Kirish Asosiy qism: kirish boʻlimida tadqiqotning zarurligi va dolzarbligi uchun asoslar keltirilishi kerak. Odatda, kirish boʻlimi toʻrt qismga boʻlinadi:
1) Ilmiy kontekstni yaratish (establishing a context)
2) Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish ( reviewing the literature)
3) Adabiyotlarni oʻrganish natijasida aniqlangan muammolar, oʻrganilmagan
muammolar va oʻrganilmagan boʻshliqlar tavsifi (establishing a research gap)
4) Aniqlangan muammolar va boʻshliqlar asosida tadqiqot maqsadini va
vazifalarini aniqlash (stating a purpose)
Ilmiy kontekstni yaratish:
Ushbu boʻlimda maqolada keltirilgan tadqiqotni katta muammoning qanday bir qismligini koʻrsatish kerak. Mavzuingizga doir iloji boricha koʻproq maqolalarni oʻqing. Boshqa maqolalarda mualliflar ilmiy kontekstni qanday tasvirlayotganiga katta eʼtibor bering. Ushbu ilmiy kontekstning aniqligi yoki aniq koʻrsatilmaganligi, sizning tadqiqotingizni dolzarbligini aniqlaydi. Agar siz muammoni aniq bayon qila olmasangiz, unda oʻquvchida maqolani oʻqishga qiziqish uygʻonmasligi mumkin. Agar muammoni tushunmagan oʻquvchilar maqolani oxirigacha oʻqishni harakat qilsalar ham, siz aʼlo darajada hal qilgan muammo ularda hech qanday taassurot qoldira olmaydi. Bu jihatdan ilmiy maqola yozishni oddiy jurnal yoki gazeta uchun maqola yozish bilan taqqoslash mumkin.
Jurnal oʻquvchilari maqolani oxirigacha oʻqishlari uchun dastlab diqqatni jalb qilish kerak.
Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish:
Ushbu boʻlim sohadagi boshqa tadqiqotchilar tomonidan nima va qanday amalga oshirilganligi haqida umumiy maʼlumotga bagʻishlangan. Sizning maqolangizda sizning tadqiqotingizga bevosita tegishli boʻlgan barcha manbalarni taqdim etish lozim. Sizning tadqiqot ishingizni tushunish uchun zarur boʻlgan va faqat maqolaning maqsadi va vazifalarini, tadqiqotning gipotezasini, ishlatilgan tadqiqot
usullarni asoslashga xizmat qiladigan barcha nashrlarni (manbalarni) tasvirlab
bering. Maqolangiz xalqaro jurnallarning taqrizchilari tomonidan ijobiy baholanishi uchun keltirilgan manbalarni tanlashda juda ehtiyotkor va sinchkov bo'ling.
3 va 4 -turini qisqa qilib aytganda:
Adabiyotlar taxlili degan maqola turida ma'lum bir mavzu haqida kitoblarni biron bir manbalarni, o‘qib o‘rgangan holda shu mavzuni yoritish hisoblanadi! Bu qanday bo‘ladi...
Mavzu haqida materiallarni o‘rgandingiz... Ma'lumotlarda farq bor demak bu yozilishi kerak bo‘lgan jihat...
O‘rgangan manbalaringizda bir ma'lumot takrorlangan, demak bu asosiy urg‘u olishi kerak bo‘lgan narsa
Malumotlarni o‘rganishda va qo‘llanilishida kamchiliklar bor deb o‘ylaysiz... Shuni batafsil yoritasiz
Qanday narsa qo‘shsa bo‘ladi, taklifingiz... Yoziladi(albatta ma'lumotlarga asoslangan holda)!
Xulosa qismi yuqorida nimalar yozishingizni aytib o'tdim.
Oxirgi qadam maqolani yozishda foydalangan adabiyotlar ro'yxatini berib o'tasiz. Qarabsizki maqolangiz tayyor bo'ladi!!!
Qisqa qilib aytganda bir mavzuni olasiz.Avval shu mavzu haqida internetdan jurnallardan yozilgan maqolalarni ko'rib chiqasiz va ulardagi xato kamchiliklarni bartaraf etish tomoni haqida va qo'llashda istiqbolli tomonlari haqida kerakli ma'lumotlarni o'qib o'rganasiz...Shundan so'ng shu ma'lumotlardan asoslangan holda o'zingizni fikrlaringizni qo'shib yozib ketasiz.Misol uchun foydalanilgan adabiyotingizni bir jumlasini keltirib[ ] ichida berib yonidan o'zingizni fikringizni bayon qilasiz...
P/S Ushbu ma'lumotni tayyorlash uchun men ham Google dan internetdan ma'lumotlar izladim bir qancha jurnallarni ko'rib chiqdim va kerakliglarini olib o'zimni fikrlarim bilan sizga tushuntirib berishga harakat qildim😉 bunday qilib olganda men ham izlandim o'zim bilmagan narsalarni o'rgandim va qarabsizki maqolam ham tayyor bo'ldi😍
Izlasangiz albatta imkon topasiz azizlar, bir o'qiganingizda ushbu ma'lumotlar qiyin tuyulishi mumkin ,yozolmayman deb o'ylashingiz ham mumkin ehtimol,lekin bu juda katta xato hisoblanadi,inson qilgan narsani siz ham qilaolasiz, ozgina sizdan sabr mehnat talab qilinadi,o'rganishdan va izlanishdan aslo to'xtamang...Maqsadlaringizga erishish yo'lidagi kichik qiyinchiliklarga aslo taslim bo'lmang!Siz buni qilaolasiz siz buni uddalay olasiz...🤗💫
Ushbu ma'lumot sizlar uchun foydali bo'lgan bo'lsa men bundan faqat xursand bo'laman🤗 va bu postni foydali deb topsangiz do'stlar bilan ulashishni aslo unutmang!
Kanalimiz: @Grace_blog
Foydalanilgan adabiyotlar:
Guliston Davlat universiteti katta o'qituvchisi Sodiqjon.S.B ma'ruzalari.
Namangan Davlat universiteti Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagok kadrlar tayyorlash bo'limi.
Guzal Khikmatova 👩🎓
English faculty -I
The student of Samarkhand State Institute of Foreign languages
Do'stlaringiz bilan baham: |