2. Ilmiy matnni rasmiylashtirish qoidalari
Tadqiqotchining o'z ilmiy tadqiqotlari natijasini rasmiylashtirishdagi muhim vazifalaridan biri shaklni mazmunga muvofiqligini ta’minlash. Ilmiy matnning shaklini aniqlash ishning rejasini tuzish, rubrikatsiya, illyustrativ materialning hajmi va xarakterini aniqlash, manbalarni tasniflash bilan bog'liq. Bu tadqiqotning har bir bosqichida ilmiy asarning o’timal shaklini izlashni nazarda tutadi. Albatta, eng asosiysi, sarlavhadan boshlab muallif haqidagi ma’lumotgacha ilmiy axborotni xatosiz, aniq, imkon qadar tushunarli shaklda yetkazib berish. Ilmiy ishni rasmiylashtirish me'yoriy talablarga javob berishi lozim, bunda ma’lumotnoma bibliografik apparatni rasmiylashtirish, iqtibos va havolalarni berish, qisqartmalarni o`rinli qo`llash, illyustratsiyalarni tanlash, raqamli belgilarni to'g'ri qo'llash muhim ahamiyatga ega. Bu o`rinda, eng avvalo, ilmiy ishga sarlavha qo`yish masalasiga ehtibor qaratishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |