim  qatorotidan  muhtojlar mustag‘ni  bo‘ldila.
1
61.
Ko‘rilarkim, xuddi arab-fors sochmalarida bo‘lg‘ani kabi 
saj’li yozishqa tirishmakni uslubimizni buzushdan boshqa bir 
foydasi yo‘qdir.  Bir asami butunlay saj’li yozmoq emas, so‘z 
orasida  bir-iki  sajii  jumlalar  aytib  ketishga  bizning  xalq 
shoirlarimiz bo‘lg‘an baxshilar(dan) muvafFaq yozilib oling‘an 
«Alpomish» dostonida ora-sira mana shimday o‘runli sajiarga 
uchramoq  mumkindir:
0 ‘n olti urug‘ Qo ‘ng‘irot elida bir cho ‘pon to y  bo ‘Idi.  Biy- 
lar  to ‘yga  keldi,  biylami  otini  ushlamadi,  ko ‘nglini xushla- 
madi...
Jortiboy oqsoqol degan bir zot bor edi.  Majlisli kun bo ‘Isa, 
to ‘rdan  joy  tegmas,  piyoladan  choy  ichmas.  Buzog‘ining 
oldinda kavish  bilan oralashib,  it chag‘ish  bo‘lub yotar edi...
Mumas  k o ‘rsang  derman  novuday,  kallalari sayt  otning 
tovuday...
Mana bizda ham saj’ bor. Biroq, arab saj’i kabi zo‘rlab bir 
maqolani  toidirub  yubormaydir.  Maqolaning,  hikoyatning 
jonli o‘runlarida ifodaning tabiiyligini buzmasdan, bir-iki yoia 
ko‘runib,  yana  yqoladir.  Bu  yo‘sunda  saj’  esa,  albatta, 
maqbuldir.
Ta’rix
Burungi madrasalarimizda o‘qug‘an hisob ilmida «Abjad 
hisobi» bor edi. «Abjad hisobi»ga ko‘ra, harflaming har biriga 
bir son belgilangan boiadir.  Mana shunday:

Download 7,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish