shu tafakkumi, zehn harakatini «muhokama» deydilar. Odam
aqlining kuchi va zakovati bilan to muhokama etib qaror
qilmasa, bir ishni boshlab yoki biror ishni to‘xtata olmaydi.
Bu masalani bir-ikki misol bilan tushuntirb beraman.
Mana hozirgacha men joyimda o‘tirib yozish bilan mashg‘ul
edim. Lekin birdan turib dasturxon ustiga keldim. Nima
uchun? Mening ichimda bir mayl paydo bo‘ldi. Bu holatning
«ochlik» ekanligi menga oldindan tanish edi. Miyamda «men
ochman» degan fikr keldi. «Har bir och odam ovqatlanishi
lozim», — degan qarordan so‘ng «men biron narsa yeyishim
darkor», — degan xulosaga kelaman.
Ikkinchi misol. Falon do‘stimning uyiga borib suhbat
qilmoqchi bo‘ldim. Borsam eshigi ochiq. Kirib do‘stimni
uxlagan holatda ko‘rdim. Uni chaqirsam turmadi. Yaqinla-
shib qarasam, rangi ro‘yi oqargan, nafas olmayapti, qon
tomiri harakatsiz. Oldindan menga bu holatning o ‘lim
holatligi ma’lum edi. Men ham shunday xulosaga kelaman,
ya’ni do‘stim o‘lgan ekan.
Uchunchi misol. Yarim kechada uyda kitob mutolaasi
bilan mashg‘ul edingiz. Birdan «o‘g‘ri keldi» deb, to‘ppon-
chani olib chiqasiz. Shunda tom ustida bir begona odamni
ko‘rib unga hamla qilasiz, u kimsa qochib ketadi. Siz uyda
o‘tirgan edingiz. Hech kimni ko‘rmadingiz-ku, qanday qilib
«o‘g‘ri keldi» degan qarorga keldingiz? Chunki qulog‘ingiz-
ga tomdan bir ovoz eshitildi. Sizga odamning qadam tashlash
ovozi ma’lum edi. Bu tovush shunga o‘xshaganidan «tomda
odam yuribdi» degan qaror keldi. Shuningdek, yarim tunda
faqat o‘g‘rining tomda yurishi sizga ma’lum edi. Binobarin,
siz darrov, «bu odam o‘g‘ri» deb qurolingizni olib tashqariga
chiqasiz.
Ana shu uch misol xayolimizda muhokama bo‘ldi. Shu
uchala muhokamani mantiq asosida qismlarga ajratib
tadqiq
qilamiz. 1. «Men ochman». «Har bir och qolgan odam taom
yeyishi kerak». «Men ovqatlanishim lozim». 2. «Bu do‘stim-
ning rangi o‘chgan, nafas olmaydi, harakati yq». «Kim
shunday holatda bo‘lsa, u o‘lgandir». «Bu do‘stim o‘libdi».
3. «Bir odam tomda oyoq uchida yuribdi». «Kimki shunday
yursa o‘g‘ridir». «Bu odam o‘g‘ri ekan».
284
Ko‘ryapsizki, bu uch misolning har biri uch gapdan
iborat. Bu gaplaming har biri hukm deyiladi. Bir qarorga
kelishdan oldin birinchi va ikkinchi hukm bizga ma’lum edi.
Endi qarorga kelishimiz uchun ongimiz birinchi va ikkinchi
hukmni maxsus tartibga solib, keyin uchunchi qarorga o‘tadi.
Ana shu uchinchi xulosa bizning qarorimizdir. To‘g‘ri hukm
chiqarish uchun uchta shart mavjud. Birinchisi — ikkita to‘g‘ri
hukm, ikkinchisi — tartib, uchinchisi ikkala ma’lum hukm-
dan uchinchi to‘g‘ri qarorga o‘tish. Birinchi shart isbot, ik-
kinchisi fikming to‘g‘ri kelishi va uchinchisi qaror deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: