Ilmiy izlanish metodologiyasidagi asosiy metodlar


Emperik darajasidagi izlanish



Download 34,46 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi34,46 Kb.
#907353
1   2   3
Bog'liq
ILMIY IZLANISH METODOLOGIYASIDAGI ASOSIY METODLAR

Emperik darajasidagi izlanish
Emperik darajasidagi izlanish to’g’ridan-to’g’ri izlanish obyektiga yo’nalib, faqat ko’zatish, o’lchash, taqqoslash, eksperimentga va ulardan olingan natijalar tavsifi, turlanishi va tushuntirilishiga tayanadi. - 61 Mavhum tafakkur yoki nazariy darajasiga hozirgi vaqtda ilmiy bilishning hamma fanlarga tegishli bo’lgan umumiy usullarga asoslanadi. Izlanuvchi subyekt izlanish obyektiga aralashmay, ta’sir ko’rsatmay o’rgansa, bu ko’zatish usuli hisoblanadi. Ko’zatishning qay darajada bo’lishi qo’yilgan maqsadning aniqligiga, ko’zatilayotgan narsa hodisalar haqida oldindan bilishga ega bo’lishiga bog’liqdir. Ko’zatish asbob yoki asbobsiz olib borilishi mumkin. Chunki, asbob ko’zatish doirasini kengaytiradi, idrok qilish qobiliyatini kuchaytiradi. Ko’zatish vaqtida olimning faoliyati ikki xil: aktiv va passiv bo’ladi, ya’ni obyektga nisbatan passiv bo’lsa, ko’zatish jarayonini ijodiy tashkillashtirilishida aktivdir. Odatda o’rganilayotgan obyektni aniq qayd etilgan xossa va belgilarga ega bo’lgan, boshqa biron-bir obyekt bilan isbotlash yo’li bilan amalga oshirilishi - o’lchash usuli hisoblanadi. Bu usul bilan predmetlar xossalarini, masalan mustahkamligini, murakkabligini va boshqa tomonlarini aniqlash mumkin. Izlanuvchi avvalgi ma’lum bilimlariga asoslangan holda izlanayotgan obyektga xos bo’lgan o’xshash va farqli tomonlarini taqqoslash orqali aniqlaydi. Taqqoslash - bir narsa yoki hodisaning ikkinchi bir narsa yoki hodisadan farqli va o’xshash tomonlarini, hamda ularning munosabatlarini o’rganish usuli hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan usullardan, yuqori darajadagi aktivroq va umumiyroq bilish usuli - eksperiment hisoblanadi. Eksperiment - tajribada sinab ko’rish orqali fanda hodisalarni bilish faoliyatida tadqiq qilish, o’rganishdir. Bunda subyekt obyektga maqsadli faol ta’sir ko’rsatadi, o’zgartirishlar, sun’iy sharoitlar yaratadi, o’zini qiziqtirgan tomonlarni o’rganadi. Bu usul izlanuvchiga tabiiy sharoitda ko’zatish orqali - 62 hosil qilish mumkin bo’lmagan bilimlarni olish imkoniyatini beradi. Ko’zatish, taqqoslash, o’lchash eksperiment bilan o’zviy bog’liqdir. Ilmiy izlanishda, ayniqsa, ijodda keltirilgan usullardan olingan natijalarni tavsiflash (ta’riflash) emperik bilish darajasida o’ta muhim hisoblanadi. Bunda ijodkorning aktivligi, o’ylov usuli, yuqori ilmiy professionalligi, olimning umumiy madaniyati, uning obyektivligi yuqori o’rin egallaydi. Har bir fanning o’zining maxsus tavsiflash uslubi mavjud. Ko’p holda tartibsiz va maqsadga yo’naltirilgan; to’liq va to’liq bo’lmagan; sifatli va miqdorli, strukturali, funksional, genetik va boshqa turlari bo’lishi mumkin. Fanlar tarixidagi tavsiflash vaqtidagi sistemalash va turlash bilishda yanada chuqurroq darajani egallashga yo’l ochadi. Masalan: botanikada o’simliklar xususiyatlarini tartibga keltirilgani, kimyodagi kimyoviy elementlar xususiyatini davriy sistemaga keltirilishi va h.k. Ilmiy bilish bosqichidagi tavsiflashdan ham muhimrog’i bu tushuntirish hisoblanadi. Bunda qanaqa obyekt, u qanday to’zilgan, mavjudligi haqidagi savollarga javob oladi. Har bir ilmiy izlanishda olingan natijalarni tushuntirish, bu izlanuvchining ijodiy yondashuvidir. Eksperiment natijasida olingan natijalarni tushuntirish haqiqiy bo’ladi, agarda u faktlar bilan tasdiqlansa. Ammo, eksperiment (K.Popper bo’yicha) nazariyani tasdiqlaydi, mustahkamlaydi yoki falsifikasiyalab, uning tushuntirolmasligini bilishlarimizning xatoligini ko’rsatadi. Ushbu bilish usulidan yana biri, bu tushunishdir. Ilmiy bilishda tushunish ilmiy izlanish metodologiyasida ko’zatish, o’lchash, taqqoslash, tajriba, eksperimentdan yuqori bo’lgan fanning nazariy darajasiga olib keladi. - 63 Nazariy bilishning maqsadi, bu qonun ochish, bilish obyektining qonuniyatini ochish hisoblanadi. Nazariy bilish, ilmiy bilishning hamma fanlariga mansub bo’lgan usullarga bog’liqdir. Ilmiy bilishning hamma fanlar uchun umumiy bo’lgan usullariga: induksiya va deduksiya, analiz va sintez, abstraktlash, analogiya, modellashtirish va sistemali yondashuv usullari kiradi. Ma’lumdan noma’lumga tomon fikr harakatini aqliy xulosaning shaqli hisoblangan induksiya va deduksiya ifodalaydi. Induksiya - ayrim fikriy bilishdan, umumiy xulosalar chiqarishga qo’llanilsa, deduksiya esa, umumiylikdan xususiylikga mantiqiy olib boradi. Induksiya usulida narsa va hodisalarning sababiy bog’lanishlarini tekshiradi, qonuniyatlar ochiladi, tushunchalarni paydo qiladi. Fandagi nazariyalar deduktiv usul natijasida yuzaga keladi, bu usul asosan doimiy materiallar to’plash natijasida ularni chuqur o’rganish, sistemaga solishda qo’llaniladi. Induktiv va deduktiv usullar bir-biri bilan dialektik bog’langandir, ular bir-birini to’ldiradi. Shuning uchun, ularni bir-biriga qarama-qarshi yoki ajratib qarash mumkin emas. Maqsadga muvofiq, shuni ta’kidlash kerakki, bu ikki usul ham fanda samarali keng qo’llanilishini, undagi yetarli darajada haqiqiy bilim gipoteza formasida, nazariya, ilmiy qonunlar va sistemalar, ta’riflar, turlanishlar bilan belgilanadi. Umuman, induksiya o’zining ilmiy axborotlarni jamlashi bilan, deduksiya ularni bo’llashi bilan ajralib tursada, bu ikki mantiqiy usul avvalam bor analiz va sintez usullariga bog’liq va unga suyanadi. - 64 Analiz va sintez, induksiya va deduksiyaga nisbatan ancha konkret o’rganilayotgan narsa va hodisalarga, fikrga bo’lgan fandagi munosabat hisoblanadi. Analizda narsa va hodisa, fikr, mayda bo’laqlarga, ya’ni elementlarga bo’linadi va ular o’rtasidagi bog’lanishlar, o’zaro munosabat va ta’sirlar o’rganiladi. Bu ajratilgan qismlarni keyinchalik sintez qilish uchun ham analiz qilinadi. Analiz usuli, ayniqsa, bizni o’rab turgan dunyoning murakkab narsa va hodisalarini o’rganish va bilishga qo’l keladi. Ilmiy bilishda analiz turli formalarda, ya’ni nima va qanday maqsadda bo’lishligi bilan farqlanadi va quyidagi formalarda bo’lishi mumkin: predmetni bir butunligidan qismlarga bo’laqlash; uning tuzilishi, funksiyasi va shu qismlarning bir-butunlikdagi bog’liqligini o’rganish; predmetning xususiyati, tamoyillarini ajratib, ular orasidagi munosobatni o’rganish; ko’p predmetlarni ko’p mayda predmetlar va guruxlarga bo’lishi va har bir elementning ko’plikdagi o’rnini aniqlash, shular orasidagi munosobatni o’rganish. Har qanday analiz o’zining sintezi bilan to’liq bo’ladi va ular birbiridan ajralmas hisoblanadi. Sintez analizning natijalariga suyanib, narsa va hodisalarning bir butun sifatini o’rganadi. Sintez-analiz natijasida fikran bo’lingan elementlarni qaytadan tiklash, ularni birlashtirish, ilgarigi yaxlitligini fikran vujudga keltirish usulidir. Agar analiz izlanishda tayyorgalik ko’rish bosqichi hisoblansa, sintez uni yakunlaydi. Ular natijasida umumiy tushuncha, muhokamalar tarkib topadi, ular yordamida muayyan qonuniyatlar aniqlanadi, shaqllanadi. Olimning haqiqiy ustaburonligi shundaki, analiz olingan axborotlardan, oqilona yangilikni aniqlab undan bu yangilikni sintez qilib o’z ijodiy faoliyatini boyitishdir.Albatta, bunday ijodiy jarayonda, izlanuvchining mavhum-tasavvur abstraksiya qobiliyatini kuchli bo’lishi talab etiladi. Izlanish kerak bo’lgan obyektning muayyan munosabatdagi muhim xossalarini bilish usuli-abstraksiya (mavhum tasavvur) deb ataladi. Abstraksiyalash hodisa, narsaning xossalarini, munosabatlarini taraqqiyot bosqichlarini fikran bilish usuli bo’lib, doimo fikrdan, e’tibordan biror-bir xususiyatini chiqarib, tadqiqot uchun zarur bo’lgan birorta belgi yoki xususiyatni mavhum holatga keltiriladi. Maqsadga muvofiq talab qilinsa, oldingi soqit qilingan butun belgi va xususiyatlarni, yana fikran predmet yoki hodisalar bilan bog’lab, shu predmet yoki hodisa haqida aniq bir fikr hosil qilinadi. Bunda ideallashtirish ham abstraksiyaning muhim bir turi hisobida bo’linishi mumkin.

Download 34,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish