Ikkilamchi hujjatlarga: ma’lumotnoma, sharhlar, referativli va bibliografik axborotlar kiradi.
Ikkilamchi chop etilmaydigan hujjatlarga: registratsion va axborotli kartalar, dissertatsiyalar hisob kartochkasi, deponirlangan qo‘lyozma va tarjimalar, kartochkalar, axborotli xabarlar kiradi.
Hozirgi vaqtda 50 dan ortiq dalatda o‘nli universal klassitfikatsiya (UDK) qabul qilingan. O‘nli universal klassifikatsiya (UDK) – axborotli sistemalar klassifikatsiyasi butun dunyo uchun keng qo‘llaniladigan fan, adabiyot va san’at ko‘rinishidagi sistemalashtirish, turli ko‘rinishdagi hujjatlarni va kartotekani tashkil qiladi.
UDK 20 asr boshlarida belgiyalik bibliograflar Polem Otle (Otlet) va Anri Lafontenom (Lafontanine) tomonidan tuzila boshlagan. Ammo, amerikalik bibliograf Melvillom Dyui AQShning Biblioteka Kongressi uchun 1876 yilda O‘nli klassifikatsiyani yaratish asosida bo‘lgan.
UDKning to‘liq jadval shaklida birinchi nashri 1905 yilda fransuz tilida tayyorlangan.
Hozirda bizda ham bu klassifikatsiya keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Uning asosiy vazifasi barcha axborotlarni bir sistemaga yig‘ish va ularni shu asosda izlash qulayligi hisoblanadi.
UDK - asosiy va yordamchi jadvallardan tashkil topganligini ko‘ramiz. Agar uning tarkibini ko‘rib chiqsak, asosiy jadvalda insoniyatning bilimi sistemaga kiritilgan.
UDKning asosiy bo‘limlari:
0-umumiy bo‘lim. Fan va bilim. Informatsiya. Hujjatlashtirish.
Biblioteka ishlari. Tashkilot.
Falsafa. Psixologiya.
Relegiya. Dinshunoslik.
Umumiy fan.
1962 yildan bo‘sh. Tarkibi 8-bo‘limga qo‘shilgan.
Matematika. Tabiiy fanlar.
Amaliy fan. Meditsina. Texnologiya.
San’at. Fotografiya. Musiqa. O‘yin. Sport.
Til bilish. Lingvistika. Badiiy adabiyot. Adabiyotshunoslik.
Geografiya. Biografiya. Tarix.
Har-bir bu klasslar, o‘z o‘rnida yana 10 bo‘limga bo‘linadi va ular ham yana 10 ta kichik bo‘lakchalarga bo‘linadi va h.k.
Yaxshi, qulay o‘qilish uchun har bir 3 sondan so‘ng, nuqta qo‘yiladi.
Masalan: 536-termodinamika, 53-fizika 5-matematika. Tabiiy fanlar va h.k. Bundan tashqari yordamchi jadvallar bo‘ladiki, ular ham keyingi maydalanishga yordam beradi.
UDK ning umumiy belgilari ham mavjud. Ular quyidagi 4.1-jadvalda keltirib o‘tilgan.
4.1-jadal UDKning umumiy belgilari
Belgilanishi
|
Belgilar nomi
|
Ma’nosi
|
Misollar
|
+
|
Plyus (qo‘shuv)
|
Qo‘shish belgisi
|
622+669 Metallurgiya va tog‘ ishi
|
/
|
Qiyshiq chiziq
|
Kengaytirish belgisi
|
592/599 Zoologiya sistemalari
|
:
|
Ikki nuqtali
|
Oddiy munosabatlar belgisi
|
17:7 O‘zaro bog‘lanish san’ati va etikasi. San’at
bo‘yicha etikaning o‘zaro
bog‘lanishi
|
::
|
Ikkita ikki nuqtali
|
Ketma-ketlikda mustahkamlash
belgisi
|
575::576.3 Sitogenetika
|
[ ]
|
Kvadratli qavus
|
Gruppalash belgisi
|
061.1(100):[54+66]
Xalqaro nazariy va amaliy kimyo ittifoqi
|
*
|
Yulduzchali
|
O‘zlashtirish belgisi
|
|
A/YA
|
Alfavitli
|
Alfavit bo‘yicha ajratish
|
|
UDK bo‘yicha axborotlarni izlash quyidagi holatlar bo‘yicha aniqlanadi:
· til bo‘yicha aniqlash;
· xalq bo‘yicha aniqlash;
· joyi bo‘yicha aniqlash;
· vaqt bo‘yicha aniqlash;
· holat, yuza va material bo‘yicha aniqlash.
Bulardan tashqari yana uch turda: defis, nuqtali nol, apostrof bilan ham aniqlanadi.
Bizda ilmiy-texnik davlat sistemasi juda rivojlangan. Texnikaviyaxborotlarning eng yangisi - bu ilmiy-texnik patent axborotlarida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |