Tayanch o`quv reja - davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo`lib, ta’lim sohalarini mehyorlashga asos bo`ladigan davlat hujjatidir. Tayanch o`quv rejasi o`quv fani bo`yicha beriladigan ta’lim mazmunini ta’lim oluvchiga yetkazish uchun ajratilgan o`quv soatlarining eng kam hajmdagi miqdorini ifodalaydi. Unda muayyan ta’lim turi, ta’lim muassasida o`qitiladigan fanlar bloklari va nomlari, ularga ta’lim bosqichlarida yoki semestrlarda ajratiladigan soatlar, o`qitilish shakli ko`rsatib o`tiladi. Tayanch o`quv rejasi muayyan o`quv fani bo`yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo`ladi.
O`quv dasturi - muayyan o`quv fani bo`yicha davlat standartlariga muvofiq hamda tayanch o`quv rejasi belgilangan o`quv yuklamasidan kelib chiqib, shu fan bo`yicha beriladigan ta’lim mazmuni va shakllari ko`rsatilgan me’yoriy hujjat bo`lib, u namunaviy va ishchi o`quv dasturlari turlariga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |