BO‘LAJAK ER-XOTIN BIRINCHI NAVBATDA
NIMALARGA AHAMIYAT BERSIN?
Uylanish uchun to ‘rt narsaga e’tibor berish lozim: mol,
nasab, husn va imon-u e’tiqod. Uylanish orzusida bo‘lgan
er bilan xotinning mol (boylik)lari va nasablari taqriban
bir xil bo‘lishi lozim. Aks holda er bilan xotin bir-birlariga
teng bolmay, biri boy va kalonzoda bo‘lsa, ikkinchi tomonni
faqirlik va zoti pastlikda ayblab, hayotini mudom azobga
qo‘yadi. Xususan, islomiy tarbiya doirasidan chetda qolgan
mamlakatimiz xalqi boylik va kalonzodalik bilan ortiqcha
faxrlanadilar. Bunday izdivojning natijasi, albatta, yaxshi
bo‘lmaydi. Jamol (husn) bu ko‘rinish demakdir, ya’ni
qarayotgan kishi nazariga chiroyli ko‘rinib, uning qalbini
o‘ziga moyil qilish demakdir. Qalbda paydo bo‘lgan bu
moyillikni muhabbat deyish mumkin. Hayotda do‘st, baxt
va baxtsizlikda sherik, g‘am-qayg‘u vaqtida hamdam,
xushnud
damlarda bir-birlariga yor bo‘lishni istagan erkak va ayol
shaxsiy va ijtimoiy vazifalarini birgalikda bajarishlari kerak.
Ulaming o‘rtalarida ana shu qalbiy moyillik va muhabbat
boimasa uylanish o‘z-o‘zidan zararga aylanadi.
Shu narsa m a’lum bo id ik i, qalbiy moyillik jamol
mushohadasining (ya’ni kelin-kuyovning bir-birlarini
ko‘rgandan so‘ng paydo boigan moyillikning) natijasidir.
Bas, to‘ydan oldin kelin-kuyov bir-birlarini ko‘rishlari zarur.
Agarda bani Odam tabiati har xil boimaganda yoki husn va
jamol muayyan mezonga ega boiganda edi, er-xotinning
husn-jamollarini bilmoq va baho bermoq sovchilar orqali
boiardi. Lekin odam tabiati har xil, husn va jamolning ham
m aium chegarasi boimaydi. Masalan, sizning nazaringizda
xunuk ko‘ringan surat menga yoqishi, dilimni zabt etishi
mumkin. Aksincha, menga hech qachon manzur boimay-
digan surat sizni bir qarashda lol va hayron etishi mumkin.
Shu mushkulotni hal qilish uchun kuyov va kelin fotiha-
dan oldin bir-birlarini ko‘rib yoqtirishlari lozim.
Mazkur boigan to‘rtinchi sifat shulkim, har bir erkak
va ayol dindor boiishi lozim. Yuqorida zikr etilgan go‘zal-
lik (jamol) haqidagi so‘zlarimiz zohiriy (tashqi) jamoldir.
Agarda u botiniy (ichki) jamol bilan, ya’ni yaxshi xulq
230
bilan bogiiq boimasa, bir tiyinga qimmat. Kimki o‘z ixti-
yori tizginini hayvoniy shahvat qoiiga bermagan ekan,
doimo ichki jamolini tashqi go‘zalligi bilan, ya’ni husni
axloqini qora ko‘zlar va kamon qoshlari bilan ziynatlaydi.
Dindorlik bu Xudoni tanish, bilish va Haqdan qo‘rqishdir.
Shunday qilib, husni axloqning asosi va mezoni Xudodan
qo‘rqish va Haqni bilishda, ya’ni dindorlikdadir. Dindorlik,
ya’ni xushaxloq boim oq har bobda, xususan, uylanish
bobida nihoyatda zarurdir. Chunki yuqorida bayon qilgani-
mizdek, uylanish bu hayotda sheriklikning ahd-u paymonidir.
Er-xotin birga boiib turib, hayot yoiida birgalikda boim oq
va bir-birlariga yordam bermoq uchun ahd qiladilar. Bir-
birlarining haqqiga zulm-jafo va xiyonatni ravo ko‘rmaydilar.
Tabiiyki, er-xotin agarda dindor, diyonatli va axloqi hamidaga
ega bo‘lsalar, shu ahd-u paymonlariga bir umr sobit qoladilar.
Shu narsa aniqki, va’daga xilof qo‘yilgan har bir qadam
shu ahd-u paymonning buzilishiga olib kelib, badbaxtlik va
tinchsizlikni oilalar boshiga keltiradi. Buning ustiga, men
bu haqda hali yozaman, farzand tarbiyasi, ya’ni farzandni
aqlan, axloqan va jisman kamolga yetishtirish ota-ona bo‘yniga
tushadi. Awalroq arz qilgan edikki, uylanishning birinchi
maqsadi farzanddir. Avlodni
Do'stlaringiz bilan baham: