Illyustratsiyalar – matndagi tasvir, rasmlar. Ularning jadval, diagramma, grafik, sxema, fotosurat, chizma, xarita shaklidagi izoh turlari mavjud bo`lib, ilmiy ishning mazmunini tushuntirib berishga xizmat qiladi. Ular ketma-ketlikda raqamlab beriladi. Raqamli belgilar ilmiy axborotda raqam, so`z raqam, algebraik shakllarda berilishi mumkin.
Adabiyotlar ro`yxati (bibliografiya) – ilmiy ishda yoki o`quv adabiyotida foydalanilgan asarlar ro`yxatini, shuningdek, ushbu fan bo`yicha o`rganishga tavsiya etilgan asarlar, tadqiqot ishlari ro`yxatini o`z ichiga olgan bo`limdir. Adabiyotlar asosiy va qo`shimcha adabitlar qismlariga bo`linadi va ishning oxirida maxsus ro`yxat ko`rinishida beriladi. Qo`shimcha adabiyotlar fan mazmuni va o`quvchilar yoshini hisobga olgan holda tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |